13.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2100-1
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i, 13.09.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2100-1
Kuchga kirish sanasi
13.09.2022
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-son “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Nomi va birinchi banddagi “Nogironlar, shu jumladan nogironlar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “Nogironlar, shu jumladan nogironlar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 1-banddagi “nogironlar, shu jumladan nogironlar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar “nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
j) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.”;
z) 33-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
i) 64-banddagi “davlat sanitar nazorati organlari” degan so‘zlar “sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.”;
l) 5-bobning nomi va 105-banddagi “Nogiron” degan so‘zlar “Nogironligi bo‘lgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 106-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
n) 109-banddagi “Tayanch harakat qilish tizimi nogironlari uchun” degan so‘zlar “Tayanch-harakat funksiyasi buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o) 111-banddagi “Nogironlar aravachasida” degan so‘zlar “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
p) 114-banddagi “nogironlarning” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan shaxslarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
r) 117-banddagi “nogironlar” va “nogironlar aravachasini” degan so‘zlar tegishli ravishda “nogironligi bo‘lgan shaxslar” va “nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachani” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
s) 118-banddagi “Nogironlar” degan so‘z “Nogironligi bo‘lgan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
t) 120 va 121-bandlardagi “nogironlar aravachasidagi nogironlar uchun” degan so‘zlar “nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.