20.06.2022 yildagi PQ-287-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻl jangi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻl jangi sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari oʻrtasida yanada ommalashtirish, soha uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi boʻyicha 10 ming nafardan ortiq yoshlar va harbiy xizmatchilar (xodimlar) sport mashgʻulotlari bilan muntazam shugʻullanib kelayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi boʻyicha 230 nafar Oʻzbekiston sport ustalari va 60 nafar Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustalari yetishib chiqqanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi oʻzida boks, taekvondo, kurash, karate, sambo, ushu kabi sport turlarini jamlaganligi va soʻnggi yillarda boshqa anʼanaviy sport turlariga nisbatan keng ommalashib borayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi respublikaning huquqni muhofaza qilish organlari va “Dinamo” jismoniy tarbiya sport jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari orasida har yili oʻtkaziladigan “Armiya oʻyinlari” dasturiga kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoʻl jangi sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi boʻyicha tizimli ravishda musobaqalar oʻtkazish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangini yanada ommalashtirish, bu borada yoshlarni sport klublari, sport maktablarining seksiyalari va toʻgaraklariga keng jalb etish hamda shu orqali sportchilarning jinoyatlarni sodir etish va jinoiy guruhlarga qoʻshilib ketishining oldini olish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi boʻyicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangini ham ustuvor sport turi sifatida Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangini Qurolli Kuchlar xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda aholi oʻrtasida, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining 2023-yildan boshlab anʼanaviy tarzda qoʻl jangi sport turi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Toshkent shahrida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan Qurolli Kuchlar chempionatini hamda oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida qahramonlik va jasorat koʻrsatib, halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bagʻishlangan Xotira turnirini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Namangan shahrida professional sportchilar oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turnirini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har ikki yilda bir marotaba Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida yoshlar oʻrtasida “Amir Temur kubogi” xalqaro turnirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi (R. Djurayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro turnirlarda mahalliy sportchilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan kuchli xalqaro sportchilar, trenerlar va hakamlarning ishtirokini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni oʻtkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va turizm vazirligi (O. Nazarbekov) yuqoridagi musobaqalar va turnirlarni turistik marshrutlar obyektlari roʻyxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi (R. Djurayev):
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda qoʻl jangi boʻyicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish rejasini tasdiqlasin va uning amalga oshirilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablarida qoʻl jangi boʻyicha taniqli va faxriy sportchilar hamda trenerlar ishtirokida seminar, trening, mahorat saboqlarini tashkil etsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har bir hududning bitta tuman (shahar)ida qoʻl jangini ustuvor sport turi sifatida belgilasin hamda uni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar)da qoʻl jangi boʻyicha sport bazalarini tashkil etish yoki mavjudlarini ushbu sport turiga qayta ixtisoslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar)da qoʻl jangini ommalashtirish maqsadida mahalliy budjetlarning qoldiq mablagʻlari va daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan mablagʻ yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi hududiy boʻlinmalarining moliyaviy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) joylardagi rahbar kadrlar orasidan nomzodlarni Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi hududiy boʻlinmalarining raisi lavozimiga tavsiya etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) 2022-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasini maʼmuriy bino bilan, shuningdek, qoʻl jangi boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolarining oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish uchun sport bazasi bilan tekin foydalanish huquqi asosida taʼminlash choralarini koʻrsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi tomonidan sport bazalariga metodik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi tomonidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, oʻquv mashgʻulotlari va musobaqalarni oʻtkazish uchun ochiq turdagi sport maydoni va sport zallaridan foydalanish belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoʻl jangi sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha manzilli chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Milliy gvardiya (R. Djurayev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev), Davlat bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bir oy muddatda Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga qoʻl jangini kiritish, shuningdek, tizim xizmatchilari va xodimlari orasida mazkur sport turini keng targʻib qilish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi (R. Djurayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) hamda Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻl jangi sport turini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirishga qaratilgan targʻibot dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi boʻyicha maqolalar yozish va eʼlon qilish, shuningdek, maxsus roliklar tayyorlash va efirga uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faxriy ustozlar va nufuzli musobaqalar gʻoliblari ishtirokida turkum telekoʻrsatuvlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl jangi boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish jarayonlarini hamda ularda erishilgan yutuqlarni keng yoritish va targʻib qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy telekanallar, ommaviy axborot vositalari va boshqa kommunikatsiya manbalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalari, qoʻl jangi sport turi boʻyicha maʼlumotlarni keng yoritib borish ishlarini amalga oshirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev belgilansin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-287-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyundagi PQ-287-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻl jangi sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha manzilli chora-tadbirlar dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Yoshlar oʻrtasida qoʻl jangini keng targʻib qilish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida qoʻl jangi boʻyicha taniqli va faxriy sportchilar hamda trenerlar ishtirokida seminar, trening, mahorat saboqlarini tashkil etish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2022-yil avgust

Amalga oshirish — 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov)
,

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi

(R. Djurayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova)

2. Qoʻl jangi boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etish.

2023-yil aprel

Homiylik mablagʻlari

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi

(R. Djurayev),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov)

3. Hududlarda, tuman (shahar) markazlarida, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, istirohat bogʻlarida va boshqa maskanlarda “Qoʻl jangi sport turi kuni”ni keng nishonlash.

Har yili 23-mart

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
(X. Umarova)
,

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi

(R. Djurayev)

2.

Qoʻl jangi boʻyicha xalqaro va respublika musobaqalarini oʻtkazish.

1. Har yili 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan Qurolli Kuchlar chempionatini hamda xizmat vazifasini bajarish chogʻida qahramonlik va jasorat koʻrsatib, halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bagʻishlangan Xotira turnirini tashkil etish.

2023-yil yanvar, aprel

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi

(R. Djurayev),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov)
,

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)
,

Madaniyat va turizm vazirligi
(O. Nazarbekov)
,

Buxoro

(B. Zaripov),

Qashqadaryo

(M. Azimov),

Namangan

(Sh. Abdurazakov),

Samarqand

(E. Turdimov)

va Toshkent shahar
(Sh. Umurzakov)
hokimliklari

2. Har yili professional sportchilar oʻrtasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turnirini oʻtkazish.

2023-yil iyul

3. Har ikki yilda bir marotaba yoshlar oʻrtasida “Amir Temur kubogi” xalqaro turnirini oʻtkazish.

2024-yil aprel

3.

Qoʻl jangi boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolarining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash.

1. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga asosan qoʻl jangi boʻyicha musobaqalarni tizimli ravishda oʻtkazish.

2. Iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya), shuningdek, milliy terma jamoalar tarkibiga kiritish.

3. Nufuzli xalqaro musobaqalarda terma jamoa aʼzolarining ishtirokini taʼminlash.

2022-2023-yillar davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarida nazarda tutilgan mablagʻlar

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
(A. Ikramov)
,

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi

(R. Djurayev)

4.

Qoʻl jangi boʻyicha trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish.

1. Qoʻl jangi boʻyicha malaka oshirish kurslariga jalb qilinmagan trenerlar, hakamlar va mutaxassislarning roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2022-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Ikramov),

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi

(R. Djurayev)

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

2022-yil avgust

5.

Tuman (shahar)larda qoʻl jangi boʻyicha davlat-xususiy sheriklik asosida klublar faoliyatini tashkil etish.

1. Tadbirkorlik subyektlari va salohiyatli investorlar bilan qoʻl jangi boʻyicha klublarni tashkil qilish yuzasidan muzokaralar olib borish.

2. Tadbirkorlik subyektlari va salohiyatli investorlarga klublarni tashkil qilish boʻyicha har tomonlama koʻmak berish va klublar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi

(R. Djurayev),

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

(Z. Bozorov)

6.

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish.

1. Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasi va resurs imkoniyatlarini xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil avgust

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi

(R. Djurayev)

2. Xatlov natijalariga koʻra hududiy boʻlinmalarning moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga boʻsh turgan binolarni belgilangan tartibda ajratib berish.

2022-yil dekabr

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 07/22/287/0543-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)