04.08.2022 yildagi SQ-592-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axboroti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, mamlakatda soʻnggi 5 yil davomida davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan 80 dan ortiq, shundan bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi 10 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari belgilab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarini qabul qilish orqali ushbu yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni har yili belgilab olish amaliyoti joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqacha tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika darajasidagi davlat va xoʻjalik tashkilotlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibi joriy qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yerlarni toʻgʻridan toʻgʻri berish amaliyoti bekor qilinib, yerlarni faqat auksion orqali sotish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb etish maqsadida 11 nafar (25 foiz) NNT vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tarkibiga kiritildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yildan boshlab budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan, shu jumladan qurilish va taʼmirlashga oid davlat xaridlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirish tartibi joriy qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan 2021-yilda masofaviy monitoring tadbirlari davomida davlat xaridlari bilan 102 ta holatda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, natijasi boʻyicha tegishli tashkilotlarga qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilishga qaratilgan 13 ta taqdimnoma kiritildi hamda 10 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahlil markazi, yaʼni korrupsiya va shaffoflikni oʻrganadigan birinchi mustaqil NNT roʻyxatdan oʻtkazildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jurnalist va ommaviy axborot vositalarini muntazam qoʻllab-quvvatlash maqsadida “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tanlovlarda “Eng yaxshi maqola (blog, post) muallifi”, “Eng yaxshi jurnalistik surishtiruv uchun”, “Korrupsiyaga qarshi eng faol targʻibot olib borgan OAV”, “Eng yaxshi ijtimoiy videorolik”, “Ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi uchun” nominatsiyalari boʻyicha gʻolib va sovrindorlar taqdirlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlikka oid 6 ta memorandum hamda 3 ta dastur imzolandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan islohotlarga qaramasdan, ayrim sohalarda korrupsiyaviy holatlarga toʻliq barham berilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda respublika boʻyicha 5 483 nafar shaxsga nisbatan 3 769 ta korrupsiyaga oid jinoyat ishi sudlarga yuborilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan 3 baravarga oshgan (2020-yilda 1 723 nafar shaxsga nisbatan 1148 ta korrupsiyaga oid jinoyat ishi sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng koʻp korrupsiyaga oid jinoyatlar Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari va bank tizimi tashkilotlariga toʻgʻri kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Sogʻliqni saqlash vazirligida 361 nafar shaxsga nisbatan 231 ta jinoyat ishi, Xalq taʼlimi vazirligida 316 nafar shaxsga nisbatan 185 ta jinoyat ishi, Maktabgacha taʼlim vazirligida 224 nafar shaxsga nisbatan 155 ta jinoyat ishi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida 93 nafar shaxsga nisbatan 72 ta jinoyat ishi hamda bank tizimida 355 nafar shaxsga nisbatan 206 ta jinoyat ishi sudlarga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 119 nafari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan boʻlsa, shundan 29 nafari pora olish (JK 210-moddasi) jinoyati uchun javobgarlikka tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sodir etilgan jinoyatlar uchun 2 769 (2020-yilda 835 nafar) nafar shaxs Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish), 1 021 nafar shaxs (2020-yilda 227 nafar) Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 159 nafar shaxs (2020-yilda 105 nafar) Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlib, 2020-yilga nisbatan yuqori koʻrsatkichni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaviy jinoyatlarning hududlar kesimida tahlili koʻrsatganidek, ularning soni Toshkent shahrida 590 taga yoki 202 foizga, Surxondaryoda 297 taga yoki 201 foizga, Navoiyda 175 taga yoki 199 foizga, Sirdaryoda 208 taga yoki 184 foizga, Andijonda 333 taga yoki 147 foizga, Fargʻonada 346 taga yoki 139 foizga, Namanganda 249 taga yoki 123 foizga, Qashqadaryoda 275 taga yoki 109 foizga, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 177 taga yoki 109 foizga, Xorazmda 119 taga yoki 108 foizga, Buxoroda 152 taga yoki 97 foizga, Toshkentda 316 taga yoki 91 foizga, Jizzaxda 124 taga yoki 84 foizga hamda Samarqandda 180 taga yoki 63 foizga koʻpaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, 2021-yilda respublikaning 10 ta viloyatida budjet buyurtmachilari tomonidan qurilish boʻyicha “dxarid.uz” va “tender.mc.uz” portalida joylashtirilgan eʼlonlar boʻyicha tanlov va tenderlar yuzasidan gʻoliblar aniqlanmagan boʻlsa-da, qiymati 81,9 mlrd soʻmlik 137 ta qurilish obyektida qurilish ishlari boshlab yuborilgan hamda ayrim obyektlarda qurilish ishlari yakunlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari sohasida oʻtkazilgan monitoring tadbirlari davomida respublika boʻyicha budjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd soʻmlik 458 ta tanlovda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunlarning talablari buzilganligi aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga zid ravishda davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar moliyalashtirish manbalari aniq boʻlmagani holda davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida qiymati 63 mlrd soʻmlik 106 ta tanlov boʻyicha, Andijon viloyatida qiymati 14 mlrd soʻmlik 39 ta tanlov boʻyicha budjet buyurtmachilarining yillik xarajatlar smetasida ushbu maqsadda mablagʻ ajratilishi nazarda tutilmagan (ajratilmagan) holda eʼlon qilinishiga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimi xodimlari attestatsiyadan oʻtkazilib, korrupsiyaga moyilligi boʻlgan xodimlarning 28 foizi (1 476 nafari) bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda 1 820 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlib, ulardan 245 tasida (13 foizi) 405 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazilmay, Adliya vazirligiga kiritilgan eng koʻp loyihalar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (38 ta), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (31 ta), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (25 ta), Sogʻliqni saqlash vazirligi (24 ta), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (23 ta) va Bosh prokuratura (22 ta) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, 2021-yilda 892 ta amaldagi normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilib, ularning 224 tasida (25 foizi) 660 dan ortiq korrupsiyaviy omillar aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan holatlar korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish borasida taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish zarurligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 82-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 252-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Milliy maʼruzada keltirib oʻtilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrt oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashishda ichki nazorat tuzilmalarining huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalarini, xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-sonli qarori bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirishga vakolatli organlar sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, shuningdek, davlat organlari hamda tashkilotlari ichki nazorat tuzilmalarini belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish masalasini oʻrganib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” va “Ochiq, shaffof va hisobdor vazirlik” loyihalarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy saytida tizimdagi barcha boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va ularga qoʻyiladigan talablar ochiq eʼlon qilinishini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus tibbiyot xodimlarini tayyorlashda ajratiladigan qabul kvotalari sonini mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda muvofiqlashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim sohasidagi tuzilmalar (markaz, hududiy boshqarmalar va boshqa) tarkibida korrupsiyaga qarshi komplaens nazorat tizimini yoʻlga qoʻyib, tizimni malakali, halol va pok kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda oliy taʼlim muassasalarida vakant boʻlgan professor-oʻqituvchilar lavozimlariga talabgorlarning hujjatlarini qabul qilishni maxsus elektron platforma orqali amalga oshirish, nomzodlarni ochiq va shaffof tanlov oʻtkazish orqali saralab olish, bunda keng jamoatchilikka tanlov jarayonlarini toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan ichki masofaviy nazoratni taʼminlasin, bunda asosiy eʼtiborni “UzASBO” dasturiy majmuasidan foydalanishda inson omilini kamaytirish va Ichki audit xizmati tomonidan dasturga maʼlumotlar haqqoniy kiritilishini onlayn nazorat qilish imkoniyatini yaratishga qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi (B. Zakirov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “Shaffof qurilish” tizimida maʼlumotlar haqqoniyligini tekshiruvchi funksiyani ishga tushirsin hamda qurilish tashkilotlarining reyting koʻrsatkichlari qancha muddatga berilishi va oʻzgartirilishini aniq belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-pudrat tashkilotlarini reyting mezonlari boʻyicha baholashda qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatidagi salbiy koʻrsatkichlar, yaʼni shartnoma shartlarini bajarmaganligi, soliq va bankdan qarzdorligi, muddati oʻtgan kreditlarning mavjudligi, maʼmuriy yoki jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi kabi holatlarga eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda oliy taʼlim, kapital qurilish, sogʻliqni saqlash va davlat xaridlari sohalarida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʻyicha 2022-2023-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritalari” ijrosini Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengash va hududiy kengashlar majlislarida muhokama qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istanbul harakatlar dasturi doirasida ishlab chiqilgan tavsiyalar, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasidagi majburiyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalar qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilsin hamda ularning ijrosi boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga axborot berib borishni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga biriktirilgan aʼzolar (Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashga aʼzo vazirlik va idoralar vakillari) masʼuliyatini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengash yigʻilishlarida ularning muntazam ravishda axborot berishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan yigʻilishlar, davra suhbatlari va uchrashuvlarni mahallabay oʻtkazishda hamkorlik qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi N. Umarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-592-IV-son