1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash va ularni roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlarni undirish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ushbu Nizomni qoʻllash tartibi haqida tushuntirish berishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlar quyidagicha miqdorlarda belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun
—
beshta eng kam ish haqi miqdorida, shuningdek, 50 AQSh dollariga teng boʻlgan miqdorda erkin almashtiriladigan valyuta yigʻimlari;
respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun
—
beshta eng kam ish haqi miqdorida;
boshqa jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun
—
uchta eng kam ish haqi miqdorida;.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning 2-bandida qayd qilingan nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat birlashmalarining ramzlarini roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlar belgilanganidan 25 foiz miqdorida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoat birlashmalarining ramziga kiritiladigan oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni kelishib olganlik uchun roʻyxatga olish yigʻimining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ramzlarni roʻyxatga olish rad etilgan xollarda, ilova qilinayotgan Nizomning 19-bandiga muvofiq roʻyxatga olish yigʻimi qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ramzni roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma yoʻqotib qoʻyilgan hollarda dublikat berilganligi uchun roʻyxatga olish yigʻimining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Nizomga muvofiq undirilgan yigʻimlar belgilangan tartibda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 12-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-martdagi 133-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ustavlari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan jamoat birlashmalari shu birlashmalarning ramzlari va farqlovchi belgilari hisoblangan shaxsiy ramzlarga — bayroqlar, vimpellar va emblemalarga, shuningdek, oʻzlarining maqomlarda nazarda tutilgan boshqa ramzlarga ega boʻlishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamoat birlashmalari ramzlarining namunalari shu birlashmalarning rahbar organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bayroqlar va vimpellarni koʻtarish, emblemalarni oʻrnatish, shuningdek, ramzdan foydalanish qoidalarini tegishli jamoat birlashmalari oʻzlarining ramzlar toʻgʻrisidagi nizomlarida belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalarining tarkibiy boʻlinmalari oʻz faoliyatlarida ushbu jamoat birlashmalarining ramzlaridan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoat birlashmalarining ramzi mazkur Nizom talablariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan ramzdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalqaro, respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa jamoat birlashmalarining ramzlarini roʻyxatga olish esa viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining adliya Boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamoat birlashmalarining ramzlarini roʻyxatga olish uchun ramz qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda ariza beriladi. Arizaga jamoat birlashmasi rahbar organining kamida uch nafar aʼzosi imzo qoʻyadi. Arizadagi imzolar qonunda belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak (1-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Arizaga ramz haqidagi nizom va farqlovchi belgilarning tavsifini rahbar organning nizomni va ramzlar tavsifini tasdiqlaganligi toʻgʻrisidagi qarori; ramzlarning namunalari; roʻyxatga olish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ramzni roʻyxatga olish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish haqida ariza berilgan kunidan boshlab ikki oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bir xil ramzga ega boʻlgan jamoat birlashmalari ramzni roʻyxatga olish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan hollarda ramzni roʻyxatga olish toʻgʻrisida birinchi boʻlib ariza bergan jamoat birlashmasi ustunlikka ega boʻladi, mazkur Nizomning 19-bandida sanab oʻtilganlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ramzni roʻyxatga olish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ramzni roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni koʻrib chiqmay qoldirish toʻgʻrisida,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamoat birlashmasining ramzi mazkur Nizomning 19-bandiga zid boʻlgan hollarda roʻyxatga olish organi ramzni roʻyxatga olishni rad etishning sabablarini koʻrsatib, yozma qaror qabul qiladi. Bu qarorning bir nusxasi oʻn kun muddatda ariza beruvchilarga yuboriladi. Roʻyxatga oluvchi organning qarori qatʼiy hisoblanadi. Ramzni roʻyxatga olish rad etilgan hollarda roʻyxatga olish yigʻimi qaytarib berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish haqidagi ariza, agar u mazkur Nizomning 8-bandida qayd etilgan hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan holda berilgan boʻlsa, koʻrib chiqilmaydi. Bu holda roʻyxatga olish organi ariza beruvchilarni ularning qayta murojaat qilishga haqlari borligi toʻgʻrisida yozma holda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Arizani koʻrib chiqmay qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan hollarda ramzlarni roʻyxatga olish haqidagi ariza mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza koʻrib chiqilmay qoldirilgandan soʻng ikki oy oʻtgandan keyin ramzni roʻyxatga olish toʻgʻrisida qayta ariza bilan murojaat qilingan hollarda roʻyxatga olinganlik uchun yigʻim umumiy asoslarda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamoat birlashmalari ramzlari roʻyxatga olingan taqdirda ariza beruvchilarga belgilangan namunadagi roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi (2 va 3-ilovalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqotib qoʻyilgan hollarda uning dublikatini berganlik uchun dastlabki roʻyxatga olish yigʻimi miqdorida toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamoat birlashmasining roʻyxatga olingan ramziga tegishli roʻyxatga olish raqami beriladi, u ana shu raqam bilan jamoat birlashmalari ramzlari Roʻyxatiga kiritiladi, uni roʻyxatga oluvchi organ amalga oshiradi. Roʻyxatga birlashmaning nomi, u roʻyxatga olingan sana va tegishli nomeri, ramzning turi, u qabul qilingan sana; qisqacha tavsifi; roʻyxatga kiritilgan sanasi, roʻyxatga yozib quyuvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, imzosi kiritiladi (4-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamoat birlashmalarining ramzlaridagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Jamoat birlashmalari roʻyxatga oluvchi organni bir oy muddatda ramzdagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida xabardor qilishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamoat birlashmalarining ramzlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin roʻyxatga oluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Jamoat birlashmalari ramzlaridan foydalanishni taqiqlash hollari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlatning amaldagi ramzi bilan oʻxshash boʻlgan ramzdan jamoat birlashmalarining foydalanishi taqiqlanadi (agar jamoat birlashmalari maqomida yoki xalqaro shartnomalarda boshqacha hollar koʻzda tutilmagan boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyalarning ramzlari davlat yoki diniy ramzlarni takrorlamasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamoat birlashmalari tomonidan ramzlardan foydalanishning belgilangan tartibi buzilishi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi Nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ARIZA
_________________________________________________________________________________________________________ (Jamoat birlashmasi rahbar organining aʼzosi boʻlgan fuqarolarning
___________________________________________________________________________ familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan
___________________________________________________________________________ yili, doimiy yashash joyi, telefon nomeri)
___________________________________________________________________________________________________ ning (jamoat birlashmasining nomi, uning Ustavi roʻyxatga olingan sana)
__________________________________________________________________________________________________________ obщestvennogo obyedineniya s ukazaniyem goda rojdeniya, adresa postoyannogo
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat birlashmalari ramzlarini roʻyxatga olish tartibi haqidagi Nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olish raqami va roʻyxatga olingan sana
Jamoat birlashmasining nomi
Ramz turi va qabul qilingan sana
Qisqacha tavsifi
Roʻyxatga kiritilgan sana, roʻyxatga yozib qoʻygan shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, lavozimi va imzosi
1
2
3
4
5
Registratsionniy nomer i data registratsii
Nazvaniye obщestvennogo obyedineniya
Vid simvoliki i data prinyatiya
Kratkoye opisaniye
Data vneseniya v reyestr, F.I.O., doljnost i rospis litsa, vnosyaщego zapis
1
2
3
4
5
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1993-y.,3-son, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)