23.05.2022 yildagi 2138-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 23.05.2022 yildagi 2138-IV-son
Kuchga kirish sanasi
23.05.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning organlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish borasidagi ishlarning holati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari O. Tojiyevning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning organlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish borasidagi ishlarning holati toʻgʻrisida”gi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qonunchilik palatasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash hamda uni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda deputatlar korpusining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati haqida jamoatchilikka ishonchli va tezkor axborot yetkazishga ustuvor vazifa sifatida qaralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va uning organlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmoqlarida keng yoritib borish, dolzarb masalalar yuzasidan deputatlarning tezkor va xolis munosabatlarini tashkil etish hamda qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini xalqchil uslubda yetkazishga alohida eʼtibor berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qonunchilik palatasining 22 ta majlisi, shu jumladan 3 ta “hukumat soati” ommaviy axborot vositalarida keng va batafsil yoritilgan, 17 ta matbuot anjumani, 14 ta brifing oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan Qonunchilik palatasi va deputatlar faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan davlat va nodavlat telekanallarda 4 374-marta, radiokanallarda 5 197-marta koʻrsatuv, eshittirish, intervyu, axborot lavhalari va reportajlar tayyorlanib, efirga uzatilishi tashkil qilingan. Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida 908 ta, boshqa Internet jahon axborot tarmogʻi saytlarida 2 218 ta, bosma matbuot nashrlarida esa 1 175 ta maqola va axborot eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi faoliyati toʻgʻrisida tayyorlangan 1 966 ta media mahsulot, shu jumladan 120 ta videorolik, 83 ta intervyu “Telegram”, “Facebook”, “Instagram”, “YouTube” kabi ijtimoiy tarmoqlardagi palataning rasmiy sahifalariga joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari oʻtgan davrda Markaz tomonidan zamonaviy media loyihalar, xususan, “Aksent reportaj” loyihasining 49 ta, “Backstage” loyihasining 4 ta, “Aksent dayjest” loyihasining 47 ta, “Deputat munosabati” loyihasining 23 ta, “Motiv” loyihasining 11 ta, “Markaziy Osiyo Markazida” loyihasining 6 ta, “Aksent Live” loyihasining 8 ta soni tayyorlanib eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga oʻtgan davrda Qonunchilik palatasi faoliyatining ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmoqlarida keng yoritib borilishini hamda dolzarb masalalar yuzasidan deputatlarning chiqishlarini tashkil etish borasidagi ishlar tahlili hali bu borada eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan muayyan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, jamoatchilikning parlament faoliyatiga doir yangiliklardan keng foydalanishini taʼminlash maqsadida yangidan-yangi media loyihalarni taqdim qilib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek bugungi kunda Qonunchilik palatasi deputatlarining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini tashkil etishga qaratilgan uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qoʻmitalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorlikda har chorak yakuni boʻyicha matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil etish hamda ushbu tadbirlarda jurnalistlarning ishtirokini taʼminlash maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari O. Tojiyevning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning organlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish borasidagi ishlarning holati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, deputatlar korpusi faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikka oʻz vaqtida, tezkor va xolis axborot yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilikning Qonunchilik palatasi faoliyatiga doir yangiliklardan keng foydalanishini taʼminlashga qaratilgan yangi media loyihalarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi deputatlarining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarini tashkil etish yuzasidan uslubiy tavsiyalar loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorlikda ularning faoliyati yuzasidan matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil etib borish hamda ushbu tadbirlarda jurnalistlarning ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻladigan masalalar yuzasidan tezkor va xolis munosabat bildirishida ularga yaqindan koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyevning zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 23-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2138-IV-son