07.06.2005 yildagi PF-3617-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO-SANOAT PALATASINING XORIJIY MAMLAKATLARDAGI VAKOLATXONALARINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz va xorijiy tadbirkorlar, shu jumladan kichik va xususiy biznes korxonalari o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda chuqurlashtirish, eksport salohiyatini oshirish, respublikaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligining xorijiy mamlakatlar, birinchi navbatda Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Germaniya Federativ Respublikasida (Avstriya Respublikasidagi ishlarni qamrab olgan holda) savdo-sanoat palatasi vakolatxonalarini, shu jumladan savdo-investitsiya uylarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, savdo-investitsiya uylari O‘zbekiston Respublikasining va ular qaysi davlat hududida tashkil etilsa o‘sha davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zini-o‘zi qoplash va o‘zini-o‘zi moliyalash prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga savdo-investitsiya uylari orqali quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarini xorijiy bozorlarga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekistondagi xorijiy investorlar va sheriklar uchun axborot-maslahat ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston tadbirkorlariga manfaatli shartlarda yetkazib berish uchun ilg‘or mini-texnologiyalarni tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli chet davlatlarda savdo sanoat palatasi va uning a’zolari manfaatlarini ifoda etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 7-iyuldagi PF-3453-son Farmoni 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari mutaxassislarini jalb etish orqali” so‘zlari “xorijdagi diplomatiya vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalalar bo‘yicha maslahatchilari, ular bo‘lmagan hollarda esa — tegishli mas’ul xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini tashkil etishni ta’minlash orqali” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari xorijiy mamlakatlarda tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalari, korxonalari orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining chet ellardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib keladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3617-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 165-modda)