30.06.2005 yildagi PQ-112-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARINING HARBIY XIZMATCHILARINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISHNI TAʼMINLASH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining belgilangan tartibda turar joy bilan taʼminlanmagan harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) doirasida turarjoy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravarigacha miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda, harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda har yili Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilab boriladi. Bunda turarjoy ijarasining bozor narxlarini qayta belgilashda Soliq qoʻmitasining har yili 1-oktabr holatiga koʻra soliq organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasi boʻyicha bergan maʼlumoti asos hisoblanadi. Turarjoy ijarasining bozor qiymati mazkur bandda koʻrsatilgan har oylik kompensatsiya meʼyorlaridan kam miqdorlarni tashkil etsa, har oylik kompensatsiyaning ushbu qarorda belgilangan meʼyorlari oʻzgartirilmaydi va uni oʻzgartirish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar toʻlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2026-y., 07/26/214/0572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlarining ushbu normalari joriy etilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Harbiy prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati va Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi budjetining har yili tasdiqlanadigan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-272-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Moliya vazirligi (S. Rahimov), Mudofaa vazirligi (Q. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini turarjoy bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining Kotibi R. Mirzayev zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-112-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 25.02.2025-y., 07/25/71/0178-son; 09.06.2026-y., 07/26/214/0572-son)