Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.12.1997 yildagi 567-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT GEOLOGIYA QOʻMITASI VA YAPONIYANING METALL QAZIB OLUVCHI AGENTLIGINING BIRGALIKDAGI GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya Hukumatining begʻaraz yordami doirasida Davlat geologiya qoʻmitasining Yaponiyaning Metall qazib oluvchi Agentligi bilan birgalikdagi geologiya-qidiruv ishlari samarali oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Yaponiyaning Metall qazib oluvchi Agentligi bilan samarali hamkorlik qilishni taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 16-sentabrdagi 470-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan Yaponiya Agentligi bilan birgalikda Markaziy Qizilqumda geologiya-qidiruv ishlari oʻtkazilganligi, Sovutboy koni yuqori sathlarida qidiruv ishlari tugallanganligi va Bulutkon istiqbolli maydoni baholanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yaponiyaning Metall qazib oluvchi Agentligi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Yaponiya tomoniga geologiyaga oid zarur materiallarni taqdim etgan holda 1997—1999-yillarda Janubiy Nurota togʻi (Navoiy viloyati) hududida birgalikdagi geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish yuzasidan Davlat geologiya qoʻmitasining taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oltinsoy konida va unga tutash Janubiy Nurota togʻi mintaqasiga qiruvchi hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish uchun Yaponiya tomonidan oʻtkaziladigan valyuta tushumlarining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda sotishdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan loyihaning yaponiyalik qatnashchilari geologiya tadqiqotlari oʻtkazish hamda shaxsiy ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib keladigan asbob-uskunalar, materiallar, mol-mulklar va ikkita yengil avtomobil uchun soliqlar, boj poshlinalari va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaponiya guruhi aʼzolariga konsullik yigʻimlari undirmasdan koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat geologiya qoʻmitasining buyurtmanomasiga muvofiq yapon mutaxassislariga yigʻimlar va davlat poshlinasi undirmasdan koʻp martalik vizalar berilishini, ularning milliy pasportlari roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻlov asosida yapon guruhi aʼzolariga malakali xizmat koʻrsatilishini tashkil etishda koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
567-son