22.11.2022 yildagi 201-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” qurilish meʼyorlari va qoidalarining 4.9-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 118]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PQ-257-son “Aholining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalarining 4.9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4.9. Oqova suv quvur oʻtkazgichlarida quyidagilar qoʻllanilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi oqar tarmoqlarda — bosimsiz va bosimli (asoslangan hollarda) temir betonli, betonli, sopolli, choʻyan, asbest sementli, plastmassa, bazalt kompozit quvurlar va temir betonli qismlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosimli tarmoqlarda — bosimli temir betonli, asbest sementli, choʻyan, poʻlat, plastmassa va basalt kompozit quvurlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi oqar tarmoqlarda choʻyan quvurlari hamda bosimli tarmoqlarda poʻlat quvurlari yetib borish qiyin boʻlgan joylardagi qurilishlarda, choʻkuvchan tuproqlarda, yer sathi kon ishlaridan zarar koʻrgan hududlarda, suv havzalarini, temir yoʻli va avtomobil yoʻllari ostidan kesib oʻtgan, xoʻjalik-ichimlik suv quvurlari bilan kesishgan va quvurlarga mexanik shikastlar yetkazilishi mumkin boʻlgan joylarda, shuningdek quvurlar estakada tayanchlari ustidan olib oʻtilganda qoʻllanilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvurlar yemiruvchan muhitlarda yotqizilganda korroziyaga chidamli quvurlarni qoʻllash lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poʻlat quvurlar qoʻllanilganda tashqi va ichki yuzalarni korroziyadan himoyalash choralarini nazarda tutish lozim. Poʻlat quvurlarning tashqi yuzasini korroziyadan himoya qilish usullarini tanlashda tuproqning korrozion xususiyatlari hamda daydi toklar taʼsirida yemirilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan asoslanishi kerak. Poʻlat quvurlarni tashqi korroziyadan himoyalash GOST 9.602 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Poʻlat quvurlarning ichki korroziyasini istisno qilish maqsadida ularning ichki yuzasini lok boʻyoq, rux va boshqa korroziyaga qarshi qoplamalar bilan himoyalashni nazarda tutish kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi poʻlat va temir-betonli quvur oʻtkazgichlarni loyihalashda korroziyaga qarshi elektrkimyoviy himoyasini qurish imkoniyatini yaratish uchun ushbu quvurlarni elektr-kimyoviy oʻtkazuvchanligining uzluksizligini taʼminlovchi choralar nazarda tutilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazalt kompozit quvurlar GOST 33123 ga mos boʻlishi hamda ular qoʻllanilganda mazkur izohlarning ikkinchi xatboshisida keltirilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir B. ZAKIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 22-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 21-noyabr