15.08.2022 yildagi 444-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-son Qonuni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” Qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanishi, shuningdek, litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya shartnomasi tuzilishi bekor qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-son Qonuni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan qurol va uning oʻq-dorilari bilan muomalada boʻlish qoidalarining buzilishi uchun alohida maʼmuriy javobgarlik choralari belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalta stvolli pnevmatik qurolning realizatsiyasi taqiqlanganligi, boshqa turdagi pnevmatik qurol esa, faqat ichki ishlar organlarining ruxsatnomalari asosida sotib olinishi nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshi 21 dan 25 yoshgacha oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hukumatning 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ruxsatnomani berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydigan holatlar, shuningdek, ushbu holatlar aniqlanganda ularni bartaraf etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun qoʻyiladigan qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziyalash va ruxsat berish qonunchiligi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidagi avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalari kelishuvini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnomani maxsus elektron tizim orqali berishni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) avtotransport vositasini xavfli yuklarni tashishga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnomani berish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
444-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandga “Ichki ishlar bosh boshqarmasining” soʻzlaridan keyin “Jamoat xavfsizligi xizmati” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b”, “v” va “g” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududi va viloyatlar ichidagi yoʻnalishlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) shaharlararo — viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha — Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, yoʻl harakati xavfsizligi sohasida vakolatli organlar va paritet tomonning avtomobil transporti sohasida vakolatli organlari bilan kelishiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidalarga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2-ilovaning rus tilidagi matni ilova belgisidagi “2” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi sohasidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 14-fevraldagi 85-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomidagi “ularning analoglari, psixotrop moddalar” soʻzlari “psixotrop moddalar, ularning analoglari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “ularning analoglarini, psixotrop moddalar” soʻzlari “psixotrop moddalarni, ularning analoglarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomidagi, 1, 2 va 3-bandlardagi, 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 5-banddagi, 6-bandning ikkinchi xatboshidagi, 7-banddagi, 8-bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilardagi, 9-banddagi, 2-bob nomidagi, 10-banddagi, 3-bobning nomidagi, 13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 14-bandning birinchi xatboshidagi, 15 va 16-bandlardagi, 17-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi, 18-banddagi, 19-bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 20-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 21-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 22-bandning birinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi, 23, 24 va 26-bandlardagi, 27-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 28-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 29 va 30-bandlardagi, 31-bandning birinchi xatboshidagi, 4-bob nomidagi, 32-banddagi, 33-bandning birinchi — beshinchi xatboshilaridagi, 34 — 38-bandlardagi, 39-bandning birinchi xatboshidagi, 43, 44, 45, 47 va 48-bandlardagi, 49-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 50-bandning birinchi xatboshidagi tegishli kelishikdagi “ularning analoglari, psixotrop moddalar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “psixotrop moddalar, ularning analoglari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Psixotrop moddalar va prekursorlar”, “psixotrop moddalar va prekursorlar” soʻzlari tegishli ravishda “Psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar” va “psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaror bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizom quyidagi mazmundagi 42 — 44-ilovalar bilan toʻldirilsin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
42-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Obyektlar (xonalar)da giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Ariza.

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

I. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning (keyingi oʻrinlarda — maxsus xonalar) muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, jihozlanishiga va saqlash sharoitlariga qoʻyiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) alohida (yordamchi, xizmat va boshqa xonalardan ajratilgan), mustahkam bino (inshoot)larda joylashtirilishi va bitta kirish joyiga (eshik oʻrniga) ega boʻlishi;

b) eshik oʻrni (eshik qutisi)ning romi qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan metall profildan (shveller, burchakcha va shu kabilar) tayyorlanishi. Ilgari qurilgan binolarda qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan, oʻlchamlari 30 x 40 mm boʻlgan metall burchaklar bilan mustahkamlangan hamda armatura diametri 14 mm dan va uzunligi 120 mm dan kam boʻlmagan, bir xil oraliqda joylashtirilgan kamida oʻnta shtirlar yordamida devorga qotirilgan taxtali eshik romlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi;

v) eshiklari soz va eshik kesakisiga zich mustahkamlanishi (puxta moslashtirilishi);

g) deraza oʻrinlarining boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmasligi. Ilgari qurilgan xonalarda deraza oʻrinlari boʻlgan taqdirda, ularga xonaning ichki tomonidan metall panjaralar oʻrnatilgan boʻlishi, metall panjaralar simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam boʻlmagan chuqurlikda beton yordamida qotirilishi;

d) birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza oʻrinlari boʻlgan taqdirda, ularga qoʻshimcha ravishda xonaning ichki tomonidan metall yoki ikki tomonidan metall listlar bilan qoplangan yogʻoch deraza eshiklari oʻrnatilishi hamda ular osma qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi bilan jihozlanishi;

e) devorlari, shift toʻsinlari va polini mustahkamlashda (armaturalashda) foydalaniladigan, shuningdek, eshik va deraza oʻrinlaridagi panjaralarning metall sim chiviqlari (armaturalari) diametri 14 mm dan kam boʻlmasligi, sim chiviqlari 150 x 150 mm dan katta boʻlmagan katakchalarni hosil qilgan holda har bir kesishmasida payvandlanishi;

j) ichkarisiga chiquvchi ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining lyuklari va tuynuklariga xona ichiga oʻtish imkonini istisno etadigan diametri 14 mm dan kam boʻlmagan hamda katakchalarning oʻlchami 100 x 100 mm dan katta boʻlmagan metall panjaralar oʻrnatilishi;

z) devorlarida, shift toʻsinlarida yoki polida muhandislik tarmoqlarini oʻtkazish uchun qoldirilgan tuynuklarning diametri 200 mm dan katta boʻlmasligi;

i) ichki maydoni va ularga olib keluvchi yoʻllarning yetarlicha yoritilishi;

k) fonarlar yoki boshqa yoritishning avariyaviy (zaxira) manbalari bilan taʼminlanishi;

l) shamlar, mashʼalalar, kerosinli fonarlar, chiroqlar va boshqa ochiq olovli yoritish vositalari ishlatilishiga, ushbu maqsadlarda suyuq yonuvchi moddalardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;

m) ichki maydoni quruq boʻlishi;

n) yaqin (10 metrdan uzoq boʻlmagan) joyda oʻrnatiladigan yongʻinga qarshi inventarlar bilan taʼminlanishi;

o) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishi;

p) giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini saqlash va qadoqlashga moʻljallangan xonalarning devorlarini, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlash uchun chang va bugʻ yigʻmaydigan, oson tozalash va yuvish imkonini beradigan materiallardan foydalanilishi hamda havoni tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi, devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanishi;

r) prekursorlarni saqlashga moʻljallangan xonalarda shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalanilishi.

2. Birinchi va ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) maxsus xonalarning asosiy (tashqi) devorlarining qalinligi 250 mm dan kam boʻlmagan pishiq gʻisht yoki toshdan yoxud 125 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli devor bloklaridan koʻtarilgan boʻlishi;

b) maxsus xonalarning ichki devorlari (pardevorlari)ning qalinligi 120 mm dan kam boʻlmagan pishiq gʻisht yoki toshdan yoxud 80 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli devor bloklaridan koʻtarilgan boʻlishi;

v) maxsus xonalarning poli va shift toʻsinlarining qalinligi 180 mm dan kam boʻlmagan temir-betonli plitalardan yotqizilgan boʻlishi;

g) ushbu bandning “a”, “b” va “g” kichik bandlari talablariga javob bermaydigan maxsus xonalarning devorlari, shift toʻsinlari va poli ichkari tomondan butun maydon boʻyicha qoʻshimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanishi (armaturalanishi), metall panjara sim chiviqlarining uchlari devor va plitalardan chiqarilgan, oraligʻi 500 x 500 mm boʻlgan hamda diametri 14 mm dan kam boʻlmagan ankerlarga (metall shtirlarga) payvandlanishi. Ankerlarni devorga mustahkamlash imkoni boʻlmagan taqdirda, 100 x 50 x 6 mm oʻlchamli metall tasmalardan tayyorlangan toʻsiq detallarini toʻrtta dyubel mixlari yordamida temir-beton yoki beton sathlarga otib qoqishga yoʻl qoʻyiladi;

d) ikkita eshik bilan jihozlanishi, bunda:

tashqi (asosiy) eshik yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan metall listdan tayyorlanishi, unga kamida ikkita ichki (oʻyma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi oʻrnatilishi hamda xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochilishi;

ichki (qoʻshimcha) eshik metall panjaralardan tayyorlanib, ichki (uyma) yoki osma qulf bilan jihozlanishi hamda xonaga kirish tomonga (ichkariga) ochilishi;

tashqi va ichki eshiklar sekretlari boʻyicha (har bir qulf uchun) har xil boʻlgan qulflar, ishonchli qotirgichlar va oshiq-moshiqlar moslamasi bilan jihozlanishi, qulflar yoki qulflash uskunalarining rigellari koʻndalang kesishmasining maydoni boʻyicha 3 sm2 dan kam boʻlmasligi.

3. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam boʻlmagan metall listdan tayyorlangan, unga kamida ikkita ichki (oʻyma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi oʻrnatilgan, xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochiladigan bitta tashqi eshik bilan jihozlanishi.

II. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash tartibiga qoʻyiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash uchun seyflar va metall javonlar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam boʻlmasligi, kamida ikkita ichki (oʻyma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) boʻlishi, ogʻir (ogʻirligi 700 kg dan ortiq), oʻrtacha va katta gabaritli (oʻlchamlari 1500 x 600 x 500 mm dan kam boʻlmagan) seyf va metall javonlar bundan mustasno. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari seyf tipidagi bitta ichki qulfga ega boʻlgan ogʻir seyflarda saqlanishiga ruxsat beriladi;

b) giyohvandlik vositalarini saqlashga moʻljallangan metall javonlarning eshiklari metalli ust qoʻyma (nakladka)lar yoki burchaklar bilan mustahkamlanishi;

v) kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalardan kelib chiqib, saqlashning harorat rejimiga rioya qilish zarur boʻlgan hollarda yuridik shaxs rahbarining buyrugʻi yoki boshqa farmoyish hujjatiga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari maxsus xonalar ichida oʻrnatilgan, ichki qulf bilan qulflanadigan va muhrlanadigan sovutish kameralarida (sovitkichlarda) saqlanishi;

g) tez tibbiy yordam xizmatining transport vositalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari tibbiy maqsadlarda tashish mobaynida tibbiy qutilarda saqlanishi;

d) ish kuni yakunlangandan soʻng seyflar, metall javonlar, sovitgichli kameralar (sovitgichlar) va maxsus xonalar qulflanishi, muhrlanishi (plombalanishi) hamda qoʻriqlovga topshirilishi, kalitlar, muhr va tamgʻalash uskunasi (plombir) esa — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanishi uchun javobgar shaxsda boʻlishi;

e) muhrlash uchun kanop ip tugunlarsiz, butun boʻlishi, kanop ip maxsus xonalar, seyflar, metall javon va sovitgichli kameralar (sovitgichlar)ning eshigidagi quloqchasi (ilgagi yoki tutqichi)dan shunday oʻtkazilishi kerakki, eshikni kanop ipga va muhr izi (ottiski)ga zarar yetkazmasdan ochishning imkoni boʻlmasligi, shuningdek, muhrlar kanop ip ustidan muhrlar izi (ottiski) uchun chuqurchaga ega boʻlgan taxtachaga bosilishi;

j) maxsus xonalar, seyflar, metall javonlar va sovitgichli kameralar (sovitgichlar) kalitlarining ikki toʻplami boʻlishi, bunda kalitlarning bir toʻplami doimiy ravishda giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash uchun javobgar shaxs yonida, ikkinchisi esa muhrlangan qutichada yuridik shaxsning rahbarida saqlanishi. Kalitlarni stollar, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi;

z) maxsus xonada seyflar, metall javonlar va sovitgichli kameralar (sovitgichlar) ularning raqami va ular muhrlanadigan muhrlar koʻrsatilgan roʻyxati osilishi.

2. Birinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari maxsus xonalar ichida joylashtirilgan seyflarda yoki metall javonlarda saqlanishi;

b) prekursorlar saqlash joyi hududida va maxsus xonalar ichida saqlanishi.

3. Ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanishi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning anal��glari seyflarda, psixotrop modddalar va ularning analoglari metall javonlarga, prekursorlar esa ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarga joylashtirilishi;

b) davolash-profilaktika muassasalarining navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari ushbu maqsadlarda maxsus ajratilgan, polga yoki devorga qotirilgan seyf yoki metall javonlarda saqlanishi.

4. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanishi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning analoglari seyflarda, psixotrop moddalar va ularning analoglari metall javonlarda, prekursorlar esa ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarga joylashtirilishi.

III. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanadigan joylar hamda maxsus xonalarning qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qoʻyiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar.

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga binoan ishlab chiqilgan maxsus loyihalarga muvofiq amalga oshirilishi;

b) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlariga ularni loyihalashtirish, montaj qilish va sozlash ishlarini amalga oshirgan yuridik shaxs bilan kelishmagan holda oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻymasliq;

v) qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish uchun javobgar shaxs tayinlanishi;

g) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishga oid texnik hujjatlarga “Xizmat faoliyati doirasida foydalanish uchun” grifi qoʻyilishi hamda ushbu rejimga rioya etilishi;

d) xavfni bildiruvchi signal tushganda, qorovul (qorovullik xizmat) xatti-harakatlarini belgilovchi yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanishi;

e) maxsus xonalar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi (punkti) qoʻriqloviga topshirilishi, bunda ularning qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi texnik qoʻriqlash markazi (punkti)ga ulanishi;

j) birinchi (tashqi) doiradagi qoʻriqlash signalizatsiyasining datchiklari ruxsatsiz kirib-chiqishni (ochishni, buzishni) aniqlash maqsadida quyidagicha jihozlanishi:

obyektlar hududining atrofi boʻylab yer ustida joylashgan binoning tashqi devoridan yoki bino doʻnglikda joylashganda doʻnglikning tashqi asosidan yoxud bino pastqamlikda joylashganida chuqurlikning tashqi chetidan 5 m dan kam boʻlmagan masofa doirasida yaxlit himoya zonasi koʻrinishida oʻrnatilishi;

bino atrofidagi himoya zonasi uzluksiz boʻlishi va uning doirasida harakatlanayotgan odam aniqlanishini taʼminlashi;

tashqi himoya tizimi qoʻriqlanayotgan hududda odamlarning harakatlanishini sezadigan radiotoʻlqin uskunalari bilan jihozlanishi, bunda obyekt atrofida yaxlit himoya zonasini yaratish uchun hajmli tipdagi yoki yopiq uzluksiz perimetr boʻyicha tor, chegara boʻylab tortilgan himoya zonasini yaratish uchun tarmoq tipidagi xabar bergich uskunalardan foydalanilish. Yaxlit zona oʻrniga tashqi himoya tizimi chegarasida kengligi 1,5 — 2 metrli perimetr boʻylab qoʻriqlash zonasini jihozlashga ruxsat etiladi;

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan maxsus xonalarning eshiklariga, derazalariga, ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining tuynuk va teshiklariga oʻrnatilishi;

z) ikkinchi (ichki) doiradagi qoʻriqlash signalizatsiyasi datchiklari xona ichida ruxsatsiz begona shaxslarning borligini aniqlash maqsadida maxsus xonalar ichiga oʻrnatilishi;

i) yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyaning datchiklari xona ichiga, u yerdagi yongʻinga qarshi vaziyat keskin oʻzgarganda (harorat koʻtarilishi, tutun hosil boʻlishi va boshqalar) yoki yongʻin yuzaga kelganda, xatarni bildiruvchi signalni berish uchun oʻrnatilishi;

k) yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya yongʻin chiqqanligi yoki bino ichidagi yongʻin xavfsizligi holati oʻzgarganligini aniqlash va signal berishga moʻljallangan tutunli, issiqlik, yorugʻlik va (yoki) kombinatsiyalangan xabar bergichlar bilan jihozlanishi;

l) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyaning xatarni bildiruvchi signali yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus koʻp kanalli (koʻp nurli) pultga kelib tushishi, ushbu pultdagi maxsus tabloda buzilish yoki yongʻin roʻy bergan joyni (yongʻinni) chiroq (nur) yordamida koʻrsatadigan tovushli, yorugʻlik yoki boshqa indikatorlar (signallar) uzatilishi;

m) xatarni bildiruvchi signal yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus koʻp kanalli (koʻp nurli) pultga kelib tushishi bilan bir vaqtda simli yoki radio aloqa tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi (punkti)ga uzatilishi;

n) xatarni bildiruvchi signal sabablarini aniqlash, zudlik bilan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish va yolgʻon (sababsiz) chaqiriqning oldini olish maqsadida yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qoʻriqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazi (punkti) oʻrtasida ikki tomonlama aloqa tashkil etilishi;

o) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi maxsus xonaning tashqi tomonida baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) bilan jihozlanishi;

p) xatarni bildiruvchi signalni uzatishda qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi avtomatik tarzda ishlashi;

s) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining elektr taʼminoti tarmogʻi:

uning sutka davomida uzluksiz tarzda ishlashini taʼminlashi;

asosiy elektr tizimi oʻchirilganda uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr taʼminoti manbaiga (dizel-generator va boshqalar) ulangan va kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan jihozlanishi;

t) videokuzatuv tizimi tasvirni kamida oʻttiz kun davomida saqlanishini;

u) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining simlari elektr uzatish qutisi (kommutatsion uskuna)dan datchiklargacha yashirin tarzda, devorlar yoki shift osti toʻsiqlariga chuqur kiritilib va suvab yoxud devorlar va shift osti panellari ichiga joylashtirilib oʻtkazilishi hamda unga shikast yetkazilganda ishlab ketadigan datchiklar bilan taʼminlangan boʻlishi. Qoʻriqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlarining shleyflari temir-beton va beton qurilish konstruksiyalari boʻylab quvurlarda faqat maxsus xonalar ichida yotqizilishiga yoʻl qoʻyiladi;

f) qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya kompleksining signal beruvchi va taʼminlash kabellari tasodifiy ravishda yoki qasddan shikastlanishlardan yuqori darajada himoyalangan boʻlishi.

2. Birinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ikki (tashqi va ichki) doirali qoʻriqlash, shuningdek, yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanishi.

3. Ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir taablar va shartlar — ichki doirali qoʻriqlash signalizatsiyasi, shuningdek, yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanishi.

4. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ichki doirali qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanishi.

IV. Birinchi toifadagi obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni saqlash joylarining hududiga qoʻyiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) toʻsiq devordan 3 m dan kam boʻlmagan kenglikda taqiqlangan hududga ega boʻlishi, uning chegaralarida toʻsiqlar va ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi, shuningdek, taqiqlangan hudud doirasidagi daraxtlar va butalar olib tashlangan boʻlishi, ushbu hudud quruq oʻtdan, butalardan, shox-shabbalar va boshqa oson alangalanuvchi buyumlardan tozalanishi;

b) toʻsiq devordan eng yaqindagi omborxonagacha masofa 3 m dan kam boʻlmasligi;

v) yuzasi tekis boʻlishi, yogʻingarchilik, qor-muz suvlari va sugʻoriladigan suvlar oqib ketishi uchun zarur qiyaliklarga ega boʻlishi;

g) binolar, qurilmalar va inshootlarga, yongʻinni oʻchirish gidrantlariga, hovuzlarga va boshqa suv taʼminoti manbalariga olib boruvchi ichki yoʻllar, oʻtish yoʻllari, shoxobcha yoʻllar, oʻtish joylari va piyodalar yoʻlakchalari, shuningdek, yongʻinga qarshi buyumlar, moslamalar hamda rezervuarlarning boʻsagʻalari qattiq qoplamaga ega boʻlishi, erkin harakatlanish uchun doimo boʻsh hamda toza saqlanishi va oʻz vaqtida taʼmirlanishi, muz bilan qoplanganda qum sepilishi, qishda esa qordan tozalanib turilishi;

d) ichki temir yoʻllarini kesib oʻtish yoʻllari va joylari yongʻin oʻchirish avtomobillari oʻtishi uchun boʻsh turishi, yoʻllardan, oʻtish yoʻllaridan, binolar, qurilmalar va inshootlar orasidagi uzilishlardan materiallarni, xom ashyoni, tayyor mahsulotlarni toʻplash joylari hamda avtotransport vositalari turargohi sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik;

e) oʻtish yoʻllarining tor joylarida va yongʻinni oʻchirish tezkor rejasi boʻyicha yongʻin oʻchirish texnikasi joylashtirilishi belgilangan joylarda avtotransportning va boshqa mexanizmlarning toʻxtab turishini taqiqlovchi yoʻl belgilari va aniqlashtiruvchi yozuvlar bilan taʼminlanishi;

j) soz va zudlik bilan ishlatishga tayyor holda ushlab turiladigan yashindan himoyalash hamda yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi, ular olinishi qulay boʻlgan joylarda joylashtirilgan hamda sutkaning qorongʻi vaqtida yoritiladigan hududdagi maxsus yongʻinga qarshi qalqon (post)lariga oʻrnatilishi;

z) sutkaning qorongʻi vaqtida turgʻun elektr chiroqlari bilan yoritilishi;

i) qazilgan chuqurlar yoki chuqurli joylarning boʻlmasligi, lyuklar, quduqlar va ariqchalar toza boʻlishi va qopqoqlar bilan yopilishi, vaqtincha ochib qoʻyilgan lyuklar, quduqlar va ariqchalar esa balandligi 1 metrdan kam boʻlmagan, sutkaning qorongʻi vaqtida koʻrinadigan chiroqli signalizatsiya oʻrnatilgan toʻsiqlar bilan taʼminlanishi;

k) quduqlarga, shuningdek, muyulish burchaklarida kameralarga ega boʻlmagan yer osti muhandislik tizimlari ularning joylashuvini aniqlash imkonini beruvchi tashqi aniqlashtiruvchi belgilar bilan jihozlanishi;

l) alohida joylashgan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash joylari oʻrtasidagi, shuningdek, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash joylari va boshqa binolar, qurilmalar va inshootlar oʻrtasidagi masofa yongʻinga qarshi oraliqlaridan kam boʻlmasligi, ushbu oraliqlardan materiallarni, xom ashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik;

m) hududda materiallarni, xom ashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun maydonchalarning jihozlanishi davlat yongʻin nazorati organlari bilan kelishilishi;

n) hududi kunu tun xizmat olib boruvchi qurollangan qoʻriqlash xizmati bilan qoʻriqlanishi.

2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar:

a) hududi tikanli sim, pishiq gʻisht, tosh yoki metalldan tayyorlangan, balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan toʻsiq devor bilan oʻralishi;

b) pishiq gʻishtdan, toshdan yoki metalldan tayyorlangan toʻsiq devor ustiga 0,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikda metall asoslarga toʻrt qator tikanli sim tortilishi;

v) toʻsiq devorda qulflanadigan darvoza va eshiklar oʻrnatilishi.

3. Prekursorlar saqlash uchun qoʻshimcha ruxsat berishga doir talablar:

a) hudud quyidagi tartibda ikki doirali toʻsiq devor bilan oʻrab olinishi:

birinchi (tashqi) doiradagi toʻsiq devor 2,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikda pishiq gʻisht, tosh yoki temir-betonli bloklardan koʻtarilishi, toʻsiq devor ustidan balandligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “yegoza” turidagi tikanli simdan yalpi toʻsiq oʻrnatilishi;

ikkinchi (ichki) doiradagi toʻsiq devor asosiy devorning ichki tomonidan balandligi 2 metrdan kam boʻlmagan “rabitsa” turidagi simdan koʻtarilishi, toʻsiq devor ustidan balandligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “yegoza” turidagi tikanli simdan yalpi toʻsiq oʻrnatilishi;

birinchi va ikkinchi doiradagi toʻsiq devorlar qulflanadigan darvoza va eshiklar bilan jihozlanishi;

b) muayyan turdagi saqlash joylarida (omborxonalar, ochiq va usti yopiq maydonchalar, rezervuar joylar) saqlanishi lozim boʻlgan prekursorlarning aniq turlari hamda ularning cheklangan sigʻimlari normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilanishi;

v) yongʻin xavfsizligi qoidalari va moddalarning oʻzaro mutanosibligi hamda oʻt oʻchirish vositalarining bir xildaligi belgilariga rioya etilgan holda saqlanishi;

v) har bir omborxonada koʻrinadigan joyda “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” 12.4.026 Davlat standarti boʻyicha omborxonada saqlanayotgan materiallarni toʻplashda xavfsizlik qoidalari, baxtsiz hodisalar roʻy berganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish yoʻriqnomalari osilishi;

g) prekursorlarni idishlarda saqlash omborxonalari yonmaydigan materiallardan qurilishi, quruq, yaxshi shamollatilishi yoki ventilyatsiyalanishi;

d) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonalarida umumiy almashinuvchan ventilyatsiya, sochiluvchan moddalarni saqlash silos omborxonalarida esa — aspiratsiya oʻrnatilishi;

e) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun maydonchalar atmosfera yogʻinlaridan va quyosh nurlarining toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiridan himoyalangan boʻlishi, yoʻlning qatnov qismi sathidan kamida 15 sm balandlikda joylashishi, suyuqliklarning toʻsiqlarsiz yoyilishini cheklovchi moslamalar hamda atmosfera va yer usti suvlari uchun ariqlar bilan jihozlanishi;

j) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni maxsus maydonchalarda idishlar ichida saqlash har birida soni 100 donadan ortiq boʻlmagan guruhlar bilan amalga oshirilishi, guruhlar orasidagi masofa 1 metrdan kam boʻlmasligi hamda har bir guruhda maʼlum bir turdagi moddalar saqlanishi;

z) kislotalarni saqlash uchun omborxonalar boshqa materiallarni saqlovchi omborxonalardan alohida joylashtirilishi va ularni shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalanilishi, shuningdek, kislotalar yertoʻlalarda saqlanishiga yoʻl qoʻymaslik;

i) xom ashyoning sutkalik zaxirasini saqlash uchun boʻlinmalarda havoni tortuvchi ventilyatsiya oʻrnatilgan omborlar jihozlanishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12.

Izoh:

1. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan joylar texnik mustahkamlik, jismoniy himoyalanganlik hamda qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanish darajasiga qarab uch toifadagi obyektlarga boʻlinadi:

a) birinchi toifadagi obyektlarga umumiy toʻsiq devor bilan oʻrab olingan va texnik mustahkamlangan hududda joylashgan quyidagi faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan binolar, inshootlar va xonalar kiradi:

prekursorlarni sotish (berish) (prekursorlar saqlanadigan baza va omborxonalar);

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash;

tarkibida giyohvand modda boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish;

b) ikkinchi toifadagi obyektlarga quyidagi faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan xonalar kiradi:

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni sotish (berish) va taqsimlash (dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari);

yangi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish;

giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan, ularning analoglaridan va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ilmiy va taʼlim maqsadlari uchun foydalanish;

giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni yoʻq qilish;

v) uchinchi toifadagi obyektlarga laboratoriyalarning, davolash-profilaktika muassasalari boʻlinmalarining, tibbiyot punktlarining, boshqa tibbiyot muassasalarining giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan xonalari kiradi.

2. Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi organlari va boʻlinmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash uchun olish talab qilinmaydi.

3. Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa yuridik shaxslarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun asos hisoblanadi.

4. Ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun vakolatli organ arizani olgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda oʻz mablagʻlari hisobiga ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun mavjud sharoitlarni tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan yuridik shaxs vakili ishtirokida joyiga chiqqan holda, ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud sharoitlarni tekshirishni va baholashni amalga oshiradi hamda natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnomani tuzadi.

Dalolatnomada giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga moʻljallangan joyning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi, jismoniy himoyasi tashkil etilganligi, qoʻriqlash va yongʻindan darak beruvchi signalizatsiyalar bilan jihozlanganligi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar bayon etiladi, zarurat boʻlganda aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etishning aniq tavsiyalari va yetarli muddatlari koʻrsatiladi.

Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning rahbariga yoki tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan shaxsga imzo orqali topshiriladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
43-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidagi avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Oʻzbekiston Respublikasidagi avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Xalqaro avtomobil yoʻllari, shahar magistral koʻchalaridagi loyihalarni kelishish — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati;

Xalqaro avtomobil yoʻllari, shahar magistral koʻchalaridan tashqari barcha yoʻllar va koʻchalardagi loyihalarni kelishish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) Ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta va elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami;

xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha faoliyat uchun olingan litsenziya raqami (avtomobil yoʻllari va koʻchalari boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha);

arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya raqami (avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha);

loyiha toʻgʻrisida maʼlumot (loyiha nomi va mazmuni, joylashgan joyi, geolokatsiyasi, shuningdek, xaritadagi kenglik va uzunlik koʻrsatkichlari);

b) loyihaning elektron shakli, sputnik xarita ustiga yoʻl harakatini tartibga solish texnik vositalari bilan jihozlanishi chizilgan chizmasi (svetofor obyektini ish tartibi bilan koʻrsatilishi) masshtabi 1:500.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Undirilmaydi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

10 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

a) “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishi;

b) “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishi;

v) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori talablariga muvofiq kelishi;

g) avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, AYOQS, AGTKS hamda AGQSni qurish va rekonstruksiya qilish sohasini tartibga soladigan tegishli shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik reglamentlar va standartlar talablariga muvofiq kelishi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Bir martalik.

12.

Izoh:

Yuqorida koʻrsatilgan talablar bajarilmasa, loyihani kelishish rad etiladi.

Loyihadagi tushunarsiz masalalar boʻyicha loyiha tayyorlagan tashkilot tomonidan tushuntirish berish soʻraladi.

Zarur hollarda, loyiha joyiga chiqib oʻrganiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga
44-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-iyundagi 366-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma
PASPORTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Pirotexnika vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanish

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza (pirotexnika vositalarini olib kirish sanasidan kamida 13 ish kuni oldin taqdim etiladi).

Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda);

texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarini (xavflilikning III — V darajalari) (keyingi oʻrinlarda — pirotexnika vositalari) olib kirish va ulardan foydalanish uchun asos boʻluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorining sanasi, raqami va nomi;

pirotexnika vositalaridan foydalaniladigan ommaviy tadbir toifasi, nomi va tashkilotchisi, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti nomi va manzili;

pirotexnika vositalaridan foydalanish sanasi, boshlanish va tugallanish vaqti;

pirotexnika vositalaridan foydalanish ishlarini bajarishga jalb etilayotgan xodimlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash manzili);

b) ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbir dasturi;

v) otish maydonchasi va xavfli hudud doirasi tushurilgan holda, obyekt atrofidagi hudud xaritasi hamda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha asosiy tadbirlar, shuningdek, pirotexnika vositalaridan foydalanishda ishtirokchilar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun ishlatiladigan asosiy texnik vositalar roʻyxati koʻrsatilgan pirotexnika vositalaridan foydalanish dasturi;

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan pirotexnika vositalarining xavflilik klassi, guruhi va miqdori, Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi boʻyicha kodi, moddalarning klassifikatsiya shifri, yuk joʻnatuvchi nomi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish punkti (bojxona posti), olib kirilgan pirotexnika vositalari saqlanadigan joy nomi va manzili, yuk tashuvchi nomi, foydalaniladigan transport turi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish yoʻnalishi hamda yukning kuzatuvini amalga oshiruvchi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organi nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

d) yuridik shaxsning pirotexnika vositalaridan foydalanishga jalb etilgan xodimlarining Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining “Pirotexnika buyumlarini xavfsiz qoʻllash” yoʻnalishi boʻyicha maxsus malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikat nusxalari.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

Yigʻim undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

Yigʻim undirilmaydi

8.

Arizani koʻrib chiqish muddati:

13 ish kuni

9.

Ruxsat berishga oid talab va shartlar:

a) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V darajalari) foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyaga ega boʻlish;

b) pirotexnika vositalarini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish maqsadlarida olib kirish va ulardan foydalanish;*

v) pirotexnika vositalaridan ommaviy tadbir dasturiga muvofiq foydalanish;

g) ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektida tashkil etilgan otish maydonchasi va xavfli hududda fuqarolar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish*;

d) olib kirilgan va foydalanilgan pirotexnika vositalarining mavjudligi va sarfi hisobini yuritish;

e) shtatda kamida 2 nafar pirotexnika vositalaridan foydalanish sohasi mutaxassislarning mavjudligi.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Bir marta olib kirish va foydalanish uchun beriladi

12.

Izoh:

Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma olish quyidagilar amalga oshirish uchun talab etilmaydi:

a) sanoat maqsaddagi pirotexnika vositalarini olib kirish va ulardan foydalanish;

b) maishiy maqsadidagi (xavflilikning I — III darajalari) pirotexnika vositalarini olib kirish va ulardan foydalanish;

v) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan olib kirish va ulardan foydalanish.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 105-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 31-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYOQS, AGTKS va AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz toʻldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 1-martdagi 111-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 1-dekabrdagi 724-son qarorining 4-bandi va qarorga ilova.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son; 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)