Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Rossiya Federatsiyasining Davlat taraqqiyot korporatsiyasi “VEB.RF” ishtirokida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 95 ta nasos stansiyacini modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5201-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida
Mamlakatimizda suv xoʻjaligi sohasida xorijiy investitsiya loyihalarini samarali boshqarish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Rossiya Federatsiyasining Davlat taraqqiyot korporatsiyasi “VEB.RF” ishtirokida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 95 ta nasos stansiyacini modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5201-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-dekabr,
PQ-434-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 07/22/434/1056)