28.05.2022 yildagi SQ-545-IV-son
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 707-sonli qarori bilan veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, blogerga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibi joriy qilingan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 4-fevraldagi SQ-479-IV-sonli Qarori bilan Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javobni ko‘rib chiqib, Oliy Majlis Senati bu borada yetarli darajada ishlar amalga oshirilmaganini qayd etadi.