22.07.2022 yildagi 2335-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 22.07.2022 yildagi 2335-IV-son
Kuchga kirish sanasi
22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda davlat dasturi deb yuritiladi) 2022-yil birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, hukumat tomonidan davlat dasturida belgilangan tadbirlarni tizimli tarzda va sifatli bajarish borasida qator tashkiliy-amaliy choralar koʻrilib, doimiy monitoring olib borilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining 7 ta ustuvor yoʻnalishida belgilangan tadbirlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli ishchi guruhlar tuzilgan, nazorat rejalari tasdiqlangan, davlat dasturining ijrosini har oyda tahlil etib, tanqidiy jihatdan muhokama qilib borish yuzasidan yaxlit tizim yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini huquqiy jihatdan taʼminlash maqsadida jami 153 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 2 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 42 ta farmoni va qarori, Oliy Majlis palatalarining 2 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 29 ta qarori va 78 ta boshqa hujjat qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlari doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlili mamlakatimizda iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi islohotlarning amalga oshirilishini taʼminlash, hududlarning kompleks rivojlanish darajasini yanada oshirish borasida sezilarli natijalarga erishilganligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, davlat dasturida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish borasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar doirasida qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida oila tarkibini avtomatik tarzda shakllantirish funksiyasi yaratilib, unga “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ni integratsiya qilish choralari koʻrilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash sohasida 695 ta mahalla kompleksi qurilgan, mahallalarning osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida 6 822 ta “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy hamda zarur shartiga aylantirish borasidagi maqsadlarga erishish boʻyicha qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2022-yil 29-iyunda Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingan. Unga koʻra yer uchastkalarining har qanday maqsadlarda olib qoʻyilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish sifatida talqin etish qatʼiyan taqiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 1-iyunidan eʼtiboran 38 turdagi davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmasligi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari doirasida joriy yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 105,4 foizni tashkil etgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 128,8 foizga oʻsgan. Xorijiy davlatlarga mahsulotlar eksportining oʻsishi 101,1 foizni tashkil qilgan. Jami qiymati 4,5 mlrd. AQSh dollari boʻlgan xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, prognoz koʻrsatkichlar 117 foizga bajarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy gaz bozorini isloh qilish maqsadida koʻrilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarga muvofiq “Oʻztransgaz” AJ tabiiy gazni tashish, saqlash va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral gaz uzatish tizimi operatori etib belgilangan hamda tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish vazifasini bajaruvchi “UzGasTrade” AJ tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida qiymati 700 mln. AQSh dollaridan ortiq boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hisobidan quvvati 1154 MVtga teng 5 ta elektr stansiyasi Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ishga tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning birinchi yarim yilligida eksport qilingan charm-poyabzal mahsulotlari turlari 48 tadan 65 taga oshib, eksport geografiyasi 32 ta davlatdan 42 taga yetgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar bajarilgan. Jumladan, 246 nafar mahalliy va xalqaro ekspert ishtirokida maktablar uchun Milliy oʻquv dasturi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, xalq taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida 2022 — 2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha Milliy dastur tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va taʼlim sifatini oshirish maqsadida qabul parametrlarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi soddalashtirilgan, ushbu jarayonda oliy taʼlim muassasalari vakolatlari kengaytirilgan. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab 12 ta oliygoh uchun eksperiment tariqasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha masofaviy taʼlim shakli joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 76 ta oilaviy shifokor punkti, 20 ta oilaviy poliklinika hamda 505 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilib, 1,8 mln. aholi oʻz yashash joyida birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan. Shuningdek 208 ta koʻp tarmoqli tuman markaziy poliklinikasida va Toshkent shahridagi 70 ta oilaviy poliklinikada bolalar boʻlimlari tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar doirasida ekologik barqarorlikni taʼminlash, oʻrmonlar maydonlarini kengaytirish, “yashil qoplamalar” barpo etish ishlari tizimli ravishda olib borilgan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 55 ming gektar maydonda himoya oʻrmonzorlari yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan jami 208 ming gektar maydonda saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklaridan “yashil qoplamalar” barpo etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek “E-Anticor.uz” elektron platformasi ishga tushirilib, fuqarolarga korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi “1253” qisqa raqamli “Call-markaz” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va sogʻlomlashtirish maqsadida hududlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish sohasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar doirasida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti hamda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotida Oʻzbekiston raisligini samarali va faol amalga oshirishga doir tizimli choralar koʻrilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hamkor davlatlar bilan ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni jadallashtirishga qaratilgan 3 ta siyosiy maslahatlashuv uchrashuvi oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishini taʼminlash, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha parlament va hukumat oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan yuborilgan parlament va deputat soʻrovlari, qator nazorat-tahlil tadbirlari doirasida koʻtarilgan masalalarni birgalikda hal etishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga deputatlar davlat dasturidagi bajarilish muddatlari kechikayotgan va uzaytirilgan bandlarga, ishlab chiqilib, yakuniga yetkazilmagan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tezroq qabul qilish choralarini koʻrishga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, davlat dasturidagi hisobot davrida bajarilishi belgilangan jami 215 ta banddan 137 tasining ijrosi toʻliq bajarilganligi, 10 tasining ijro muddati uzaytirilganligi va 68 tasining ijrosini taʼminlashga doir ishlar yakunlanmaganligi qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlashga qaratilgan hujjat loyihasini qabul qilish bilan bogʻliq ishlar oxiriga yetkazilmagan (73-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllari tarmogʻini jadal taraqqiy ettirish yoʻnalishida keyingi 5 yilda avtomobil yoʻllarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan qarorni qabul qilish kechiktirilmoqda (196-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy maʼlumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish, bunda bosqichma-bosqich masofaviy taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga doir qaror loyihasi hanuzgacha qabul qilinmagan (213-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokamalar jarayonida davlat dasturining ayrim bandlari tegishli qaror, chora-tadbirlar dasturi, tarmoq jadvalini tasdiqlash orqali bajarilgan deb koʻrsatilgan boʻlsa-da, biroq ushbu bandlarda belgilangan ustuvor maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi, ularning natijadorligi haqida ham maʼlumot taqdim etish lozimligi taʼkidlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida 46 ta tumanlararo perinatal markazini tashkil etish hamda ularni shtat birliklari bilan taʼminlash, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash boʻyicha boshlangan ishlarni tezroq yakuniga yetkazish dolzarb masala ekanligi qayd etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek davlat dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan budjet mablagʻlarining oʻz vaqtida oʻzlashtirilishi va maqsadli sarflanishini taʼminlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil birinchi yarim yilligi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 10 ta bandda va bajarilishi yakunlanmagan 68 ta bandda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilangan qonun loyihalarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan yaqin hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish bilan birga, bu boradagi ishlarning natijadorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46 ta tumanlararo perinatal markazini tashkil etish hamda ularni shtat birliklari bilan taʼminlash, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlashga doir ishlar ustidan tizimli monitoring oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturining bajarilishi yuzasidan hisobotni muhokama qilish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal qilish yuzasidan qoʻshimcha choralarni koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarning samarali tashkil etilishi hamda ularga ajratilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadli oʻzlashtirilishi ustidan taʼsirchan parlament va deputat nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, davlat dasturida ijrosi toʻliq taʼminlanmagan bandlarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2335-IV-son