15.02.2023 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.02.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eksportga yoʻnaltirilgan va jahon bozorida raqobatbardosh startap loyihalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yoshlar ishlari agentligining 2023-yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 million AQSH dollari boʻlgan Prezident sovrini uchun tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha va tarmoqlar rivoji uchun xizmat qiladigan, yoshlar tomonidan ilgari surilgan ilgʻor biznes-gʻoyalar va istiqbolli startap loyihalarni saralash tizimini yaratish;

eksportga yoʻnaltirilgan va jahon IT-bozoriga moʻljallangan dasturiy mahsulotlar yaratilishini qoʻshimcha ragʻbatlantirish;

tanlov doirasida iqtidorli yosh dasturchilarning tajribasini va ularning jamoada ishlash koʻnikmasini oshirish;

yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tegishli qarorlar qabul qilish, tanlovni oʻtkazish muddatlari va masʼullarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.

tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash marosimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblarining loyihalarini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida amaliyotga joriy etilishiga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlov 2023-yil may oyidan boshlab har yili 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xarajatlar smetasi har yili 1-mayga qadar “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — IT-park direksiyasi) tomonidan ishlab chiqiladi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tanlov doirasida arizalarni qabul qilish, ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish, tanlovni yoritish va tanlov oʻtkazilishi bilan bogʻliq boshqa tadbirlar maxsus portal orqali IT-park direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) IT-park direksiyasi tashkiliy qoʻmitaning ishchi organi hisoblanadi va unga tanlov bosqichlari shaffof oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotni aniqlash orqali shartnoma tuzish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot maxsus portaldan kelib tushgan nomzodlarning arizalarini koʻrib chiqish, tanlov ishtirokchilarini saralash va loyihalarni baholash vazifalarini bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy yoʻnalishlar boʻyicha — jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus yoʻnalish boʻyicha — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra tanlov gʻoliblari IT-park direksiyasi tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan quyidagi miqdorlarda Markaziy bankning toʻlov amalga oshiriladigan kundagi rasmiy kursi boʻyicha milliy valyuta ekvivalentida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlovning 5 ta asosiy yoʻnalishlari boʻyicha:

1-oʻrin uchun — 100 000 AQSH dollari;

2-oʻrin uchun — 50 000 AQSH dollari;

3-oʻrin uchun — 30 000 AQSH dollari;

b) tanlovning maxsus yoʻnalishi boʻyicha (bitta) — 100 000 AQSH dollari.

6. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2023-yil 1-mayga qadar tanlov ishtirokchilarini roʻyxatga olish va yangiliklarni yoritib borishga ixtisoslashtirilgan maxsus portal ishga tushirilishini taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yilda oʻtkazilishi belgilangan tanlov natijasiga koʻra 2023-yil 1-dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2023-yil 1-martdan boshlab IT-park direksiyasiga uning rezidentlari tomonidan har oy oʻtkaziladigan ajratmalar miqdori, ular tomonidan yaratilgan dastur, milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar auditoriyasining qamrovi 500 ming foydalanuvchidan oshganda 25 foizga, 1 million foydalanuvchidan oshganda 50 foizga pasaytirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-fevraldagi 66-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — tanlovning asosiy yoki maxsus yoʻnalishlarida ishtirok etish istagini bildirgan, maxsus portal orqali elektron shaklda ariza topshiruvchi jamoaning masʼul vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilot) — portaldan kelib tushgan arizalarni qoʻrib chiqish, tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ishtirokchi jamoalarni saralash va loyihalarni baholash, tanlovning maxsus yoʻnalishi gʻolibini aniqlash vazifasini bajaruvchi tashkilot;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoa — tanlovda ishtirok etish maqsadida maxsus portalda roʻyxatdan oʻtgan guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaning masʼul vakili — jamoa nomidan yagona qaror qabul qiluvchi hamda jamoaning fikrlari va gʻoyalarini ifodalovchi shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi organ — “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha — ishtirokchi jamoalar tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus portal (keyingi oʻrinlarda — portal) — tanlov ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish, tanlov talablari va muddatlari haqida hamda tanlov bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar joylashtiriladigan “www.awards.gov.uz” veb-sayti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim samaradorlik koʻrsatkichlari — tanlov gʻoliblari boʻlgan jamoalarga loyihaning rivojlanishini belgilaydigan va uni baholashga qaratilgan koʻrsatkichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mentor — ishtirokchi jamoalarning loyihalarini ishlab chiqish, takomillashtirish boʻyicha maslahat (konsultatsiya) berish orqali rivojlantirishga yordam beruvchi mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy qoʻmita — tanlovni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlovga tashkiliy qoʻmita umumiy rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha va tarmoqlar rivoji uchun xizmat qiladigan, yoshlar tomonidan ilgari surilgan ilgʻor biznes-gʻoyalar va istiqbolli startap loyihalarni saralash tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga yoʻnaltirilgan va jahon IT-bozoriga moʻljallangan dasturiy mahsulotlar yaratilishini qoʻshimcha ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov doirasida iqtidorli yosh dasturchilarning tajribasini va ularning jamoada ishlash koʻnikmasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Masʼul tashkilot ishchi organ tomonidan quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startaplarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tanlovni oʻtkazish, startaplarni rivojlantirish hamda akseleratsiya dasturlarini ishlab chiqish yoʻnalishida 3 yildan ortiq amaliy tajribaga ega boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan chet el davlatlarida yuridik shaxs tashkil etgan va kamida 5 ta startapni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli venchur jamgʻarmalar va investorlar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik tadbirkorlik, venchur moliyalashtirish va IT-konsalting yoʻnalishlarida kamida 2 yil ish stajiga ega boʻlgan xalqaro ekspertlar va mentorlar mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashkiliy qoʻmitaga ushbu mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlov yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov 2023-yildan boshlab har yili bir marotaba quyidagi 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) asosiy yoʻnalishlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sunʼiy intellekt texnologiyalari — sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan turli xil sohalar uchun yechimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar — taʼlim, sogʻliqni saqlash, turizm, transport va logistika sohalarida operatsion jarayonlarni raqamlashtirish, davlat xizmatlarini elektron tarzga oʻtkazish yoki ijtimoiy sohalarda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari — turli xil sohalarda dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy komplekslarning xavfsizligini taʼminlash, kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar — tadbirkorlik subyektlari va xoʻjalik birlashmalari uchun elektron tijorat, korporativ yechimlar va moliya texnologiyalarini yaratishga qaratilgan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuter va mobil oʻyin dasturlari — kompyuter va mobil qurilmalar uchun offlayn yoki onlayn oʻyinlar ishlab chiqish hamda jarayonlarni geymifikatsiya etishga qaratilgan loyihalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maxsus yoʻnalish — ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladigan va tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan shartlar asosida 72 soat ichida alohida dasturiy mahsulotning prototipini ishlab chiqish. Bunda ishchi organ masʼul tashkilotning takliflari asosida tanlovning maxsus yoʻnalishi boʻyicha ishtirokchi jamoalarning oldiga qoʻyiladigan shartlarni ishlab chiqadi va tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi tendensiyasiga muvofiq 2024-yildan boshlab tanlov yoʻnalishlariga belgilangan yoʻnalishlar soni doirasida Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlov bosqichlari va ularni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlov mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq olti bosqichda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Birinchi bosqichda tashkiliy qoʻmita tomonidan har yili 1-mayga qadar tanlov eʼlon qilinadi va arizalar qabuli boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ikkinchi bosqichda har yili 1-iyulga qadar ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza va unga ilova qilingan materiallar portal orqali topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlovning asosiy yoʻnalishlarida faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, tanlovning maxsus yoʻnalishida esa qoʻshimcha ravishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti boʻlgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun jamoalarning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega barcha aʼzolari portalda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (OneID) orqali roʻyxatdan oʻtadilar.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — maxsus yoʻnalish ishtirokchisi boʻlgan jamoalar portalda mavjud shakl orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishtirokchi jamoalar Nizomga 2-ilovaga muvofiq barcha maʼlumot va materiallarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Portalda roʻyxatdan oʻtish jarayonida jamoa aʼzolari tanlov ofertasini akseptlash yoʻli bilan tanlov shartlariga rozilik bildiradi va har bir jamoaga maxsus identifikatsiya raqami biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portalda nazarda tutilgan tanlov ofertasining jamoa aʼzolari tomonidan qabul qilinishi ishtirokchi jamoa aʼzolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilishiga yozma rozilik berganligini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Uchinchi bosqichda ishchi organ har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar portal orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan materiallarning toʻliqligini koʻrib chiqadi hamda mazkur Nizom talablariga mosligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har yili 25-iyulga qadar ariza beruvchilarning keyingi bosqichga oʻtganligi (oʻtmaganligi) haqida elektron pochta manziliga xabar (portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi hamda keyingi bosqichga oʻtgan jamoalarga “ishtirokchi” maqomi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Har yili 5-avgustga qadar ishtirokchi jamoalar uchun umumiy uchrashuv va mentor maslahatlarini olish maqsadida tadbir tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi jamoalar har yili 5-avgustdan 5-sentabrga qadar oʻzlari ishlab chiqqan loyihalarni takomillashtirishlari va portalga qaytadan joylashtirishlari mumkin. Kechikib taqdim etilgan loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Toʻrtinchi bosqichda masʼul tashkilot har yili 5-sentabrdan 25-sentabrga qadar ishtirokchi jamoalarning loyihalarini tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan mezonlar va mazkur Nizom talablari asosida onlayn tarzda jamoa ishtirokisiz baholaydi va saralaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir asosiy yoʻnalish boʻyicha eng yuqori natijaga ega boʻlgan 10 tadan (jami 50 ta) ishtirokchi jamoa tanlab olinadi va ular tanlovning keyingi (beshinchi) bosqichiga oʻtadi.

Ushbu bosqich natijalari loyihalar baholanganidan soʻng bir hafta muddatda portalda eʼlon qilinadi va ular boʻyicha jamoaning masʼul vakili elektron pochta manziliga keyingi bosqichga oʻtganlik (oʻtmaganlik) toʻgʻrisida xabar (portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijalar eʼlon qilingandan soʻng har yili 5-oktabrga qadar navbatdagi bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalarga ishchi organ tomonidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha mentorlar taklif etiladi va oʻz loyihalarini takomillashtirish uchun 30 kun muddat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchi jamoalar takomillashtirilgan loyihalar va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni portalga qaytadan joylashtirishlari mumkin. Kechikib taqdim etilgan loyihalar koʻrib chiqilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Beshinchi bosqichda loyihalar taqdimoti har yili 10-noyabrga qadar tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan sana va joyda anʼanaviy (offlayn) tarzda oʻtkaziladi. Bunda ushbu bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalar oʻzlarining loyihalari boʻyicha masʼul tashkilotda taqdimot oʻtkazadilar va himoya qiladilar. Loyiha taqdimoti bir yoki bir necha kun boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovning maxsus yoʻnalishi boʻyicha loyihalar taqdimoti oʻtkaziladi. Bunda maxsus yoʻnalish boʻyicha ishtirokchi jamoalar 72 soat ichida alohida shartlar asosida dasturiy mahsulotning prototipini ishlab chiqadilar hamda oʻz loyihalarini masʼul tashkilotda taqdimot oʻtkazadilar va himoya qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul tashkilot ushbu bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalarning loyihalarini taqdimotlar natijasi boʻyicha baholaydi va har bir yoʻnalish boʻyicha 5 tadan oltinchi (yakuniy) bosqichga oʻtadigan ishtirokchi jamoalarni aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihalar taqdimoti uchun har bir ishtirokchi jamoaga 15 daqiqa, xususan, kirish soʻzi va taqdimot, loyihaning imkoniyatlarini amaliyotda namoyish etish hamda loyiha boʻyicha savol-javoblar uchun 5 daqiqadan vaqt ajratiladi. Taqdimot uchun qoʻshimcha vaqt berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bosqichda ishtirokchi jamoalarning loyihalari masʼul tashkilot tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda masʼul tashkilot tomonidan har bir asosiy yoʻnalish boʻyicha tanlovning keyingi (yakuniy) bosqichiga oʻtadigan 5 tadan (jami 25 ta) ishtirokchi jamoa tanlab olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oltinchi bosqichda har yili 20-noyabrdan 5-dekabrga qadar masʼul tashkilot tomonidan tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha aniqlangan 25 ta ishtirokchi jamoaga jamoatchilik tomonidan quyidagi mezonlar asosida 5 ballik tizim boʻyicha ovoz beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning tashqi koʻrinishi (interfeys va dizayni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning funksionali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning qulayligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning tayyorligi (toʻliqligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning dolzarbligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik tomonidan ovoz berish portalda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimidan (OneID) roʻyxatdan oʻtish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda jamoatchilik tomonidan ovoz berish natijasiga muvofiq har bir yoʻnalish boʻyicha eng koʻp ovozga ega boʻlgan, 1, 2 va 3 oʻrinlarni egallagan (jami 15 ta) ishtirokchi jamoalar tanlovning asosiy yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovning asosiy va maxsus yoʻnalishi boʻyicha natijalar rasman taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi va ushbu natijalar eʼlon qilinganidan soʻng ikki kun ichida portalda ham joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi har yili 25-dekabrga qadar tashkiliy qoʻmita tomonidan tantanali ravishda tashkil qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblarga pul mukofotlari yil davomida uch transhda oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ular pul mukofotining ikkinchi-uchinchi transhlarini olish uchun oʻz loyihalarini tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida takomillashtirib borishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov bosqichlari oʻtkaziladigan muddatlar va sanalarga tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin. Bunda tanlov boshlanishidan bir hafta oldin portalda oʻzgartirishlar haqida eʼlon joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlovda ishtirok etish uchun qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlovning asosiy yoʻnalishlarida tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish kunida oʻttiz yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan shaxslar bir jamoa tarkibida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus yoʻnalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti boʻlgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlovda ishtirok etish uchun jamoalar tarkibi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha 3 — 8 kishi va maxsus yoʻnalish boʻyicha 3 — 5 kishidan iborat boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlovda ishtirok etish uchun faqat 1 ta asosiy yoʻnalish hamda maxsus yoʻnalish boʻyicha ariza yuborishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamoa tarkibiga jamoaning masʼul vakili murojaati asosida tashkiliy qoʻmita bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlovda ishtirok etish uchun pul undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishtirokchi jamoalar tomonidan tanlov doirasida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Ishtirokchi jamoalarning loyihalarini baholash hamda tanlov gʻoliblarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Masʼul tashkilot tanlovning ikkinchi-beshinchi bosqichlarida umumiy hakamlik qiladi va ishtirokchi jamoalarning loyihalarini tasdiqlangan baholash mezonlariga asosan baholaydi va saralaydi, shuningdek, maxsus yoʻnalish gʻolibini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ishchi organ masʼul tashkilot takliflari asosida ishtirokchi jamoalarning loyihalarini saralash va baholash mezonlarini ishlab chiqib, tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishtirokchi jamoalarning loyihalarini saralash va baholash mezonlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy qoʻmita tomonidan har yili tanlov eʼlon qilinadigan kunga qadar yangidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning ikkinchi — beshinchi bosqichlari va maxsus yoʻnalish uchun alohida tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlovning asosiy yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblar oltinchi (yakuniy) bosqichda 25 ta jamoaga jamoatchilik tomonidan portalda ovoz berish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus yoʻnalish gʻolibi tanlovning beshinchi bosqichida masʼul tashkilot tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Tanlovdan chetlashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishtirokchi jamoalarning aʼzolari tomonidan quyidagi xatti-harakatlar amalga oshirilganligi aniqlansa, ular tanlovdan chetlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul tashkilotning faoliyatiga xalaqit bersa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portal faoliyatiga xalaqit bersa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov doirasida arizada koʻrsatilmagan, yaʼni ishtirokchi jamoaning aʼzosi boʻlmagan shaxslarni jalb qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xohishi bilan tanlovda ishtirok etishni davom ettirishdan voz kechsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov shartlarini buzsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizom talablariga rioya qilinmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul tashkilot ishtirokchi jamoalarning aʼzolarini tanlovdan chetlashtirish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaga taklif kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Chetlashtirish natijasida tarkibida uch kishidan kamayib ketgan ishtirokchi jamoalarning masʼul vakili bir kun muddatda tashkiliy qoʻmitaga oʻz jamoasi qayta shakllantirilganligi haqida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maʼlumotlarni kiritishi lozim. Aks holda, ushbu ishtirokchi jamoa tanlovdan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tashkiliy qoʻmitaning ishtirokchi jamoalar aʼzolarini tanlovdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi va qaror qabul qilingandan keyin ishtirokchi jamoaning masʼul vakilining elektron pochta manziliga xabar (portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Tanlovni moliyalashtirish va tanlov gʻoliblarini taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdordagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tanlovning 5 ta asosiy yoʻnalishlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrin uchun — 100 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-oʻrin uchun — 50 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-oʻrin uchun — 30 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tanlovning maxsus yoʻnalishi boʻyicha (bitta) — 100 000 AQSH dollari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tanlov gʻoliblariga pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlovlar amalga oshiriladigan kundagi rasmiy kursi boʻyicha milliy valyutada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) asosiy yoʻnalish boʻyicha — ishtirokchi jamoalar aʼzolarining bank kartalariga teng miqdorda Tashkiliy qoʻmitaning xulosasi asosida bir yil davomida uch transhda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maxsus yoʻnalish boʻyicha — ishtirokchi jamoa aʼzolarining bank kartalariga teng miqdorda 15 (oʻn besh) ish kuni davomida toʻliq oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblari eʼlon qilingan kundan boshlab 15 (oʻn besh) ish kuni ichida pul mukofotining birinchi transhi (50 foiz miqdorida) toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mukofotining keyingi ikki transhi (25 foizdan) yil davomida muhim samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi asosida tashkiliy qoʻmitaning qaroriga muvofiq oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblar pul mukofotining ikkinchi-uchinchi transhlarini olish uchun tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishchi organ har yili 15-noyabrga qadar masʼul tashkilot takliflari asosida ishlab chiqilgan muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini tashkiliy qoʻmitaga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur Nizom shartlarini bajarmagan yoki buzgan, shuningdek, muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bajarmagan tanlovning asosiy yoʻnalishlari gʻoliblariga pul mukofotining ikkinchi-uchinchi transhlari toʻlanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini bir yil davomida toʻliq bajarmagan jamoalarga toʻlanmagan pul mukofoti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga qaytarib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tanlovning shaffofligi va ochiqligini taʼminlash maqsadida taqdimot tashkilotchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda hamda maxsus dasturiy taʼminotlardan foydalangan holda jonli onlayn efirga uzatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tanlovning yopilish tadbiri tantanali ravishda tashkiliy qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tanlov natijalari yuzasidan ishtirokchi jamoalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablariga amal qilmagan va uning talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Tanlovni eʼlon qiladi va arizalar qabuli boshlanadi.

Har yili 1-mayga qadar

2-bosqich

Ariza beruvchilar

Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza va unga ilova qilingan materiallar portal orqali topshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun jamoalarning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega barcha aʼzolari portalda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (OneID) orqali roʻyxatdan oʻtadilar.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — maxsus yoʻnalish ishtirokchisi boʻlgan jamoalar portalda mavjud shakl orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Har yili 1-iyulga qadar

3-bosqich

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (Ishchi organ)

1. Portal orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan materiallarning toʻliqligini koʻrib chiqadi hamda Nizom talablariga mosligini tekshiradi.

Bunda ariza beruvchilarning keyingi bosqichga oʻtganligi (oʻtmaganligi) haqida elektron pochta manziliga xabar (portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi hamda keyingi bosqichga oʻtgan jamoalarga “ishtirokchi” maqomi beriladi.

Har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar
Har yili 25-iyulga qadar

Ishchi organ

2. Ishtirokchi jamoalar uchun umumiy uchrashuv va mentor maslahatlarini olish maqsadida tadbir tashkil etiladi.

Har yili 5-avgustga qadar

Ishtirokchi jamoalar

3. Ishtirokchi jamoalar oʻzlari ishlab chiqqan loyihalarni takomillashtirishlari va portalga qaytadan joylashtirishlari mumkin. Kechikib taqdim etilgan loyihalar koʻrib chiqilmaydi.

Har yili 5-avgustdan 5-sentabrga qadar

4-bosqich

Axborot texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi masʼul tashkilot

(masʼul tashkilot)

1. Ishtirokchi jamoalarning loyihalarini tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan mezonlar va Nizom talablari asosida onlayn tarzda jamoa ishtirokisiz baholaydi va saralaydi.

Har bir asosiy yoʻnalish boʻyicha eng yuqori natijaga ega boʻlgan 10 tadan (jami 50 ta) ishtirokchi jamoa tanlab olinadi va ular tanlovning keyingi (beshinchi) bosqichiga oʻtadi.

Har yili 5-sentabrdan 25-sentabrga qadar

Ishchi organ

2. Ushbu bosqich natijalari portalda eʼlon qilinadi va ular boʻyicha jamoaning masʼul vakili elektron pochta manziliga keyingi bosqichga oʻtganlik (oʻtmaganlik) toʻgʻrisida xabar (portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi.

Loyihalar baholanganidan soʻng bir hafta muddatda

Ishtirokchi jamoalar

3. Navbatdagi bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalarga ishchi organ tomonidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha mentorlar taklif etiladi va oʻz loyihalarini takomillashtirish uchun 30 kun muddat beriladi.

Har yili 5-oktabrdan 5-noyabrga qadar

5-bosqich

Ishtirokchi jamoalar, masʼul tashkilot

1. Ushbu bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalar oʻzlarining loyihalari boʻyicha masʼul tashkilotda taqdimot oʻtkazadilar va himoya qiladilar.

2. Tanlovning maxsus yoʻnalishi boʻyicha loyihalar taqdimoti oʻtkaziladi. Bunda maxsus yoʻnalish boʻyicha ishtirokchi jamoalar 72 soat ichida alohida shartlar asosida dasturiy mahsulotning prototipini ishlab chiqadilar hamda oʻz loyihalarini masʼul tashkilotda taqdimot oʻtkazadilar va himoya qiladilar.

3. Ushbu bosqichga oʻtgan ishtirokchi jamoalarning loyiha taqdimotlari natijasi boʻyicha baholaydi va har bir yoʻnalishlar boʻyicha 5 tadan oltinchi (yakuniy) bosqichga oʻtadigan ishtirokchi jamoalarni aniqlaydi.

Bunda har bir asosiy yoʻnalish boʻyicha tanlovning keyingi (yakuniy) bosqichiga oʻtadigan 5 tadan (jami 25 ta) ishtirokchi jamoa tanlab olinadi.

Har yili 10-noyabrga qadar tashkiliy qoʻmita tomonidan belgilangan sanada

6-bosqich

Jamoatchilik

1. Masʼul tashkilot tomonidan tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha aniqlangan 25 ta ishtirokchi jamoaga belgilangan mezonlar asosida 5 ballik tizim boʻyicha ovoz beriladi.

Jamoatchilik tomonidan ovoz berish natijasiga muvofiq har bir yoʻnalish boʻyicha eng koʻp ovozga ega boʻlgan, 1, 2 va 3 oʻrinlarni egallagan (jami 15 ta) ishtirokchi jamoalar tanlovning asosiy yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblar hisoblanadi.

Har yili 20-noyabrdan 5-dekabrga qadar

Tashkiliy qoʻmita

2. Tanlovning asosiy va maxsus yoʻnalishi boʻyicha natijalar rasman taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi va ushbu natijalar eʼlon qilinganidan soʻng ikki kun ichida portalda ham joylashtiriladi.

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi tashkiliy qoʻmita tomonidan tantanali ravishda tashkil qilinadi.

Har yili 25-dekabrga qadar

Ishchi organ

3. Tanlov gʻoliblariga pul mukofotlari oʻtkazib beriladi:

a) asosiy yoʻnalishlar boʻyicha — birinchi transh (50 foiz miqdorida);

b) maxsus yoʻnalish boʻyicha — 100 foiz miqdorida.

Tanlov gʻoliblari eʼlon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida

Tanlovning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblar

4. Ikkinchi-uchinchi transhlarni (25 foizdan) olish uchun muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida oʻz loyihalarini takomillashtiradi.

Bir yil mobaynida

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovida qatnashish uchun topshiriladigan ariza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHAKLI

Ariza beruvchi haqida maʼlumot

1. Jamoa aʼzolarining F.I.O.

2. Jamoa aʼzolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

3. Barcha jamoa aʼzolarining telefon raqami va elektron pochtasi

4. Barcha jamoa aʼzolarining vazifalari:

• Frontend dasturchi

• Backend dasturchi

• Data muhandis

• AI muhandis

• Mobil dasturchi

• Devops dasturchi

• Product menejer

• Web dasturchi

• Sinovchi

• Dizayner

• Boshqa

5. Jamoa ishtirok etayotgan hudud/viloyat

6. Jamoa aʼzolarining ish/oʻqish joyi

Loyiha toʻgʻrisida maʼlumot

7. Tanlov yoʻnalishi:

• Sunʼiy intellekt texnologiyalari

• Ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar

• Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari

• Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar

• Kompyuter va mobil oʻyin dasturlari

8. Loyiha nomi

9. Loyihaning tavsifi

10. Loyihani tavsiflovchi videolavhaga havola (3 daqiqagacha boʻlgan)

11. Loyihaning taqdimoti (PDF shaklida) — yuklash yoki unga havola

12. Loyihaning GitNub platformasidagi havola

13. Loyihaning prototipi (MVP)ra havola

14. Loyihaning yuqori sifatdagi logotipi (yuklash)

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-fevraldagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

O.A. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

A.Z. Saʼdullayev

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi (kelishuvga asosan)

5.

D.A. Vahobov

Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi

6.

K.X. Karimov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Lavozimi boʻyicha

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

O.N. Mirzayev

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK direktori

9.

K.N. Irisbekova

AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi

10.

F.Z. Ibragimov

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ direktori, tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga koʻra, Tashkiliy qoʻmita tarkibiga xorijiy ekspertlar hamda boshqa vazirlik va idoralar mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 09/23/66/0090-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 08.06.2026-y., 09/26/288/0570-son)