Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2021-yil 18-noyabrda Toshkent shahrida va 2021-yil 19-noyabrda Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasidagi yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida axborot almashish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Rossiya tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-may,
PQ-260-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2022-y., 07/22/260/0453-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)