09.02.2023 yildagi PQ-50-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal surʼatlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot koʻrgan mahallalardagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini taʼmirlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot koʻrgan mahallalardagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini taʼmirlash, hamda bolalar va sport maydonchalarini qurish, mahalla hududida mikro xiyobonlar tashkil etish, irrigatsiya ishlari, koʻp qavatli uylarning tom va fasad qismlarini taʼmirlash hamda aholi kayfiyati va yashash sifatiga ijobiy taʼsir qiluvchi obodonlashtirish, taʼmirlash va boshqa qurilish ishlari uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 milliard soʻm miqdorida foizsiz kredit ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 07/23/175/0317-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur kredit mablagʻlarining 200 milliard soʻmi 2023-yilning IV choragida, 384 milliard soʻmi 2024-yilning har choragida teng ulushlarda Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki hafta muddatda Toshkent shahri mahallalardagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini taʼmirlash, bolalar hamda sport maydonchalarini qurish, mahalla hududida mikro xiyobonlar tashkil etish, irrigatsiya ishlari, koʻp qavatli uylarning tom va fasad qismlarini taʼmirlash hamda aholi kayfiyati va yashash sifatiga ijobiy taʼsir qiluvchi obodonlashtirish, taʼmirlash va boshqa qurilish ishlari uchun Toshkent shahar mahalliy budjetiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 211 milliard soʻm miqdorida ajratsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 07/23/175/0317-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorning 1 va 11-bandlarga muvofiq ajratilgan mablagʻlar hisobidan Toshkent shahridagi mahallalarga amalga oshiriladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlaridan kelib chiqib mablagʻ ajratsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PQ-175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 07/23/175/0317-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining tuman hokimliklari mahallalar raislari bilan birgalikda mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarning roʻyxatlarini xalq deputatlari tuman Kengashlari yigʻilishida muhokama qilib, tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 9-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-50-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y., 07/23/50/0083-son; 02.06.2023-y., 07/23/175/0317-son)