20.07.2022 yildagi 2324-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 20.07.2022 yildagi 2324-IV-son
Kuchga kirish sanasi
20.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, mamlakatimizda aholi, shu jumladan yoshlar, xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish hamda ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi besh yilda bandlik va mehnat munosabatlari sohasida 60 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 8 ta qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22 ta farmoni va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 20 dan ziyod qarori qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni aholi bandligini taʼminlashda zamonaviy kasbiy va mehnat standartlarini joriy etish, mehnatga haq toʻlash mexanizmlarini tartibga solish hamda takomillashtirishda asosiy huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti aholi bandligini va daromadlarning oʻsishini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, ushbu masalalarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, iqtisodiyotni isloh qilish va diversifikatsiya qilish, faol investitsiya siyosatini yuritish hisobidan yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish asosida har yili minglab yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-sonli Qaroriga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati 69 tagacha koʻpaytirilib, oʻzini ish bilan band qilgan koʻplab fuqarolarga qonuniy asosda faoliyat yuritishi hamda yoshga doir pensiyasiga chiqishi uchun qulay imkoniyat yaratildi. Bunday yengilliklardan unumli foydalanayotgan fuqarolar soni yildan yilga oshib bormoqda. Jumladan 2021-yil 1-iyul holatiga 852 ming nafardan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar roʻyxatga olingan boʻlsa, hozirda ularning soni 1 million 400 ming nafarga yaqinni tashkil qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 100 ta maqsaddan 34 tasi yoki 37 — 70-maqsadlar adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek aholi daromadlarini oshirish va shular orqali 2026-yil yakuniga qadar kambagʻallikni kamida 2 baravarga qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 14-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish, 2022-yilda mehnat balansi va bandlik dasturini shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi videoselektor yigʻilishida 2022-yilda 5 million 750 ming nafar fuqaroni doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band qilish vazifasi qoʻyilib, ushbu vazifa ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning oʻtgan davrida jami 3 million 434 ming nafar fuqaroni doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb qilish orqali ularning bandligi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat bozoridagi tendensiyadan kelib chiqib, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan oʻtgan davrda 437,4 ming nafar ish bilan band boʻlmagan shaxsga bandlik xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, buning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan 205,5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilda aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan 210,4 ming nafar ishsiz shu jumladan chet eldan qaytib kelgan fuqarolarga mavjud vakant ish oʻrinlariga ishga joylashishiga koʻmaklashilgan. Shundan 109 ming nafari (51,8 foiz) ayollarni, 66,7 ming nafari (31,7 foiz) yoshlarni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek 12 mingga yaqin ehtiyojmand, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar band qilingan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida 76 ming nafar ish bilan band boʻlmagan fuqaro kasb-hunarga, tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitilgan. Shundan 59,7 ming nafari ayollarni, 38,7 ming nafari yoshlarni tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim muammo va kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, joylarda yaratilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisida taqdim etilayotgan maʼlumotlarni oshirib koʻrsatish holatlari mavjudligi, ayrim hududlarda mahallalardagi mehnat inspektorlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan subsidiyalardan oqilona foydalanish borasida aholi oʻrtasida yetarlicha targʻibot va tashviqot ishlari olib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotda 2022-yilni birinchi choragida hududiy investitsiya dasturlari doirasida Surxondaryo viloyatida 912 ta yangi ish oʻrni yaratilganligi koʻrsatilgan boʻlsa, viloyat bandlik bosh boshqarmasi maʼlumotida esa 1 218 ta yangi ish oʻrni tashkil etilganligi qayd etilgan. Bu kabi holatlarni respublikaning boshqa hududlarida ham kuzatish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek tashkil etilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan fuqarolar bilan mehnat munosabatlarini qonuniy rasmiylashtirish borasidagi ishlar samarali tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari hududlarda nogironligi boʻlgan fuqarolarni yoʻllanma asosida ishga joylashtirish boʻyicha ishlar ham yetarlicha tashkil etilmayapti. Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida Xatirchi tuman tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib tavsiya berilgan 135 nafar fuqaroning birontasi ham ishga joylashtirilmagan. Vaholanki, tuman hokimining qaroriga asosan 119 ta korxona va tashkilotda 350 ta kvotalangan ish oʻrni mavjudligi koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan joriy yilning aprel oyida joylarda olib borilgan oʻrganishlar davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi yetarli darajada emasligi aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokamalar davomida deputatlar aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish, shu orqali kambagʻallikni qisqartirish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish zarurligini taʼkidlab oʻtdilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri (N. Xusanov)ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 14-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi bayonida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni oʻz muddatlarida ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashishda aniqlangan kamchiliklar boʻyicha har bir hududda monitoringlar oʻtkazish hamda kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan tuman (shahar) hokimlarini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha yordamchilarining aholi bandligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida oʻquv seminarlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga har chorak yakuni boʻyicha maʼlumot kiritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga belgilangan mezonlar asosida tumanlar (shaharlar) boʻyicha ishlab chiqilgan xizmatlarni rivojlantirishga doir hududiy dasturlarga muvofiq xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi respublika hududlarida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarning ijrosi yuzasidan muntazam ravishda parlament nazoratini olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2324-IV-son