05.12.2022 yildagi 2719-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 05.12.2022 yildagi 2719-IV-son
Kuchga kirish sanasi
05.12.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining 2022-yil yanvar — noyabr oylaridagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2022-yil yanvar — noyabr oylaridagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan ijtimoiy sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, aholi bandligini taʼminlash, mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qonun hujjatlari ijrosini doimiy nazorat qilish, saylovchilar bilan doimiy muloqot oʻrnatish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, hisobot davrida aholini ijtimoiy muhofaza qilish jarayonlarini takomillashtirish kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan 9 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini maromiga yetkazish, ularda toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi mexanizmlarni aks ettirish hamda ularni keng jamoatchilik va soha mutaxassislari ishtirokida muhokama qilish maqsadida ishchi guruhning 89 ta yigʻilishi hamda ekspertlar guruhining 18 ta yigʻilishi tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan jami 23 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Ulardan 11 tasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishga, 12 tasi qonun hujjatlarining ijro etilish holatini oʻrganishga hamda Qonunchilik palatasi va Qoʻmita qarorlarining ijrosini monitoring qilishga oid tadbirlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Qoʻmita tashabbusi bilan 16-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A. Inakovga “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita tomonidan 20-iyul kuni Qonunchilik palatasi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti eshitilishi tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun loyihalari muhokamasiga, islohotlarning ahamiyatini saylovchilarga yetkazish, muhim tarmoq va sohalardagi mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishga bagʻishlangan 42 ta davra suhbati, 31 ta seminar va 9 ta konferensiya oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning dastlabki oʻn bir oyida jismoniy va yuridik shaxslardan Qoʻmita aʼzolari nomiga kelgan jami 592 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari va Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda 4 198-marta chiqish qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Qoʻmita tomonidan oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar tahlili Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etishda eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan ayrim masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasidagi vazifalarning bajarilish holati yuzasidan mutasaddilarning axborotini eshitish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlarining, davlat dasturlari hamda Qonunchilik palatasi qarorlaridagi Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan bandlarning ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sohasidagi ishlarini, shuningdek koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish borasidagi faoliyatini tizimli tashkil etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining 2022-yil yanvar — noyabr oylaridagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va Qoʻmita masʼulligida boʻlgan qonun loyihalarini maromiga yetkazishda, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda doimiy ravishda keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslardan Qoʻmitaga kelgan murojaatlarda koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga yechim topish borasida tegishli davlat organlari tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qonun hujjatlarining, jumladan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ish beruvchilar oʻrtasida keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2719-IV-son