28.05.2022 yildagi SQ-544-IV-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 21-oktabrdagi SQ-412-IV-sonli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javobni muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar bajarilganligini qayd etadi.