24.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925-7
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 24.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925-7
Kuchga kirish sanasi
24.06.2022
Hujjat 24.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2925-7]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qarori (roʻyxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2022-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
344-B-7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi D. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-iyundagi 344-B-7-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2022-yil 27-maydagi 15-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-banddagi “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilotlari — banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi kredit tashkilotlari (mikromoliya tashkiloti, lombard va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti);”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 21-bandning “a” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mijoz qonun hujjatlariga muvofiq kreditlar, mikrokreditlar, mikroqarzlar, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlarni olish uchun murojaat qilganda;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mijoz mikromoliya tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan lizing olish uchun murojaat qilganida;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni (ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishda;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kafolatlar berishda;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 26-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat” degan soʻzlar “pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 54-banddagi “roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr” degan soʻzlar “roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 1-ilovaning 5-bandidagi “Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat” degan soʻzlar “Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 10/22/2925-7/0568-son)