07.07.2022 yildagi PQ-311-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, respublikada yoʻlovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish hamda transport xizmatlari bozorini rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) elektron shaklda rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani (keyingi oʻrinlarda — elektron ishonchnoma) notarial tasdiqlash talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun oʻrnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oygacha boʻlgan muddatga — 10 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olti oygacha boʻlgan muddatga — 50 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch yilgacha boʻlgan muddatga — 100 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) elektron shaklda rasmiylashtirilmagan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarga nisbatan amaldagi notarial tasdiqlash tartibi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslarning ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab fuqarolar va yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar oʻrtasida tuziladigan transport vositasi ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talabi bekor qilinsin hamda ularni davlat soliq xizmati organlari axborot tizimlari orqali elektron tarzda hisobga olish tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi uch oy muddatda mazkur bandga asosan transport vositasi ijarasi shartnomalarini hisobga olish tizimining ishga tushirilishini hamda uni Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shugʻullanadigan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilar) bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilar “Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan koʻp tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga “TAXI” tanish belgili toʻqsariq rangli fonar oʻrnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band boʻlgan shaxslar bir vaqtning oʻzida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan holda shugʻullanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) Transport vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashuvchi va ularga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yoʻlovchi tashishga doir qonunchilik talablari bajarilishini nazorat qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi nizom loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Transport vazirligi (I. Mahkamov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda texnik va tibbiy koʻrik, sugʻurta polisi va litsenziya varaqalarini rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida “Uztrans” axborot tizimini takomillashtirish, “Litsenziya” va boshqa axborot tizimlari bilan idoralararo integratsiyasini kengaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-311-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/311/0608-son; 28.02.2025-y., 07/25/78/0191-son)