27.12.2022 yildagi SQ-669-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi (bundan buyon matnda Murojaatnoma deb yuritiladi) mamlakatni yaqin istiqbolda rivojlantirishga doir strategik yoʻnalishlarni bayon etuvchi, shuningdek, parlamentning faoliyatiga taalluqli aniq takliflarni oʻzida aks ettiruvchi muhim dasturiy siyosiy-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament xalqning manfaatlarini ifoda etuvchi, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi oliy vakillik organi sifatida olib borilayotgan islohotlar natijalarini aholining hayotida aks ettirishda, odamlarning ijtimoiy faolligini oshirishda, ularda ertangi kunga ishonchni mustahkamlashda tashabbuskor boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada parlament aʼzolari oʻzlari saylangan hudud (okrug)lardagi muammolar, tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan qay darajada hal etilayotganligini doimiy oʻrganib, nazorat qilib borishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni inobatga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni muhokama qilib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi Murojaatnomada hamda navbatdagi yilda qabul qilinadigan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, chora-tadbirlar hamda ijro mexanizmlarini koʻrsatgan holda Harakatlar rejasi loyihasini tayyorlasin va Senat Kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini rejalashtirishda Murojaatnomada nazarda tutilgan yoʻnalishlarni inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati yoʻnalishida hamkorlik qiluvchi tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro aloqa va ishlash uslublarini qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatnomada nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning barcha aʼzolari Harakatlar rejasini ishlab chiqish jarayoniga faol jalb etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oliy sud, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda sud qarorlari ijrosi holatini oʻrganib takliflar tayyorlasin hamda ushbu masalani Bosh prokuror hisobotini eshitishda ham koʻrib chiqishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi mamlakat eksport salohiyatini oshirish, uning raqobatbardoshligini kuchaytirish, shu jumladan energetika sohasini rivojlantirishga parlamentlararo hamkorlik orqali investitsiyalarni jalb qilishga koʻmak berish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalar qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda muqobil energetikani rivojlantirish, “yashil iqtisodiyotga” oʻtish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini oʻrganib borsin va tegishli takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlarda energiya tejamkorligiga erishish boʻyicha keng targʻibot ishlarini olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganib borsin va masʼullarning eshituvini qoʻmitalar, Senat Kengashi va zarur holatlarda Senat yalpi majlislari muhokamasiga olib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi tuproq tarkibi buzilishi, yerlar unumdorligining pasayishi, choʻllanish, suv yetishmasligining oldini olish maqsadida agrar sohada ekologik toza va resurstejamkor innovatsion agrobiotexnologiyalarni yaratish va ulardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgansin va takliflar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini targʻib qilish hamda belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda hududiy dasturlarni tayyorlash masalalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilab berilgan mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish hamda muhokama qilish masalalari 2023-yilgi ish rejalarida aks ettirilishini hamda bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi yuzasidan hokimlar va sektor rahbarlarining axborotlarini eshitish hamda muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-669-IV-son