20.10.2022 yildagi PQ-407-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning savodxonligini oshirish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini yaxshilash hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish va uning huquqiy maqomini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, undan muloqot vositasi sifatida foydalanishni ragʻbatlantirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosida oʻqitiladigan taʼlim dasturlariga qoʻyiladigan davlat talablarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosiga oʻqitishda zamonaviy axborot texnologiyalar, innovatsion vositalar va usullarni keng qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga televizion dasturlar, filmlar, teatr va boshqa madaniy tadbirlarning ular uchun qulay formatlarda boʻlishini, shu jumladan surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan boshlab, talablardan kelib chiqqan holda, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarida oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha maxsus oʻquv kurslari (keyingi oʻrinlarda — maxsus oʻquv kurslari) tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslarida koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar hamda ushbu toifadagi voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar — bepul, qolgan shaxslar — pullik asosda oʻqitiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslarida oʻqish istagini bildirgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining maxsus axborot platformasida onlayn roʻyxatdan oʻtadi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi yoʻnalish boʻyicha kamida 8 nafar talabgordan iborat boʻlgan guruh shakllangandan soʻng, tegishincha Xalq taʼlimi vazirligi yoki Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha buyurtma joylashtiradi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslari yakuni boʻyicha taʼlim oluvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari tashkil etiladi. Bunda, yakuniy nazorat imtihonlarini qabul qiluvchi komissiya tarkibiga majburiy tarzda hududiy karlar va koʻzi ojizlar jamiyatlaridan vakillar hamda oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosi boʻyicha malakali mutaxassislar jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy nazorat imtihonlarini topshirgan taʼlim oluvchilarga tegishli darajadagi davlat namunasidagi sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish Davlat budjeti mablagʻlari, talabgorlarni pullik asosda oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xalqaro va mahalliy grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati hamda Oʻzbekiston karlar jamiyati bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kursini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda maxsus oʻquv kurslarini tugatganlik haqidagi sertifikat namunasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus oʻquv kurslarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlasin va ularga metodik jihatdan amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, maxsus oʻquv kurslarining mashgʻulotlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida besh foiz hajmidagi koʻrsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar yoki “yuguruvchi satrlar” bilan namoyish etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnashayotgan eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan abituriyentlar majburiy tartibda surdotarjimon xizmatlari bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining oʻqituvchi lavozimiga faqat dars oʻtiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbek imo-ishora tilini rivojlantirish, shuningdek, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) hamda Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) Oʻzbekiston karlar jamiyati, oliy taʼlim muassasalarining maxsus pedagogika yoʻnalishi professor-oʻqituvchilari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar pedagoglari bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-yanvarga qadar ilgʻor xorijiy tajribaga tayangan holda oʻzbek imo-ishora tilining ilmiy asoslarini va uning lotin yozuviga asoslangan daktil alifbosini ishlab chiqsin hamda ushbu ishlarga oid ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha grantlar ajratish uchun tanlovlar oʻtkazilishini tashkillashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyunga qadar oʻzbek imo-ishora tilining lingvistik lugʻatini, oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha oʻquv-metodik majmualar va darsliklarni yaratsin hamda ularning elektron va qogʻoz shaklidagi nusxalarini keng jamoatchilik oʻrtasida ommalashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-sentabrga qadar oʻzbek imo-ishora tilini rivojlantirish va amaliyotga kiritish boʻyicha dasturni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023/2024 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda surdopedagogika va tiflopedagogika yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini 25 foizga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab surdopedagogika va tiflopedagogika yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun yakuniy imtihonlarda imo-ishora tili va Brayl alifbosini bilish boʻyicha majburiy imtihonlar oʻtkazish amaliyotini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich oliy taʼlim, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida maxsus pedagogika taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim olayotganlarga oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha modullarni kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-sentabrdan boshlab “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasida Xalq taʼlimi vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining pedagog kadrlariga oʻzbek imo-ishora tilini oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli onlayn oʻquv kurslarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan oʻzbek imo-ishora tilini kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga joriy etsin, umumtaʼlim fanlar boʻyicha darsliklarning imo-ishora tiliga oʻgirilgan video shaklini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-yanvarga qadar malakali soha mutaxassislarini jalb qilgan holda, kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida xalqaro imo-ishora tilini oʻrgatish hamda imo-ishora tilini va Brayl alifbosini bilish darajasini sertifikatlash tizimini joriy qilish masalalarini oʻrganib chiqsin hamda natijasi yuzasidan tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston karlar jamiyati bilan birgalikda:
(5-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Imo-ishora tili boʻyicha eng yaxshi tarjimon” tanlovini oʻtkazsin va tanlov gʻoliblarini 1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, 2-oʻrin uchun — 65 baravari, 3-oʻrin uchun — 50 baravari miqdoriga teng boʻlgan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirsin;
(5-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda imo-ishora tili tarjimonlarining ish vaqtini meʼyorlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin. Bunda, loyihalarda tarjimonlarga har 30 daqiqada tanaffus berish, 1 soatdan uzoq davom etadigan tadbirlarga kamida ikki nafar tarjimon jalb qilish va ularga toʻliq ish haqi toʻlashni nazarda tutsin;
(5-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvarga qadar fuqarolar uchun imo-ishora tili asoslarini mustaqil oʻrganish boʻyicha videokurslar yaratsin va ularni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) 2024-yil 1-sentabrga qadar oʻzbek adabiyoti namoyandalarining 50 ta eng sara asarlari Brayl alifbosida chop etilishini va ularning audio shakllari yaratilishini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) 2023-yil 1-iyunga qadar kamida 50 ta milliy filmni va jahonning eng sara 50 ta asarini subtitrlashtirsin, shuningdek, milliy kinoteatrlarda subtitrlar bilan namoyish etiladigan filmlar sonini oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarning videomurojaatlar orqali muloqot qilish imkoniyatini kengaytirish maqsadida telekommunikatsiya operator va provayderlar bilan ushbu shaxslar uchun imtiyozli tariflarni joriy qilish yuzasidan muzokaralar olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat boshqaruvi organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan bino va inshootlarni nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashuvchi vositalar (Brayl alifbosidagi maʼlumotlar aks ettirilgan stendlar, video va fotosuratlar, maʼlumotlarni bir vaqtning oʻzida tekst koʻrinishida taqdim etadigan video- va audiomateriallar hamda boshqa vositalar) bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli bino va inshootlarda nogironligi boʻlgan shaxslar mustaqil harakatlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz rasmiy veb-saytlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun joylashtirilgan maʼlumotlar bilan erkin tanishish va xizmatlardan foydalanishga oid qoʻshimcha imkoniyatlar yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar paytida jamoatchilikka taqdim etiladigan maʼlumotlar surdotarjimasi bilan birga berilishini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatlar yaratish maqsadida, zaruratga qarab shartnoma asosida surdotarjimonlar yoki onlayn surdotarjima xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarning jalb etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov) Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) bilan birgalikda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K. Inakov, xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-407-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/407/0950-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)