11.12.2003 yildagi 554-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUHOFAZA ChORALARI, ANTIDEMPING VA KOMPENSATSIYA BOJLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi tovar importida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari qoʻllanilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmogʻi — Oʻzbekiston Respublikasining oʻxshash tovar ishlab chiqaruvchilarining barchasi yoki Oʻzbekistonda shunday tovar ishlab chiqarish umumiy hajmida ulushi asosiy qismni tashkil etadigan ishlab chiqaruvchilarning jami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zarar — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar importi koʻpayganligi, demping narxlaridagi tovar importi yoki subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻining ishlab chiqarish, savdo va moliyaviy koʻrsatkichlari sezilarli darajada pasayganligi yoxud iqtisodiyot tarmogʻi rivojlanishida surʼat sezilarli darajada susayganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilishi xavfi — iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilishi muqarrar ekanligining dalillar bilan tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odatdagi savdo jarayoni — tovarning uni ishlab chiqaruvchi mamlakat yoki eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozorida oʻrtacha olingan tannarxi va oʻrtacha foyda normasidan yoki oʻxshash sharoitdagi uchinchi mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan oʻxshash tovarlarga taqqoslama narxlardan tarkib topadigan narxdagi oldi-sotdisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldingi davr — tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza topshirilgan kunga qadar kechgan hamda zaruriy statistika maʼlumotlari boʻlgan soʻnggi uch yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻxshash tovar — qanday vazifa bajara olishi va nimaga moʻljallanganligi, qoʻllanilishi, sifat va texnik xususiyatlariga, shuningdek boshqa asosiy xossalariga koʻra import qilinayotgan tovar bilan batamom bir xil boʻlgan yoki bunday tovar bilan taqqoslab boʻladigan tovar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadidagi tekshiruv
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadidagi tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar importi koʻpayganligini, demping narxlaridagi tovar importi yoki subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi mavjudligini hamda buning oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining borligini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish muddatini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish muddatini hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ularni qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MUHOFAZA ChORALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Muhofaza choralarining qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar importi koʻpayishini cheklash boʻyicha tovar importining miqdori va (yoki) qiymatiga (import kvotasi) nisbatan cheklov tariqasida, import bojidan tashqari undiriladigan maxsus boj tariqasida qoʻllaniladigan choralar yoki tovar importi koʻpayishini cheklashga qaratilgan boshqa choralar muhofaza choralaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar importi iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazayotgan yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tugʻdirayotgan hajmda (mutlaq ifodasida yoki uni Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishga nisbatan) va sharoitda amalga oshirilayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza choralari tovar importi koʻpayganligi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va muddatda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar importini miqdoriy cheklash tariqasidagi muhofaza chorasining qoʻllanilishi tovar importi hajmini oldingi davrdagi tovar importining oʻrtacha miqdor darajasidan kamaytirmasligi kerak, iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun tovar importining boshqa darajasini belgilash zarurligiga asos boʻlgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tovar importi koʻpayganligi munosabati bilan iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar importi koʻpayganligi munosabati bilan iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlash dalillarga asoslanadi hamda import tovar yetkazib berilishi hajmining oʻsish surʼatini, uning koʻpayishi belgilari mavjudligini, shuningdek iqtisodiyot tarmogʻi ishlab chiqarish, savdo va moliyaviy koʻrsatkichlarining sezilarli darajada pasayishiga yoki iqtisodiyot tarmogʻi rivojlanishida surʼat sezilarli darajada susayishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan obyektiv tusdagi boshqa omillarni oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Muhofaza choralari qoʻllanilishining xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, agar tekshiruv tugallangunga qadar muhofaza choralarini qoʻllanishda sustkashlik qilish iqtisodiyot tarmogʻiga keyinchalik bartaraf etish qiyin boʻlgan darajada jiddiy zarar yetkazishi mumkin ekanligi vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki xulosasi asosida, vakolatli organ tomonidan uzil-kesil xulosa olish maqsadida tekshiruv davom ettirilishi sharti bilan, muvaqqat muhofaza chorasini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvaqqat muhofaza chorasi muvaqqat maxsus boj koʻrinishida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tovar importi koʻpayganligi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yoʻqligi tekshiruv natijalariga koʻra vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, toʻlangan muvaqqat maxsus boj summalari toʻlovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar maxsus boj tariqasidagi muhofaza chorasi muvaqqat maxsus bojdan kam miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar maxsus boj tariqasidagi muhofaza chorasi muvaqqat maxsus bojdan koʻp miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchidan undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda vakolatli organning iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhofaza choralarining miqdorini kamaytirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Muhofaza choralarining amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza choralarining amal qilish muddati toʻrt yildan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun muhofaza chorasi zaruriyati saqlanib qolayotganligi qayta tekshiruv natijasida vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, muhofaza chorasining amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin. Bunda muhofaza chorasi amal qilishining umumiy muddati sakkiz yildan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvaqqat muhofaza chorasining amal qilish muddati ikki yuz kundan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan muvaqqat muhofaza chorasini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday choraning amal qilish muddati muhofaza chorasining umumiy amal qilish muddatiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. ANTIDEMPING BOJLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Antidemping bojining qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demping narxlaridagi tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj antidemping bojidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar demping narxlaridagi tovar importi iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tugʻdirayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping boji qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga eksport narxi oʻzining normal qiymatidan past boʻlgan tovar importi demping narxlaridagi tovar importidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qilish uchun sotilgan tovarga amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx tovarning eksport narxidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozorida isteʼmol qilish uchun moʻljallangan oʻxshash tovarning odatdagi savdo jarayonidagi narxi yohud oʻxshash tovar eksport qiluvchi mamlakat bozorida sotilmayotgan boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra lozim darajada taqqoslashni oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, tovar kelib chiqqan mamlakatdagi ishlab chiqarish xarajatlari asosida oqilona chiqimlarni va foydani qoʻshgan holda yoxud Oʻzbekiston Respublikasi bilan bir xil sharoitdagi uchinchi mamlakatga eksport qilinadigan oʻxshash tovarlarning narxlari asosida odatdagi savdo jarayonida aniqlanadigan narxi tovarning normal qiymatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antidemping boji demping narxlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan miqdorda va muddatda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antidemping boji va muvaqqat antidemping bojining stavkalari demping marjasi miqdoridan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antidemping boji tovar yetkazib beruvchilarning biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Demping marjasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport narxi chegirib tashlangan tovar normal qiymatining tovarning eksport narxiga foizlarda ifodalangan nisbati demping marjasidir. Demping marjasi tovarning oʻrtacha olingan normal qiymatini barcha taqqoslanadigan eksport bitimlari bilan solishtirish asosida yoki tovarning normal qiymatini muayyan bitimlar boʻyicha eksport narxlari bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga tovar kelib chiqqan mamlakatdan bevosita import qilinmay, balki uchinchi mamlakatdan eksport qilinayotgan boʻlsa, tovar eksport qilinayotgan mamlakatdan Oʻzbekiston Respublikasiga sotilayotgan tovarlar narxi tovar eksporti mamlakatidagi solishtirma narx bilan taqqoslanadi. Agar tovarlar tovar eksport qilinayotgan mamlakat orqali faqat olib oʻtilayotgan boʻlsa yoki bunday tovarlar tovar eksport qilinayotgan mamlakatda ishlab chiqarilmasa yoxud tovar eksport qilinayotgan mamlakatda ularga solishtirma narx boʻlmasa, taqqoslash tovar kelib chiqqan mamlakatdagi narxga qiyosan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarning eksport narxi boʻlmagan yoki bunday narx tekshiruv oʻtkazayotgan vakolatli organda shubha uygʻotgan hollarda, yetkazib berilayotgan tovarlarning eksport narxi yetkazib beruvchidan yoki sotuvchidan mustaqil xaridorga birinchi marta qayta sotilayotgan narx asosida yoki vakolatli organ belgilaydigan boshqa asosda hisoblab chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vakolatli organ tomonidan tekshiruv natijasida demping marjasi eksport narxining ikki foizidan ortiqrogʻini tashkil etishi yoki demping narxlaridagi tovar importida uni yetkazib berish hajmi ancha miqdorda ekanligi aniqlangan boʻlsa, demping narxlaridagi tovar importiga nisbatan antidemping boji qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar demping narxlaridagi tovar importida yetkazib berish hajmi barcha oʻxshash tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish umumiy hajmining uch foizidan ortiqrogʻini tashkil etsa yoki demping narxlaridagi tovar importida shunday tovarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berishda har birining ulushi yetkazib berish umumiy hajmining kamida uch foizini tashkil etadigan mamlakatlardan demping narxlarida import qilishda yetkazib berish hajmi oʻxshash tovarni Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berishning umumiy hajmida jami yetti foizdan ortiqroqni tashkil etsa, yetkazib berish hajmi, tovarni yetkazib beruvchi qaysi mamlakat xususida tekshirish oʻtkazilayotgan boʻlsa, shu mamlakatga nisbatan olganda ancha miqdorda deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Demping narxlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demping narxlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlash dalillarga asoslanadi va tovar demping narxlarida import qilinayotgandagi uning yetkazib berish hajmini, bu tovarning sifatini, Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozoridagi oʻxshash tovarlar narxlariga taʼsirini hamda bunday yetkazib berishning iqtisodiyot tarmogʻi uchun oqibatlarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ tovar demping narxlarida import qilinayotgan paytda uning yetkazib berish hajmini tekshirayotganda bunga taalluqli, iqtisodiyot tarmogʻining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi barcha omillar va koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Antidemping bojlari qoʻllanilishining xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, lekin tekshiruv boshlanganidan keyin kamida oltmish kun oʻtgach, agar tekshiruv tugallangunga qadar olingan maʼlumot tovar demping narxlarida import qilinayotganligidan va bunday tovar importidan iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilayotganligidan yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi borligidan dalolat bersa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki xulosasi asosida muvaqqat antidemping bojini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar demping narxlaridagi tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yoʻqligi tekshiruv natijalariga koʻra vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, toʻlangan muvaqqat antidemping boji summalari toʻlovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar antidemping boji muvaqqat antidemping bojidan kam miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar antidemping boji muvaqqat antidemping bojidan koʻp miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchidan undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv boshlangan sanadan avvalroq erkin muomalaga chiqarilgan tovarga nisbatan antidemping boji qoʻllanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antidemping boji qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar undirilishidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Antidemping bojining amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antidemping bojining amal qilish muddati uni qoʻllanish boshlangan yoki demping narxlaridagi tovar importi nuqtai nazaridan ham, iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining bor-yoʻqligi nuqtai nazaridan ham oxirgi marta qayta koʻrib chiqilgan paytdan eʼtiboran besh yildan oshmasligi lozim, antidemping bojining amal qilish muddati tugagunga qadar boshlangan qayta koʻrib chiqish jarayonida antidemping bojining amal qilishini tugatish demping narxlaridagi tovar importining va iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining davom etishiga yoki tiklanishiga olib kelishi vakolatli organ tomonidan aniqlangan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda antidemping boji qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlgan takroriy tekshiruv natijalari olingunga qadar qoʻllanilaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antidemping bojini qayta koʻrib chiqish maqsadidagi takroriy tekshiruv vakolatli organning tashabbusiga yoki manfaatdor shaxslarning soʻroviga koʻra ular antidemping bojini qayta koʻrib chiqish zarurligini tasdiqlovchi axborotni taqdim etganlaridan keyin amalga oshiriladi. Antidemping bojini qayta koʻrib chiqish maqsadidagi takroriy tekshiruv shu tekshiruvni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida tugallanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antidemping bojini qoʻllanishni davom ettirish yoki bunday bojning stavkasini qayta koʻrib chiqish zarurligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan takroriy tekshiruv natijalariga binoan vakolatli organning xulosasi asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvaqqat antidemping boji olti oygacha boʻlgan muddatga belgilanadi. Mazkur muhlat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Demping narxlaridagi tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv obyekti boʻlgan tovarni eksport qiluvchining narxni qayta koʻrib chiqish yoki tovarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga uning normal qiymatidan past narxda eksport qilishni tugatish toʻgʻrisidagi ixtiyoriy majburiyatlari demping narxlaridagi tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demping narxlaridagi tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar eksport qiluvchidan olingan taqdirda, agar vakolatli organ bunday majburiyatlarning qabul qilinishi iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etishini aniqlagan boʻlsa, tekshiruv antidemping bojlari yoki muvaqqat antidemping bojlari qoʻllanilmasdan toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demping narxlaridagi tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlarga muvofiq tovar narxlari darajasi demping marjasini bartaraf etish uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Tovar narxlarining oshirilishi, agar bunday oshirish iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun kifoya qilsa, demping marjasidan kam boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar demping narxlarida import qilinayotganligi va bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining bor-yoʻqligi toʻgʻrisida vakolatli organ tomonidan dastlabki xulosa chiqarilgunga qadar demping narxlaridagi tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar eksport qiluvchi tomonidan qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demping narxlaridagi tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar eksport qiluvchi tomonidan qabul qilingan taqdirda, tekshiruv uning iltimosnomasiga yoki vakolatli organning qaroriga binoan davom ettirilishi mumkin. Agar tekshiruv natijalariga koʻra tovar demping narxlarida import qilinmayotganligi yoki bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa chiqarilgan boʻlsa, demping narxlaridagi tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar oʻz kuchini yoʻqotadi, chiqarilgan xulosa koʻp jihatdan narxlar boʻyicha majburiyatlar mavjudligining natijasi boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda mazkur majburiyatlar iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddat mobaynida oʻz kuchini saqlab turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Demping narxlaridagi tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar eksport qiluvchi tomonidan buzilgan yoki qaytarib olingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi antidemping bojini yoki muvaqqat antidemping bojini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. KOMPENSATSIYA BOJLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Kompensatsiya bojlarining qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj kompensatsiya bojidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini tugʻdirayotganligi vakolatli organning tekshiruvi natijalari asosida aniqlangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya boji qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish, eksport qilish yoki tashish paytida chet davlatning subsidiyasidan foydalanilgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga importi subsidiya bilan taʼminlangan tovar importidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya boji subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur miqdorda va muddatda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya bojining stavkasi subsidiya bilan taʼminlangan tovarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilishda shu tovarning birligi hisobiga chet davlat subsidiyasining tekshiruvda aniqlangan miqdoridan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta tovarga nisbatan bir vaqtning oʻzida kompensatsiya va antidemping boji qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Chet davlat subsidiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat hukumatining yoki boshqa organining yoxud chet davlatlar ittifoqining (bundan buyon matnda chet davlat deb yuritiladi) subsidiya oluvchiga qoʻshimcha afzalliklar beradigan va bevosita chet davlat tomonidan yoxud uning topshirigʻiga binoan amalga oshiriladigan moliyaviy koʻmagi chet davlat subsidiyasi (bundan buyon matnda subsidiya deb yuritiladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya oluvchiga qoʻshimcha afzalliklar beradigan moliyaviy koʻmakning quyidagi turlari subsidiyalar deb tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat tomonidan moliyaviy mablagʻlarni (shu jumladan grantlar, zayomlar, aksiyalarni sotib olish tariqasidagi moliyaviy mablagʻlarni) toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish yoki shunday mablagʻlarni (shu jumladan zayomlar boʻyicha kafolatlar tariqasidagi mablagʻlarni) oʻtkazish boʻyicha majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlatning davlat daromadiga tushishi lozim boʻlgan toʻlovlarni undirishdan voz kechishi yoki undirmasligi (shu jumladan soliq kreditlari berish yoʻli bilan), eksport qilinayotgan tovarni ichki isteʼmol uchun moʻljallangan oʻxshash tovardan undiriladigan soliqlar va bojlardan ozod qilish yoki bunday soliqlar va bojlarni haqiqatda hisoblab chiqarilgan summalardan oshmaydigan miqdorda kamaytirish hollari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat tomonidan tovarlarni taqdim etish va xizmatlar koʻrsatish (umumiy infratuzilmani saqlab turish va rivojlantirish uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlar bundan mustasno) yoki tovarlarni xarid qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlat tomonidan moliyalashtirish fondlariga toʻlovlar toʻlash yoki oʻz vakolatlarini ushbu qismning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan, odatda chet davlat tomonidan chet davlatning odatdagi amaliyotidan haqiqatda farq qilmaydigan shartlarda amalga oshiriladigan moliyaviy yordam turlarini amalga oshirish uchun xususiy tashkilotga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy koʻmakning subsidiya oluvchiga qoʻshimcha afzalliklar beradigan boshqa turlari ham subsidiyalar deb tan olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiyalarning vakolatli organ tomonidan tekshiruv jarayonida aniqlangan summasi, agar u subsidiya bilan taʼminlangan tovar qiymatining bir foizdan ortiqrogʻini tashkil etsa, kompensatsiya bojlarini qoʻllanish yoʻli bilan qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiyalar, agar ular oʻziga xos boʻlsa, kompensatsiya bojining predmetidir. Foydalanilishi cheklangan va muayyan korxonaga yoki iqtisodiyot tarmogʻiga, korxonalar yoxud iqtisodiyot tarmogʻlari guruhiga, shuningdek belgilangan jugʻrofiy mintaqada joylashgan muayyan korxonalarga beriladigan yoxud tovar eksportini ragʻbatlantirishga yoki tovar importining oʻrnini bosishga qaratilgan subsidiya oʻziga xos subsidiya hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya bojlarining predmeti boʻlgan subsidiyani hisob-kitob qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlash dalillarga asoslanadi va subsidiya bilan taʼminlangan tovar import qilinayotgandagi uning yetkazib berish hajmini, bu tovarning sifatini, Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozoridagi oʻxshash tovarlar narxiga taʼsirini hamda bunday yetkazib berishning iqtisodiyot tarmogʻi uchun oqibatlarini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ subsidiya bilan taʼminlangan tovar import qilinayotgan paytda uning yetkazib berish hajmini tekshirayotganda bunga taalluqli, iqtisodiyot tarmogʻining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi barcha omillar va koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Kompensatsiya bojlari qoʻllanilishining xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, lekin tekshiruv boshlanganidan keyin kamida oltmish kun oʻtgach, agar tekshiruv tugallangunga qadar olingan maʼlumot subsidiya bilan taʼminlangan tovar import qilinayotganligidan va bunday tovar importidan iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilayotganligidan yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi borligidan dalolat bersa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatli organning dastlabki xulosasi asosida muvaqqat kompensatsiya bojini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yoʻqligi tekshiruv natijalariga koʻra vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, toʻlangan muvaqqat kompensatsiya boji summalari toʻlovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kompensatsiya boji muvaqqat kompensatsiya bojidan kam miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchiga qonun hujjatlarida bojlarni qaytarish uchun belgilangan tartibda qaytarib berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar kompensatsiya boji muvaqqat kompensatsiya bojidan koʻp miqdorda qoʻllanilgan boʻlsa, oradagi farq toʻlovchidan undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv boshlangan sanadan avvalroq erkin muomalaga chiqarilgan tovarga nisbatan kompensatsiya boji qoʻllanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya boji qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar undirilishidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Kompensatsiya bojining amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya bojining amal qilish muddati uni qoʻllanish boshlangan yoki subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi nuqtai nazaridan ham, iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining bor-yoʻqligi nuqtai nazaridan ham oxirgi marta qayta koʻrib chiqish boshlangan paytdan eʼtiboran besh yildan oshmasligi lozim, kompensatsiya bojining amal qilish muddati tugagunga qadar boshlangan qayta koʻrib chiqish jarayonida kompensatsiya bojining amal qilishini tugatish subsidiya bilan taʼminlangan tovar importining hamda iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining davom etishiga yoki tiklanishiga olib kelishi vakolatli organ tomonidan aniqlangan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda kompensatsiya boji qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlgan takroriy tekshiruv natijalari olingunga qadar qoʻllanilaveradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya bojini qayta koʻrib chiqish maqsadidagi takroriy tekshiruv vakolatli organning tashabbusiga yoki manfaatdor shaxslarning soʻroviga koʻra ular kompensatsiya bojini qayta koʻrib chiqish zarurligini tasdiqlovchi axborotni taqdim etganlaridan keyin amalga oshiriladi. Kompensatsiya bojini qayta koʻrib chiqish maqsadidagi takroriy tekshiruv shu tekshiruvni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida tugallanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompensatsiya bojini qoʻllanishni davom ettirish yoki bunday bojning stavkasini qayta koʻrib chiqish zarurligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan takroriy tekshiruv natijalariga binoan vakolatli organning xulosasi asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvaqqat kompensatsiya boji toʻrt oygacha boʻlgan muddatga belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Subsidiya bilan taʼminlangan tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv quyidagi hollarda kompensatsiya bojlari yoki muvaqqat kompensatsiya bojlari qoʻllanilmasdan toʻxtatib turilishi yoxud tugatilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar narxlar boʻyicha ixtiyoriy majburiyatlar subsidiyani bekor qilish yoki qisqartirish yoxud subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi oqibatlarini bartaraf etish maqsadida aynan oʻxshash boshqa choralarni koʻrish yuzasidan tekshiruv obyekti boʻlgan tovar eksport qilinayotgan chet davlatdan olingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar narxlar boʻyicha ixtiyoriy majburiyatlar bunday majburiyatlarning qabul qilinishini vakolatli organ iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etadi deb belgilaydigan tarzda tovar narxlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida tekshiruv obyekti boʻlgan tovarni eksport qiluvchidan olingan boʻlsa. Narxlar boʻyicha shunday majburiyatlarga muvofiq tovar narxlari darajasi subsidiyaning iqtisodiyot tarmogʻiga taʼsirini kompensatsiya qilish uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Tovar narxlarining oshirilishi, agar bunday oshirish iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun kifoya qilsa, subsidiya miqdoridan kam boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya bilan taʼminlangan tovar import qilinayotganligi va bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining bor-yoʻqligi toʻgʻrisida vakolatli organ tomonidan dastlabki xulosa chiqarilgunga qadar subsidiya bilan taʼminlangan tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar chet davlat yoki eksport qiluvchi tomonidan qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya bilan taʼminlangan tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar chet davlat yoki eksport qiluvchi tomonidan qabul qilingan taqdirda, tekshiruv tovar eksport qilinayotgan chet davlatning iltimosnomasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan davom ettirilishi mumkin. Agar tekshiruv natijalariga koʻra subsidiya bilan taʼminlangan tovar import qilinmayotganligi yoki bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetmayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa chiqarilgan boʻlsa, subsidiya bilan taʼminlangan tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar oʻz kuchini yoʻqotadi, chiqarilgan xulosa koʻp jihatdan narxlar boʻyicha majburiyatlar mavjudligining natijasi boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda mazkur majburiyatlar iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddat mobaynida oʻz kuchini saqlab turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya bilan taʼminlangan tovarni import qilishda narxlar boʻyicha majburiyatlar tovar eksport qilinayotgan chet davlat tomonidan yoki eksport qiluvchi tomonidan buzilgan yoki qaytarib olingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompensatsiya bojini yoki muvaqqat kompensatsiya bojini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. TEKShIRUV OʻTKAZISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv vakolatli organ tomonidan, iqtisodiyotning tegishli tarmogʻi manfaatlarini ifoda etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslarning yozma arizasiga binoan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) umumiy ishlab chiqarishi Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilarining mazkur ariza yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirgan qismi tomonidan ishlab chiqarilgan jami oʻxshash tovarning ellik foizidan ortiqrogʻini tashkil etadigan Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, u berilgan deb hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilarining arizani qoʻllab-quvvatlovchilari ulushiga Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshash tovarlarni jami ishlab chiqarishning kamida yigirma besh foizi toʻgʻri kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining nomi, ariza beruvchi oldingi davrda oʻxshash tovarni ishlab chiqarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan, tekshiruv obyekti boʻlgan tovarning tavsifi, tovar kelib chiqqan mamlakat nomi, chet davlatning ariza beruvchiga maʼlum eksport qiluvchilari va ishlab chiqaruvchilari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshash tovar ishlab chiqaruvchilardan qaysilari unga maʼlum boʻlsa, shu ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar narxlarining, tovar importi koʻpayganligi surʼatlari va hajmlarining mutlaq va nisbiy miqdorlari toʻgʻrisidagi, tovar importining ichki bozordagi oʻxshash tovarning narxlariga va iqtisodiyot tarmogʻiga taʼsiri haqidagi, tovarning Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozoridagi ulushi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demping narxlaridagi tovar import qilinayotganligi va bunday tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilayotganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining borligi dalillari, shunday tovarning normal qiymati va eksport narxiga oid maʼlumotlar (ushbu Qonunning III bobida nazarda tutilgan hollar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyaning mavjudligi dalillari, imkoni boʻlganda shunday subsidiyaning miqdorini va subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining bor-yoʻqligini koʻrsatgan holda (ushbu Qonunning IV bobida nazarda tutilgan hollar uchun).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza tekshiruv boshlangunga qadar yoki tekshiruv oʻtkazilayotgan paytda ariza beruvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Agar ariza tekshiruv boshlangunga qadar qaytarib olingan boʻlsa, u berilmagan deb hisoblanadi. Agar ariza tekshiruv oʻtkazilayotgan paytda qaytarib olingan boʻlsa, vakolatli organ tekshiruvni davom ettirish yoki uni tugatish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar importi koʻpayganligi, demping narxlaridagi tovar importi yoki subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi mavjudligi va bunday import oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining borligi dalillari boʻlgan taqdirda, tekshiruv vakolatli organning oʻz tashabbusi bilan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Tekshiruvni boshlash uchun majburiy shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza berilganidan keyin oʻttiz kun ichida vakolatli organ arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va yetarliligini koʻrib chiqishi hamda tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tekshiruv oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, bu haqda ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilishi kerak. Tekshiruv oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda rad etish sabablaridan ariza beruvchini vakolatli organ xabardor etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar vakolatli organ arizaning mazmunini, uning olinganligi va koʻrib chiqilganligi haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ, agar u maʼlumotlarni yetarli emas deb topsa, ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda bu haqda ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qiladi va unga oʻz arizasiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritish imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchi oʻz arizasiga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritsa, arizani koʻrib chiqish muddati ana shu oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar olingan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchi vakolatli organ soʻrayotgan qoʻshimcha maʼlumotlarni xabar olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida taqdim etmasa va bunday maʼlumotlarni taqdim etishni kechiktirish toʻgʻrisida iltimos qilmagan boʻlsa, vakolatli organ arizani koʻrib chiqishni rad etishga haqli boʻlib, bu haqda ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organ tekshiruvni boshlash uchun ariza beruvchining ariza berilishiga sabab boʻlgan tovarni umumiy ishlab chiqarishdagi ulushini aniqlash orqali arizani koʻrib chiqishda xolislikka rioya etilishini va ariza yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyot tegishli tarmogʻi ishlab chiqaruvchilarining fikrlari mumkin qadar koʻproq inobatga olinishini taʼminlaydi. Buning uchun vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasining oʻxshash tovar boshqa ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarining ushbu ariza yuzasidan fikrlarini soʻrab olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Tekshiruvni boshlash toʻgʻrisidagi qaror va tekshiruv boshlanganligidan xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligidan keyin vakolatli organ oʻttiz kun ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha manfaatdor shaxslarni boʻlajak tekshiruvdan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvning boshlanishi haqida rasmiy nashrda bildirish eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruvning boshlanishi haqidagi bildirishda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi mamlakatning, mamlakatlarning nomi va tekshiruv obyekti boʻlgan tovarning nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv boshlanadigan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizaning qonuniyligini tasdiqlovchi faktlarning qisqacha bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslar oʻz materiallarini yuborishlari lozim boʻlgan manzil va ularni taqdim etish muddatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv mazkur tekshiruv obyekti boʻlgan tovarning bojxona rasmiylashtiruviga va uni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga chiqarilishiga monelik qilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tekshiruv oʻtkazilishiga koʻmaklashishlari va vakolatli organning soʻroviga binoan tovarlar namunalarini hamda zarur axborotni, shu jumladan maxfiy axborotni taqdim etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Tekshiruv muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza choralari qoʻllanilishidan oldingi tekshiruvni oʻtkazish muddati tekshiruv boshlangan sanadan eʼtiboran toʻqqiz oydan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antidemping va kompensatsiya bojlari qoʻllanilishidan oldingi tekshiruvni oʻtkazish muddati tekshiruv boshlangan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oydan oshmasligi lozim. Alohida hollarda, mazkur muhlat vakolatli organning qaroriga binoan olti oygacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chet davlat yoki eksport qiluvchi iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish majburiyatini oʻz zimmasiga olsa, tekshiruv vakolatli organ tomonidan toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Tekshiruv oʻtkazishning xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar iqtisodiyot tarmogʻiga jiddiy zarar yetkazilmaganligi yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfi yoʻqligi aniqlangan boʻlsa, vakolatli organ tekshiruv oʻtkazishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar demping marjasi eksport narxining ikki foizidan kamini tashkil etsa yoki demping narxlaridagi tovar importi hajmining yoki bunday importdan iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoxud jiddiy zarar yetkazilishi xavfining uncha katta emasligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan boʻlsa, antidemping bojlari qoʻllanilishidan oldingi tekshiruv darhol tugatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar subsidiya miqdori tovar qiymatining bir foizidan oshmasligi aniqlangan boʻlsa, kompensatsiya bojlari qoʻllanilishidan oldingi tekshiruv darhol tugatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Axborotning maxfiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv jarayonida vakolatli organga taqdim etiladigan maxfiy axborot uni taqdim etgan manfaatdor shaxsning yozma ruxsatnomasisiz oshkor qilinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining bartaraf etilganligi aniqlangan boʻlsa, vakolatli organ ularni bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
554-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)