07.06.2022 yildagi KQ-360-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 07.06.2022 yildagi KQ-360-IV-son
Kuchga kirish sanasi
07.06.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilning may oyida oʻtkazilgan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi (bundan buyon matnda saylov deb yuritiladi) yakunlari toʻgʻrisidagi Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari T. Madumarovning axborotini eshitib va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi mazkur saylovning yuqori saviyada oʻtganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, saylov jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va saylovga oid qonun hujjatlari talablariga toʻliq rioya qilgan holda tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-320-IV-sonli Qaroriga asosan Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi respublika komissiyasi (bundan buyon matnda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) va hududiy komissiyalar tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tomonidan saylov jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar samarali tarzda muvofiqlashtirib borilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov jarayonlarini samarali tashkil va fuqarolarning saylash huquqini taʼminlash maqsadida 9 349 ta ishchi guruh tuzilib, har bir fuqarolar yigʻinida saylovni namunali tashkil etish va oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov jarayonlari haqida aholini oʻz vaqtida xabardor qilish va amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish maqsadida Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar huzuridagi axborot xizmatlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 10 mingdan ortiq material, shu jumladan teleradiokanallarda 1,8 mingga yaqin, bosma nashrlarda 400 dan ziyod, internet tarmogʻida esa 8,6 mingta material joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, saylov jarayonida qonuniylikni toʻliq taʼminlash maqsadida saylovni tashkil etish va oʻtkazishga oid 11 mingtadan ziyod materiallar joylarga oʻz vaqtida yetkazib berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinlari raisligiga faol, tashabbuskor, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, davlat organlarida, nodavlat notijorat tashkilotlarida, tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida malakasi yetarli, shuningdek, hayotiy tajribaga hamda aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan 26 910 nafar nomzod koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan 21 mln 204 ming nafardan ziyod fuqaroning 2 mln 10 ming nafari saylovda bevosita qatnashib, ovoz bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan saylovda saylangan 9 349 nafar fuqarolar yigini raisidan 6 272 nafari yoki 67,1 foizi ushbu lavozimlarga birinchi marta saylangan. Shuningdek, saylanganlarning 94,5 foizi oliy, 5,4 foizi oʻrta maxsus, 0,8 foizi oʻrta maʼlumotga ega. Ularning 11,8 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla institutining faoliyatini yanada rivojlantirish, uning jamiyatdagi nufuzini oshirish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni kuchaytirish maqsadida “Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari T. Madumarovning 2022-yil may oyida oʻtkazilgan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi respublika komissiyasi (T. Madumarov, A. Tursunov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda saylov yakunlarini tahlil qilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, shu jumladan mahallalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda, oʻzlariga biriktirilgan hududlarga chiqib boʻshab qolgan oʻrinlarga saylov oʻtkazilishini tashkil etsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Respublika komissiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda saylov yakunlari ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda 9 349 ta mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahallalar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ish rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda fuqarolar yigʻinlari raislari uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini jalb etgan holda tegishli dasturlar asosida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla raislari saylovlarini tashkil etish va oʻtkazishda faol ishtirok etgan koʻmaklashuvchi komissiyalar va ishchi guruh aʼzolarini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda saylov yakunlarini tanqidiy tahlil qilib, fuqarolar yigʻinlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga hamda ularning nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va oʻz sessiyalarida tasdiqlash hamda uning ijrosini nazorat qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda fuqarolar yigʻini kengashlarini shakllantirish, fuqarolar yigʻinlari raislarining maslahatchilarini, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyalar saylanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli fuqarolar yigʻinlarida saylov oʻtkazilishini taʼminlasin va har chorakda Respublika komissiyasiga maʼlumot taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda mahalla institutining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi respublika komissiyasi (T. Madumarov, A. Tursunov) ushbu Qaror ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan axborotni 2022-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. Umarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-360-IV-son