05.08.2022 yildagi SQ-593-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil I yarim yilligi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon Dastur deb yuritiladi) 2022-yil I yarim yilligi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini oʻrganib chiqib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unga koʻra Dasturning 398 ta bandi topshiriqlar kesimida 607 ta yaxlit va kichik bandlarga taqsimlangan holda tahlil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur 607 ta yaxlit va kichik bandlarda nazarda tutilgan topshiriqlardan 137 ta band va kichik bandlar toʻliq bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida 153 ta normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat tomonidan oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichi 105,4 foizni tashkil etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya dasturi doirasida 157,5 mln dollarlik mablagʻlar oʻzlashtirilgan va mahalliylashtirish dasturi doirasida 28 turdagi 3 trln 940,2 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika boʻyicha jami 6,9 mlrd dollarlik tovarlar va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan hamda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 128 foizni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar sohasida jami 756 mingta (yillik rejaga nisbatan 49 foiz) yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish boʻyicha Dastur ijrosi yuzasidan 21,7 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 112,9 foizga bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida 21 312 ta xonadonli 619 ta koʻp qavatli uy-joylarning 397 tasida qurilish ishlari boshlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida jami 3 684,7 nafar aholining ichki turistik sayohatlari tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlangʻich sinf (1 — 4-sinf) oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash tizimi joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablari uchun yangi avlod darsliklarini joriy qilish maqsadida 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblari yaratilgan. Shu jumladan 189 ta darslik, 50 ta mashq daftari, 57 ta metodik qoʻllanmalar va darsliklarning mobil ilovalari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 76 ta oilaviy shifokor punktlari, 20 ta oilaviy poliklinikalar hamda 505 ta mahalla tibbiyot punktlari tashkil etilib, natijada 1,8 mln aholiga oʻz yashash joyida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, mamlakatimizdagi 40 yoshdan oshgan 10,3 mln aholidan 4,4 mln kishi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalar koʻrsatkichlarini yaxshilash uchun 9 348 ta mahalla boʻyicha jami 232 mingta, 207 ta tuman (shahar) boʻyicha jami 8 280 ta, 14 ta hudud boʻyicha jami 1 024 ta banddan iborat Yoshlar dasturlari tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar oʻrganish istagida boʻlgan 55,4 ming xotin-qiz kasbga oʻqitish kurslariga jalb etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam oluvchi 2 mln 108 ming oila uchun 987,5 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan. 1 mln 949 ming oilaga kam taʼminlanganlar uchun bolalar nafaqasi tayinlangan boʻlsa, 86 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda muddati oʻtgan 63 ta band ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari bugungi kunga qadar qabul qilinmagan. Bundan koʻrinib turibdiki, ushbu bandlarda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun huquqiy asos boʻlmaganligi sababli belgilangan chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanmasdan qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 83-bandda joriy yilning iyun oyida Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga koʻpaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinishi belgilangan. Lekin topshiriq ijrosi yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-bandning 4-kichik bandida joriy yil mart oyida dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash asosida 17 turdagi substansiyalar va biologik faol moddalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish dasturini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini qabul qilish ikki oy muddatga uzaytirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar qabul qilish choralari koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning 264-bandida joriy yil aprel oyiga qadar aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada rivojlantirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqish belgilangan, ammo muddatidan ikki oy oʻtgan boʻlsa-da, qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning 309-bandida joriy yil iyun oyiga qadar Moliya vazirligi tomonidan kambagʻal oilalar bilan manzilli ishlash tizimini avtomatlashtirish, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestriga” integratsiya qilishga qaratilgan raqamli “Ijtimoiy himoya yagona reyestr”ini shakllantirish belgilangan boʻlsa-da, bugungi kunga qadar mazkur topshiriq ijrosi taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil I yarim yilligi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda I yarim yillikda bajarilishi belgilangan, ammo ijrosi oʻz vaqtida taʼminlanmagan 63 ta banddagi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda kelgusida qabul qilinishi rejalashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan muddatlardan bir oy oldin Vazirlar Mahkamasiga kiritish amaliyotini yoʻlga qoʻysin va oʻz vaqtida qabul qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari Dasturda ijrosi taʼminlanmagan hamda muddati uzaytirilgan bandlar ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga Dasturda belgilangan har bir masalaning belgilangan muddatda bajarilishi yuzasidan deputatlik nazoratini olib borish hamda har chorak yakunida amalga oshirilgan ishlarni mahalliy Kengashlarda tanqidiy koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 5-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-593-IV-son