24.10.2022 yildagi 2575-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori , 24.10.2022 yildagi 2575-IV-son
Kuchga kirish sanasi
24.10.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining 2022-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2022-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan koʻp qirrali va samarali amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish kabi muhim yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun ijodkorligi yoʻnalishida Qoʻmita tomonidan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish natijalariga asosan 19 ta qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdim etilgan. Jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi, “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi, “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida aks ettirilgan qoidalar va talablardan kelib chiqqan holda maromiga yetkazish yuzasidan takliflar berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan parlament nazoratini amalga oshirish yoʻnalishida 3 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Xususan, xalqaro munosabatlar doirasida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan “yoʻl xaritalari”ning ijro etilish holatini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi rahbarlarining axboroti Qoʻmita yigʻilishida eshitilgan. Shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilish holati oʻrganilgan hamda natijalari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Qoʻmita masʼulligida tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xorijiy mamlakatlar hamda ularning parlamentlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Buxoro deklaratsiyasi (2022-yil 19-may, Buxoro) prinsiplarini va yondashuvlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Bayonoti haqida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Estoniya Riygikogusi (parlamenti) bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashlarining 2 ta Qoʻshma qarori qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan tashrifi hamda Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining Raisi M. Qolibofning Oʻzbekiston Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi yakunlari boʻyicha tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Utgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida xorijiy mamlakatlar parlamentlari, parlamentlararo hamkorlik guruhlari, xalqaro tashkilotlar hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillaridan iborat 44 ta chet el delegatsiyasi qabul qilingan. Shuningdek Qoʻmita masʼulligida xalqaro parlamentlararo tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida 23 ta onlayn uchrashuv tashkil etilgan. Xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasining 21-qishki sessiyasi, Parlamentlararo Ittifoqning “Yevroosiyo” geosiyosiy guruhining uchrashuvi hamda Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasi ayol parlamentariylar guruhining birinchi yigʻilishida Qoʻmita aʼzolari faol ishtirok etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlganligi hamda Germaniya Federativ Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Isroil davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilganligining 30 yilligiga bagʻishlangan onlayn davra suhbatlari oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari xorijiy davlatlar parlamentlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash doirasida deputatlarning 38 ta xorijiy mamlakatga uyushtirilgan xizmat safarlarini samarali tashkil etish yuzasidan Qoʻmita tegishli faoliyat olib borgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita aʼzolari tomonidan tashqi siyosiy faoliyat, xalqaro munosabatlar, parlamentlararo hamkorlik va boshqa masalalar boʻyicha ommaviy axborot vositalarida jami 1 195-marta chiqish amalga oshirilgan. Jumladan, Shanxay hamkorlik tashkilotining xotin-qizlar forumi, Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol-rahbarlari 14-sammiti, shuningdek Samarqand shahrida oʻtkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari Kengashining majlisida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan gʻoya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazishda Qoʻmita aʼzolari faol qatnashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shular bilan bir qatorda Qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlarning tahlili uning faoliyatida ayrim jihatlarga alohida eʼtibor qaratish lozimligini koʻrsatmoqda. Xususan, Oʻzbekistonning xalqaro maydonlardagi ijobiy imijini yanada yaxshilashga qaratilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, xalqaro va parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan asoslantirilgan takliflarni tayyorlash borasidagi ishlarni faollashtirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, xorijiy davlatlar parlamentlari bilan tuzilgan parlamentlararo guruhlar faoliyatini yanada jonlantirish, mazkur guruhlarning tegishli ish rejalarida belgilangan vazifa va tadbirlarni tizimli ravishda hamda samarali amalga oshirishga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining 2022-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini tayyorlash jarayonida xalqaro tajribadan unumli foydalanish hamda ularning xalqaro shartnomalarda belgilangan talablar va standartlarga mos kelishini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijro etilish holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish va amaliyotda uchrayotgan muammolarni hal etish borasida mutasaddi vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xorijiy mamlakatlar parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo tuzilmalarining samarali faoliyat olib borishiga doir, shuningdek yuqori va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, ikki tomonlama va koʻp tomonlama parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini jahon hamjamiyatiga yetkazish maqsadida parlamentlararo hamkorlik aloqalarini hamda oʻzaro muloqotlarni faollashtirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 24-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2575-IV-son