16.01.2023 yildagi 2866-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 16.01.2023 yildagi 2866-IV-son
Kuchga kirish sanasi
16.01.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2022-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, chorvachilik tarmoqlarini kengaytirishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, sohada olib borilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlash borasida qator ishlarni amalga oshirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Qoʻmita 15 ta qonun loyihasini va Qonunchilik palatasining maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalariga oid 3 ta qarorini maromiga yetkazishga masʼul etib belgilangan hamda ular maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qoʻyishning aniq tartibini belgilash, yer uchastkalarini elektron tanlov natijalari asosida ijaraga berish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni qonun bilan kafolatlash, oʻsimliklarni himoya qilish sohasini tartibga solishga qaratilgan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi, “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi, “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari shular jumlasidandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda hamda fuqarolarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni hal etish maqsadida Qoʻmita aʼzolari tomonidan 2ta qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qonunchilik amaliyotida aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirishga xizmat qildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning hamda Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilish holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganish, mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarga rioya etilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishga qaratilgan 19 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Qoʻmita tashabbusi bilan 2022-yil 20-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022-2026-yillarga moʻljallangan dastur doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi joʻnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-dekabrda oʻtkazilgan Qoʻmita majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan axboroti eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita aʼzolari tomonidan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilish holati Buxoro va Namangan viloyatlari, “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosi Xorazm viloyati, “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilish holati Andijon viloyati hamda “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida oʻrganilgan. Mazkur oʻrganish yakunlari soha mutasaddilari ishtirokida Qoʻmita majlislarida atroflicha koʻrib chiqilib, Qoʻmitaning tegishli qarorlari qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari tomonidan saylovchilar bilan tizimli muloqotni kuchaytirish, joylarda mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlab, tezkorlik bilan bartaraf etish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratib, jismoniy va yuridik shaxslarning 514 ta murojaati koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Qoʻmita faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik mustahkamlangan. Xususan, Qoʻmitaning faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 4 617 marotaba yoritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili bu borada hali oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, qonun tashabbuskorligi borasidagi takliflarni koʻpaytirish, qabul qilingan qonunlarning ijrosi boʻyicha nazorat-tahlil tartibidagi oʻrganishlarni yanada kengaytirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita tashabbusi bilan oʻtkazilgan parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy ravishda monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolarini qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlariga kengroq jalb qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini taraqqiy ettirish borasidagi islohotlar Qoʻmitaning tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlash tizimi samaradorligini oshirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek qonun loyihalari boʻyicha fuqarolar tomonidan berilayotgan takliflarni bevosita ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama etish, joylarda fuqarolar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda koʻrib chiqish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijro etilish holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish va amaliyotda uchraydigan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun tashabbuskorligi borasidagi takliflarni koʻpaytirish, Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish hamda kelib tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni qonun loyihalarini maromiga yetkazishda hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari boʻyicha fuqarolar tomonidan berilgan takliflarni bevosita ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama etish hamda fuqarolar tomonidan koʻtarilayotgan masalalarni mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va boshqa dasturlarning masʼul vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar tomonidan bajarilishi boʻyicha samarali parlament nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida koʻtarilgan dolzarb masalalardan kelib chiqib, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2866-IV-son