18.05.2022 yildagi PQ-247-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son hamda 2022-yil 21-yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-54-son Farmonlariga muvofiq, shuningdek, respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-247-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-247-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3895-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning uchinchi — yettinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mavjud boʻlsa, ularning konsepsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vaqtida Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga ushbu yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala ham kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi funksiyalarini bajarish, “Business city” markazlari hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida davlat unitar korxonasi shaklida “Business city” markazlari hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb yuritiladi) tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlarini batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqishni tashkil etish yetakchi mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari jalb etilgan holda Direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari barpo etiladigan yer uchastkalarini belgilangan tartibda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish bosh rejaga asosan qurilishning tegishli bosqichini boshlash oldidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq qoplangandan soʻng amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududidagi umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari bosh rejaga muvofiq infratuzilma obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barpo etish uchun Direksiyaga va (yoki) ushbu obyektlarni qurish, saqlash va foydalanish vazifasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududida bosh rejaga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun, shu jumladan koʻp kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari elektron onlayn-auksionda “Business city” markazlarining konsepsiyasi, bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasida nazarda tutilgan obyektlarni barpo etish sharti bilan lotlarga boʻlingan holda realizatsiya qilinadi, bunda har bir lot boʻyicha loyihaning taxminiy tavsifi va arxitektura qiyofasiga, foydalanishga topshirish muddatiga talablar belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududida yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda) Direksiyaga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududida obyektlarni qurish investorlarning mablagʻlari, shu jumladan homiylik xayriyalari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga loyihalashtirish shartlarini belgilash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlarini amalga oshirish usullarini mustaqil tanlash, shuningdek, eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan ishlarni bajaruvchilarni, loyiha tashkilotlarini belgilash huquqi beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlarni ular qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida “Business city” markazlarining konsepsiyalarini ilova qilgan holda oʻz rasmiy saytida eʼlon qilinishini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi “mahalliy budjeti mablagʻlari” soʻzlaridan keyin “Direksiya,” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “xarajatlar investorlarga beriladigan yer uchastkalari oʻlchamlariga qarab mutanosib ulushlarda investorlardan tushadigan mablagʻlar” soʻzlari “xarajatlar, Direksiyani saqlash va xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari investorlarga yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan direksiyalarga tushgan mablagʻlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Business city” markazlari qurilishi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) 2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar — mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudratchi va bosh loyiha tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar-norezidentlar — ham doimiy muassasa, ham Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov manbasi orqali olinadigan daromadlar boʻyicha foyda soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiyalar, investorlar, bosh pudrat tashkilotlari — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, metall konstruksiyalar uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) direksiyalar “Business city” markazlari faoliyat koʻrsatishining butun davrida soliqlarning barcha turlari va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) direksiyalar, investorlar, bosh pudratchi, subpudrat va bosh loyiha tashkilotlari tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga hisoblanadigan daromad soligʻining stavkasi uch yildan oshmagan muddatga 50 foizga kamaytirilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 461-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
““Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
““Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida tashkil etiladigan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari (keyingi oʻrinlarda “Business city” markazlari deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi — tuman va shahar markazlarining meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, ularning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, asosiy turizm yoʻnalishlarida zamonaviy obyektlar qurish, shuningdek, koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarori asosida chegaralari aniq belgilangan holda tashkil etiladigan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi konsepsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan “Business city” markazining batafsil qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi bosh rejasi va asosiy koʻrsatkichlari aniq yoritilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya — buyurtmachi funksiyalarini bajarish, “Business city” markazlari hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadigan namunaviy tarkibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tashkil etiladigan kollegial organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori — “Business city” markazlari hududidagi yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionda qatnashish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan yuridik va jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi investori (keyingi oʻrinlarda — Investor) — “Business city” markazi hududida qurilish va (yoki) boshqa faoliyatni amalga oshiradigan, yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali qoʻlga kiritgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) — Direksiya bilan Investor (investorlar) oʻrtasida tuziladigan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi lotlari — “Business city” markazi hududidagi yer uchastkalarining ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq tegishli boʻlaklarga ajratilgan qismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion — Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovada belgilangan tartibda oʻtkaziladigan auksion;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlari — Investorning investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan majburiyatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Business city” markazlari hududida yer uchastkalaring “Business city” markazi konsepsiyasi asosida lotlarga boʻlinishi, elektron onlayn-auksionga chiqarilishi, investitsiya majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etish Direksiyaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli shaharni (tumanni) rivojlantirish konsepsiyasi va tasdiqlangan bosh rejasiga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud turar joy, noturar bino va inshootlarni buzish, ichki muhandislik va transport kommunikatsiyalari tarmoqlarini barpo etish, umumiy foydalaniladigan joylarni obodonlashtirish uchun eng kam sarf-xarajatlarni amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib, mazkur hududlarning chegaralarini aniq koʻrsatgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Business city” markazlarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mavjud boʻlsa, ularning konsepsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vaqtida Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) ushbu yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala ham kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan oʻn kun muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Kadastr agentligining tegishli xulosalarini olgan holda, “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni amalga oshirish istiqbollari oʻrganib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat komissiyasining qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga bir kun ichida axborot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda unga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat komissiyasi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati manfaatdor tashkilotlar bilan birga oʻn kun muddatda “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni kelishish Vazirlar Mahkamasining “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari faoliyatini tashkil etishda mazkur qaror talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli markazni “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori asosida uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini hamda ushbu markazlar hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ikki oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Kadastr agentligining tegishli xulosalari asosida mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan “Business city” markazining batafsil qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi va asosiy koʻrsatkichlari aniq yoritilgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Business city” markazi hududini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va yer fondi toifasi oʻzgartirilmagan yangi yer uchastkalari hisobiga kengaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan uch kun muddatda “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beriladi hamda kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Business city” markazi hududida yer uchastkalarini ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish shartlarini belgilash maqsadida Direksiya bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi, turar joylar, noturar bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun zarur boʻladigan xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb etilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasiga muvofiq tanlangan hududni tegishli lotlarga ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yer uchastkalarini belgilangan tartibda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish bosh rejaga asosan qurilishning tegishli bosqichini boshlash oldidan, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq qoplangandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari bosh rejaga muvofiq infratuzilma obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barpo etish uchun Direksiyaga va (yoki) ushbu obyektlarni qurish, saqlash va foydalanish vazifasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bosh rejaga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun, shu jumladan koʻp kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yer uchastkalari elektron onlayn-auksionda “Business city” markazlarining konsepsiyasi, bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasida nazarda tutilgan obyektlarni barpo etish sharti bilan lotlarga boʻlingan holda realizatsiya qilinadi, bunda har bir lot boʻyicha loyihaning taxminiy tavsifi va arxitektura qiyofasiga, foydalanishga topshirish muddatiga talablar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan tushumlar (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovaning 39-bandi “a” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar chegirib qolingan holda) Direksiyaga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududning ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq ajratilgan lotlari soni Direksiya tomonidan aniqlashtiriladi hamda bir hafta muddatda Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqib, tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni elektron onlayn-aukson gʻoliblariga rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini ajratish materiallarini Komissiya aʼzolari boʻlgan tashkilotlar bilan kelishish talab etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga huquq turini (mulk huquqi yoki ijara huquqi) belgilash tuman (shahar) hokimliklari tomonidan Direksiyaning taklifi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Auksionoldi barcha jarayonlar amalga oshirilgandan soʻng Direksiya tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
besh kun muddatda oʻz rasmiy veb-saytida “Business city” markazining konsepsiyasi joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “Business city” markazi qurilishi boʻyicha elektron onlayn-auksion toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali “Business city” markazi qurilishi boʻyicha elektron onlayn-auksion toʻgʻrisida xorijiy davlatlarda targʻibot ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Investitsiya shartnomasini tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Direksiya elektron onlayn-auksion gʻolibi aniqlangandan soʻng besh kun muddatda ingliz, oʻzbek va rus tillarida investitsiya shartnomasi loyihasini tayyorlaydi hamda koʻrib chiqish va kelishish (imzolash) uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Investorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya shartnomasi savdo platformasida elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Investor va Direksiya oʻrtasida investitsiya shartnomasi rasmiylashtiriladi hamda ushbu Investor “Business city” markazi investorlari roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq boʻlishi hamda quyidagi asosiy qismlardan iborat boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning tavsifi va arxitektura qiyofasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari hamda ushbu yer uchastkalarida joylashadigan obyektlardan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va texnik nazorat oʻrnatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha hisobot topshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya shartnomasi shartlari buzilganligi uchun taraflarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya shartnomasining amal qilishini toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni hal etish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim loyihalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, shartnomada alohida shartlar koʻzda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Zaruratga koʻra, investitsiya shartnomasining alohida shartlarini kelishish maqsadida Direksiya va Investor oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Loyiha tashabbuskori va Direksiya oʻrtasida “Business city” markazi hududida rasmiylashtirilgan investitsiya shartnomasi belgilangan tartibda tegishli Direksiyada roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya shartnomasi roʻyxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Investor quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat ekspertizasining ijobiy xulosasini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt qurilishi boʻyicha pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish uchastkasi hududini maxsus toʻsiqlar bilan oʻrab olish hamda hududda qurilish ishlari olib borilayotganligi toʻgʻrisida ogohlantirish belgilarini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchilarning qurilish hududida ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash uchun Direksiyaga haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan, bajarilishi zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Investorning shartnoma asosida olgan huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga berishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, investitsiya shartnomasi taraflarini almashtirish toʻgʻrisida kelishuv tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Direksiya faoliyatini moliyalashtirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassis tomonidan ajratilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash uchun investorlar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Direksiya mablagʻlaridan “Business city” markazlarini qurish, shuningdek, ularning qurilishi munosabati bilan ushbu tuman va shahar markazlarining boshqa qismlarini rivojlantirish bilan bogʻliq quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi, turar joylar, noturar bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydon ichki tarmoqlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazining konsepsiyasida koʻrsatilgan va Komissiya qarorlarida Direksiya mablagʻlari hisobidan qurib topshirilishi belgilangan davlat mulkidagi ijtimoiy obyektlarni qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlari oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyani saqlash va xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Taraflarning investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarmasligi bilan bogʻliq nizolar oʻzaro kelishuv yoki sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Investor tomonidan investitsiya shartnomasida belgilangan majburiyatlarning bajarilmasligi bitimni va “Business city” markazi investori maqomini bekor qilishga asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan majburiyatlarning bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda ijara huquqi bilan berilgan yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda va oqilona foydalanilayotganligini baholash uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Direksiya loyiha tashabbuskori “Business city” markazi investori sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan chiqarilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida, bu haqda davlat soliq organlarini va boshqa manfaatdor tashkilotlarni, shuningdek roʻyxatdan chiqarilgan kunda darhol davlat bojxona organlarini xabardor qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
““Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini barpo etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi

2.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi

4.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi

5.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

6.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi

7.

(lavozimiga koʻra)

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi

8.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi

9.

(lavozimiga koʻra)

“Hududiy elektr tarmoqlari” va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari

10.

(lavozimiga koʻra)

“Business city” markazini qurish va undan foydalanish direksiyasi rahbari, Komissiya ishchi organi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi. Zaruratga koʻra, Komissiya tarkibiga boshqa tashkilotlar ham jalb qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Nukus city” biznes markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Bukhara city” ishbilarmonlik markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Nurafshon business city” ishbilarmonlik markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Daryo boʻyi business city” tadbirkorlik markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Mirzo Ulugʻbek business city” tadbirkorlik markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Yunusobod business city” tadbirkorlik markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Olmazor business city” tadbirkorlik markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Yangi Oʻzbekiston koʻchasi” ishbilarmonlik markazi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyuldagi “Buxoro shahrida “Bukhara city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 565-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
““Bukhara City” majmuasi hududida obyektlar qurish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3895-son qarorining 2-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshidagi “yer uchastkalari oʻlchamlariga qarab, mutanosib ulushlarda investorlar” soʻzlari “Direksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi xatboshi “qoʻshimcha manbalari” soʻzlaridan keyin “, Direksiya mablagʻlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-bandning beshinchi xatboshisidagi “zarar, ularning talabiga koʻra, belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻlar va kreditlar berish, yer uchastkasi (zaruratga koʻra, kelishilgan holda qoʻshimcha yer uchastkasi) yoki boʻsh bino va inshootlar ajratish orqali” soʻzlari “zarar qonunchilikda belgilangan tartibda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son)