06.12.2022 yildagi O‘RQ-808-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 11-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 19-noyabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 5-moddaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13) chet el tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 11-modda 5-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summalari, davlat zayom obligatsiyalari, ish haqi summalari, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari uchun”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi “davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “shuningdek xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismi “davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlardan keyin “shuningdek xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

a) koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun

agar koʻchmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan boʻlsa

— BHMning 1 baravari

agar koʻchmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan boʻlsa

— BHMning 50 foizi

Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning er�ga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga koʻchmas mol-mulkni oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g”, “d” va “e” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

g) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga oʻzgartishlar kiritganlik uchun

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga

BHMning 10 foizi

jismoniy shaxslar uchun

BHMning 25 foizi

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa

BHMning 50 foizi

Izoh. Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

d) mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandda belgilangan hollar mustasno

BHMning 25 foizi

e) garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun

jismoniy shaxslar uchun:

— BHMning 1 baravari

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa

— BHMning 2 baravari

Izoh. Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“z” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

z) qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun

— BHMning 25 foizi

Izoh. Qarz shartnomasiga oʻzgartishlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“o” va “p” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

o) avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi

avtomototransport vositalari uchun

— BHMning 3 baravari

bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun

— BHMning 25 foizi

Izoh. Ayirboshlash shartnomasi rasmiylashtirilayotganda davlat boji faqat bir avtomototransport vositasi uchun undiriladi.

Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini oʻtkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi;

bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi;

yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab oʻzgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga koʻra va notariusning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan hududlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

p) avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga

BHMning 50 foizi

boshqa shaxslarga

BHMning 2 baravari

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“f” kichik bandining izohi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

18. Chet el fuqarolari ishtirokidagi nikohlarning tuzilganligini, shuningdek nikohlarning bekor qilinganligini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari bilan nikohlarini, shuningdek chet el fuqarolarining oʻzaro nikohlarini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun

BHMning 2 baravari

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 6-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-808-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 03/22/808/1069-son)