Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI XORIJIY INVESTITSIYALAR VA KREDITLAR MASALALARI BOʻYICHA IDORALARARO KENGASH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-noyabrdagi 526-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha Idoralararo kengash toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“korxonalarning xususiy xorijiy investitsiyalar (xorijiy davlat fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashaydigan fuqarolari, shuningdek xorijiy nodavlat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar) jalb etiladigan korxonalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni ularga tatbiq etish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlariga muvofiqligini belgilash”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 13-iyun,
147-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-con, 169-modda)