22.09.2022 yildagi 521-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatni samarali tashkil etishda yangi boshqaruv tizimi joriy etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-avgustdagi 697-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti to‘lash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha belgilanayotgan yangi mexanizmlarni samarali joriy etish, ichki ishlar organlarining mas’uliyatini yanada kuchaytirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar, o‘z navbatida, jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan ichki ishlar organlari bo‘ysunuvidagi patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini oshirish bilan bir qatorda xizmat jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarni rag‘batlantirishni talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibidagi ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari shaxsiy tarkibining xizmat va jangovar tayyorgarligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatlarni bevosita fosh etishda yuqori natijalarga erishgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-avgustdagi 697-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti to‘lash mezonlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga Toshkent shahrining jamoat tartibini ta’minlash kuchlari tarkibida xizmatni o‘tayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar qatoriga Toshkent shahrining tuman ichki ishlar organlari bo‘ysunuvidagi patrul-post xizmati xodimlarini kiritishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilsin va mazkur band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul xizmati, tuman ichki ishlar organlari bo‘ysunuvidagi patrul-post xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatlari va saf bo‘linmalari xodimlari hamda Milliy gvardiyaning shartnoma asosida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilariga tatbiq etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
521-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2022-y., 09/22/521/0845-son)