Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Xavfsizlik boʻyicha qoʻshma komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida 2022-yil 9-martda Toshkent shahrida imzolangan Kelishuv tasdiqlansin.
2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-tamoyillari bajarilganligi toʻgʻrisida Eron tomoniga tegishli bildirishnoma yuborilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur Kelishuv kuchga kirganidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-oktabr,
PQ-402-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 07/22/402/0942-son)