Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qaroriga
ILOVA|
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Muddat |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
|
1. Oilada va taʼlim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish | ||||
|
1. |
Ota-onalar oʻrtasida umumtaʼlim maktablariga bolalarni qabul qilish, bir maktabning oʻzida bolani bir sinfdan boshqasiga oʻtkazish yoki bir ma�tabdan boshqa maktabga koʻchirish tartiblari hamda umumtaʼlim maktablari faoliyatiga doir boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilish. |
Davra suhbatlari, uchrashuvlar |
2022-yil 30-avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
2. |
bolahuquqlari.uz portalini bolalarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan qiziqarli, yangi interaktiv oʻyinlar bilan boyitish va portaldan bolalarning foydalanish qamrovini kengaytirish choralarini koʻrish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 20-sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
3. |
Fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida Umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish uchun mavjud platformani modernizatsiya qilish. |
Platformani modernizatsiya qilish |
2022-yil 20-sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
4. |
Oila davrasida foydalanish uchun bola tugʻilganidan boshlab toki umumtaʼlim maktabini tugatguniga qadar kirishiladigan ijtimoiy munosabatlarni oʻzida mujassam etgan huquqiy qoʻllanma tayyorlash va bepul tarqatish. |
Qoʻllanma |
2022-yil 20-oktabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
5. |
Bolalar uchun huquqiy mavzularda, jumladan darslarga muntazam qatnashish, jamiyatda oʻrnatilgan qoidalarga rioya etish va ularni hurmat qilish mavzularida multfilmlar tayyorlash va tarqatish. |
Multfilm |
2022-yil 30-dekabr, |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
6. |
Oilalardagi notinchlik, zoʻravonlikning bolalar tarbiyasidagi salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va televideniye orqali tarqatish. |
Ijtimoiy videorolik |
2022-2023-yillarda har chorakda kamida 2-marta |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
7. |
Mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun berilgan imtiyozlar, moddiy yordam, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik bir martalik ish bilan band boʻlish, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
Manzilli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish |
2022-2023-yillarda har oyda kamida 2-marta |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
8. |
Umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda tasdiqlangan tartib asosida imtihonni oʻtkazish. |
Idoraviy hujjat qabul qilish |
2022-yil 1-dekabr, |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
9. |
Barcha darajadagi taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, unda belgilab berilgan fuqarolarning huquq va burchlari, davlat va jamiyat bilan bogʻliqning barcha jihatlarini tushuntirib borishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tashkil qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil 30-dekabr, |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
10. |
Barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun oʻquvchilarni taʼqib qilishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilovchi namunaviy nizomni ishlab chiqish hamda har bir maktab ichki qoidalaridan kelib chiqib, oʻzlarining namunaviy nizomini qabul qilish. |
Namunaviy nizom |
2022-yil 1-sentabrdan boshlab |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
11. |
Pedagogik oliy taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni taʼqib qilishga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha kurslar kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-sentabrdan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
12. |
Oʻquvchilarni taʼqib qilishga qarshi kurashish boʻyicha qisqa metrajli filmlar, multfilmlar yaratish va efirga uzatish. |
Qisqa metrajli filmlar, multfilmlar |
2022-yil 20-iyul |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev) |
|
13. |
Taʼlim muassasalarida majburiy mehnatning har qanday koʻrinishlarining oldini olish choralari va bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik, majburiy mehnat uchun javobgarlik choralari boʻyicha koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
Targʻibot tadbirlari |
2022-yil may — dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) |
|
14. |
Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun taʼlim jarayonlari, stipendiya olish, yotoqxona bilan taʼminlanish, taʼlim kreditlari, toʻlov-kontrakt turlari, oʻqishdan chetlashtirish, oʻqishni qayta tiklash, akademik taʼtil olish hamda oliy taʼlim bilan bogʻliq boshqa jarayonlarni qamrab olgan maxsus qoʻllanma tayyorlash va tarqatish. |
Qoʻllanma |
2022-yil 20-iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
15. |
Oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan insholartanlovini oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2022-yil noyabr-dekabr |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
16. |
Yoshlar oʻrtasida huquqiy nigilizm holatlarini bartaraf qilish, ularda huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun salbiy illat ekanligiga oid dunyoqarash shakllanishini targʻib qilishga qaratilgan kompleks targʻibot tadbirlarini tashkil qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda tegishli maʼlumotlarni infografika va komiks shaklda yoshlarga yetkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar, infografika, komikslar tayyorlash va tarqatish |
2022-yil 30-dekabr, |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
17. |
Taʼlim muassasalarida yoshlarni oʻz huquqiy savodxonligini yuksak darajada shakllantirish va oshirishdek ezgu maqsadlar atrofida birlashtiruvchi “Huquq oyligi”ni oʻtkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil 1-iyul |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
18. |
Umumtaʼlim va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida konstitutsiyaviy huquq, huquqshunoslik fanlaridan tanlovlar va olimpiadalar oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash. |
Tanlovlar va olimpiadalar |
2022-yil 20-noyabr, |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
19. |
Oliy taʼlim muassasalari hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazlarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” oʻquv kurslarini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil 1-sentabrdan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
20. |
Bolalar uchun ularning huquqlari va odob-axloq normalari haqida maʼlumot beruvchi audio va videomateriallar tayyorlash va tarqatish. |
Audio va videomateriallar |
2022-yil may — dekabr (har oyda kamida 2 ta material) |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) |
|
21. |
“Bolalar uchun yuridik ensiklopediya”, “Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya”, “Har kunlik huquq” kabi huquqiy kitoblarni umumtaʼlim muassasalarida oʻquv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan qoʻllanmalar roʻyxatiga kiritish va mazkur huquqiy adabiyotlarni umumtaʼlim muassasalariga bepul yetkazib berish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yi� 20-iyun |
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
22. |
Bolalar va yoshlar uchun ularning yoʻl harakati ishtirokchisi sifatidagi huquq va majburiyatlarini oʻzida mujassam etgan koʻrgazmali qoʻllanma tayyorlash va tarqatish. |
Koʻrgazmali qoʻllanma |
2022-yil 1-avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
2. Davlat �rganlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
|
23. |
Davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning mehnat huquqi, huquqbuzarliklarning oldini olish, shartnomalar va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarini kuchaytirishga qaratilgan: |
Idoraviy hujjat asosida huquqiy oyliklarni oʻtkazish |
2022-2023-yillar |
Vazirlik va idoralar |
|
“Huquqiy savodxonlik oyligi”; |
20-iyun | |||
|
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”; |
20-noyabr | |||
|
“Konstitutsiyaviy huquq oyligi”ni oʻtkazish. |
20-dekabr | |||
|
24. |
Davlat organlari va tashkilotlarida faol, jamoatchilik bilan ishlash koʻnikmalariga ega huquqiy targʻibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonunchilik hujjatlari normalarining xodimlar oʻrtasida va keng jamoatchilik oʻrtasida tizimli ravishda targʻibot qilinishini taʼminlash. |
Idoraviy hujjat asosida guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish |
2022-yil 1-iyul |
Vazirlik va idoralar |
|
25. |
Davlat tashkilotlari xodimlari huquqiy savodxonligiga oid minimal talablar boʻyicha oʻquv dasturini mustaqil ravishda oʻzlashtirib borish va ularni baholash orqali huquqiy bilimlarini oshirib borish. |
Oʻquv kurslari |
2022-yil 30-dekabr, |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
26. |
Davlat xizmatining yagona elektron-axborot tahlil tizimidan foydalangan holda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish boʻyicha oʻqitish va baholash ishlarini monitoringini yuritish. Bunda: baholash natijalari past boʻlgan davlat organlari va tashkilotlariga joyiga chiqqan holda muammolarni oʻrganish, ularga uslubiy koʻrsatmalar berish, huquqiy savodxonlikni oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish; past baho qayd etgan xodimlar bilan individual ishlash choralarini koʻrish nazarda tutiladi. |
Monitoring, tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillar davomida (har 6 oyda bir marta) |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
27. |
Davlat tashkilotlari xodimlari oʻrtasida “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazish. Bunda davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida (yuridik xizmati va oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan xodimlardan tashqari) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda huquqiy-mantiqiy yoʻnalishlarda bir necha bosqichli intellektual oʻyin oʻtkaziladi. |
Intellektual oʻyin |
2022-yil 30-dekabr, |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
28. |
Davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga masʼul xodimlari uchun huquqiy targʻibotni amalga oshirishning innovatsion usullari, zamonaviy yondashuvlarni qamrab olgan oʻquv-seminar oʻtkazish. |
Oʻquv-seminar |
2022-yil 30-sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
29. |
Qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlarni davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga har haftada yetkazib berishni nazarda tutuvchi videoroliklar tasvirga olish va tarqatish. |
Videoroliklar |
2022-2023-yillarda doimiy ravishda |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
30. |
Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazish, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali huquqiy targʻibotni amalga oshirish boʻyicha uslubiy qoʻllanma tayyorlash va tarqatish. |
Uslubiy qoʻllanma |
2022-yil 20-noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
31. |
Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash, fuqarolarni qabul qilish tartibini qamrab olgan qoʻllanma tayyorlash. |
Huquqiy qoʻlla�ma |
2023-yil 20-yanvar |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
3. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish | ||||
|
32. |
Aholining huquqiy axborotga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib, jumladan Xalq qabulxonalariga va 1008 ishonch telefoniga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, aholida eng koʻp uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlab ushbu yoʻnalishda targʻibot materiallarini (buklet, infografika, videorolik, slayd, annotatsiya, komiks) tayyorlash va sohaga masʼul davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek hududiy adliya organlari orqali huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish. |
Manzilli targʻibot tadbirlari |
2022-yil 30-may, |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
33. |
Aholining turli muammolarini oʻrganish, ularga bepul huquqiy maslahat va koʻmak berish maqsadida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
Huquqiy targʻibot tadbirlari |
2022-2023-yillarda doimiy ravishda |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
34. |
Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va tahlil natijasiga koʻra manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirish uchun targʻibot materiallarini tayyorlash va masʼul davlat organlariga yetkazgan holda aholiga qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish boʻyicha choralar koʻrish. |
Murojaatlar tahlili |
2022-2023-yillarda har chorakda |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
35. |
Xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish tartibi, noqonuniy migratsiya oqibatlari toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish. |
Targʻibot materiallari tayyorlash Manzilli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish |
2022-2023-yillarda har oyda kamida ikki marta |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Husanov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
36. |
Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻlmagan xotin-qizlar uchun “Ayollarga huquqiy madad” nomli qoʻllanma tayyorlash va tarqatish. |
Qoʻllanma |
2022-yil 20-iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
37. |
Kundalik hayotda eng koʻp zarur boʻlgan davlat xizmatlaridan foydalanish, murojaat qilish, kerakli hujjatlar va ularni tayyorlash, shuningdek, davlat xizmatlaridan onlayn Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari toʻgʻrisida axborot beruvchi mediamateriallar (videoroliklar, animatsiyalar, infografikalar) tayyorlash va tarqatish. |
Videoroliklar, animatsiyalar, infografikalar |
2022-yil 1-iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
38. |
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”mavzusida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-2023-yillarda har oyda kamida 2-marta |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
39. |
Aholini qiynab kelayotgan masalalarni sohalar kesimida tahlil qilish va tahlil natijalariga koʻra soha mutaxassislari ishtirokida huquqiy tushuntirish beruvchi videoroliklar tayyorlash va tarqatish. |
Videoroliklar |
2022-yilda reja-grafik asosida |
Adliya vazirligi (R. Davletov), vazirlik va idoralar |
|
40. |
Yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan teleradiodasturlarni efirga uzatish. |
Telekoʻrsatuvlar, reportajlar |
2022-2023-yillarda har oyda kamida 3-marta |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
41. |
Shaxsiy ehtiyojlar hamda jamiyat ehtiyojlari oʻrtasidagi muvozanatning saqlanishga, aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlar yaratish va tizimli ravishda televideniye orqali berib borish. |
Qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllari |
2022-2023-yillarda har chorakda kamida 2-marta |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev) |
|
42. |
Yoʻl harakati qoidalariga rioya etish, yoʻl transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va tarqatish. |
Ijtimoiy videorolik, multfilmlar |
2022-2023-yillarda har chorakda kamida 2 ta |
Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
43. |
Xorijiy davlatlarga ishlashga borgan mehnat migrantlari uchun quyidagilarni nazarda tutuvchimaxsus qoʻllanma tayyorlash va maqsadli tarqatish: ogʻir vaziyatlarga tushib qolganda yordam olish uchun murojaat qilish manzillari va tartibi; tibbiy, moddiy va huquqiy yordam olishda birinchi galdagi koʻrsatmalar; mehnat migrantlariga Oʻzbekistonda berilayotgan imtiyozlar. |
Qoʻllanma |
2022-yil 1-iyul |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Husanov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
44. |
Taʼlim muassasalari pedagog xodimlari uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sizning huquqingiz” nomli qoʻllanma tayyorlash va elektron tarqatish: pedagog xodimlarning huquqlari va majburiyatlari; pedagog xodimlarning maqomi; majburiy mehnatning taqiqlanishi; oylik ish haqi, ustamalar, moddiy yordam va boshqa ragʻbatlantirish vositalari; taʼtillar, ish vaqti va dam olish vaqti. |
Qoʻllanma |
2022-yil 1-iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) |
|
45. |
Firibgarlikning oldini olishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda: firibgarlikka oid huquqbuzarliklarning joriy holatini tahlil qilish; firibgarlikning eng koʻp uchraydigan turlarini aniqlash; firibgarlik koʻp sodir etiladigan hududlar, shaxslar toifasini, yosh kategoriyalarini oʻrganish; firibgarlikning oldini olish boʻyicha eng samarali vositalarni, shu jumladan xorij tajribasini tahlil qilgan holda oʻrganish; firibgarlik boʻyicha ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari tadqiqotlarini oʻrganish; tahlil va oʻrganish natijalariga koʻra firibgarlikning oldini olish boʻyicha sohalar kesimida, “mahallabay” dastur ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil 1-avgust |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
46. |
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy loyihalar, xayriya aksiyalarini oʻtkazish (“Biz birgamiz”, “Ranglar dunyosi”). |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil 1-oktabr, |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) |
|
47. |
Milliy huquqiy Internet portalida qonunchilik hujjatlarida yoshlar uchun berilgan imtiyozlar, ulardan foydalanish tartibi va qayta aloqa oʻrnatish imkonini beruvchi modulini ishlab chiqish. |
Huquqiy portal moduli |
2023-yil 1-fevral |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
48. |
Tibbiyot muassasalari xodimlari uchun ularning huquq va majburiyatlarini oʻzida jamlagan sodda, xalqchil tilda yozilgan “Sizning huquqingiz” nomli qoʻllanma tayyorlash va tarqatish. |
Qoʻllanma |
2023-yil 1-sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) |
|
49. |
Aholi oʻrtasida elektr energiyasi, gaz taʼminoti, kommunal xizmatlardan foydalanish, mazkur yoʻnalishlarda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslikning oldini olishga qaratilgan koʻrgazmali targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-2023-yillarda har oyda kamida 3-marta |
Energetika vazirligi (A. Axmedxodjayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Hidoyatov) |
|
II. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish | ||||
|
50. |
Aholining barcha qatlami uchun moʻljallangan “Yuridik kutubxona” elektron tizimini va uning mobil ilovasini ishga tushirish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: yuridik adabiyotlar sohalar kesimida (fuqarolik, mehnat, jinoyat va boshqa) tizimga joylashtiriladi; foydalanuvchilar kitoblarni bepul koʻchirib olish, foydalanish, nusxa koʻchirish imkoniga ega boʻladi. |
Elektron tizim |
2023-yil 20-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
51. |
Mahallarlarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish. Bunda: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlinmalari tomonidan har oyda, oʻtgan oy davomida hududdagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarning turi, soni, shaxslar toifasi, yosh kategoriyasi koʻrsatilgan maʼlumotlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborish; tuman (shahar) darajasida har oyda bir marta, viloyat darajasida har chorakda bir marta hududda jinoyatchilikni oldini olish yuzasida olib borilayotgan ishlarni hamkorlikda muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish; taqdim etilgan maʼlumotlar tahlili hamda muhokamalar natijasida jinoyatlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oshgan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan hamkorlikda “mahallabay” huquqiy targʻibot dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish; jinoyatlar soni oshgan mahallalarda jinoyat sodir etilishi sabablari, bunga imkon bergan sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida aholisi oʻrtasida turli soʻrovnomalar oʻtkazish; mahalla aholisining mahallada jinoyatchilikni kamaytirish boʻyicha takliflarini oʻrganish; mahalla aholisining takliflari asosida jinoyatchilikni kamaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish; Adliya vazirligi tomonidan huquqiy targʻibot tadbirlari, soʻrovnomalar oʻtkazish natijalarida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha tayyorlangan takliflarni Ichki ishlar vazirligiga kiritib borish; amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan har olti oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), vazirlik va idoralar |
|
52. |
Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidan (Lex.uz) foydalanishda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga qulayliklar yaratish, jumladan, ovozli qidiruv modulini joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 20-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
53. |
“Huquqiy axborot” telegram kanalida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan, kanalda berib borilayotgan maʼlumotlar asosida huquqiy test savollarini oʻz ichiga olgan onlayn “Sovrinli viktorina” oʻtkazish. |
Onlayn viktorina |
2022-2023-yillarda har oyda kamida 2-marta |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
54. |
Ijtimoiy tarmoqlarda, telegram orqali aholini qiziqtirgan masalalar boʻyicha soha mutaxassislari ishtirokida ovozli suhbatlar oʻtkazish. Bunda ovozli suhbat oʻtkazilishi va uning mavzusi, mutaxassislar haqida oldindan eʼlon beriladi va aholidan mavzuga oid murojaatlar qabul qilinadi. Ovozli suhbat jarayonida fuqarolardan kelib tushgan va jarayonning oʻzida fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob beriladi. |
Ovozli suhbatlar |
2022-2023-yillarda har oyda kamida 1-marta |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
55. |
Hafta davomida qabul qilingan, davlat va jamiyat hayotidagi muhim qonunchilik hujjatlarini sodda, xalqchil tilda aholiga yetkazish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli videoroliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng aholiga yetkazish. |
Videoroliklar |
2022-2023-yillarda har oyda kamida 2-marta |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
56. |
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga huquqiy masalalar boʻyicha yechimlarni beruvchi e-maslahat.uz va b-advice.uz portallarini huquqiy materiallar bilan boyitish va qonunchilikdagi oʻzgartirishlar bilan muvofiq holda materiallarni yangilash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-2023-yillarda doimiy ravishda |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
57. |
“Legal-Tech” huquqiy platformasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va joylashtirish tizimini joriy qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil 1-may |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
58. |
“Huquqiy axborot” telegram kanali obunachilarini koʻpaytirishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturini ishlab chiqish va ijroga qaratish: kanalga yoʻnaltiruvchi QR-kodlarni yaratish va ularni har bir adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga joylashtirish; kanalni ommalashtirishga qaratilgan media materiallar tayyorlash va tarqatish; kanalda berilayotgan maʼlumotlarni doimiy ravishda tahlil qilgan holda aholini eng koʻp qiziqtirayotgan masalalarni aniqlash va ushbu yoʻnalishdagi axborotlarni koʻpaytirish; huquqiy axborotni tarqatish boʻyicha “Eng yaxshi innovatsion loyiha” oʻtkazish. |
Dastur asosida |
2022-yil 1-iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
59. |
“Gender Madad” huquqiy platformasini toʻliq ishga tushirish va platformada xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirish, jumladan qayta aloqa oʻrnatish mexanizmlarini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 20-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
60. |
“kurslar.huquqiyportal.uz” platformasida aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan onlayn kursalar sonini oshirish, jumladan yoʻl harakati ishtirokchilari, isteʼmolchilarning huquqlari, tadbirkorlik masalalari boʻyicha yangi kurslar ochish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil 20-yanvar |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
III. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish | ||||
|
61. |
Inson huquqlari boʻyicha professional jurnalistlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. |
Idoraviy hujjat |
2022-yil 1-iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
62. |
Jamiyatda roʻy berayotgan shov-shuvli voqea-hodisalarga zudlik bilan munosabat bildirib borish maqsadida “Voqea aslida qanday roʻy berdi?” rukni ostida ikkinchi tarafning fikrlari uchun maydon yaratish orqali ayni bir voqeaga salbiy fikrlarni kamaytirishga qaratilgan telekoʻrsatuv va reportajlar tayyorlash. |
Telekoʻrsatuv va reportaj |
2022-2023-yillarda har oyda kamida 2-marta va zaruratga koʻra |
Milliy tele�adiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
63. |
Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan eng yaxshi teleloyiha, radioloyiha tanlovlarini oʻtkazish |
Tanlovlar |
2022-yil 1-iyul |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
64. |
Jurnalistlar, ommaviy axborot vosital�ri xodimlari va blogerlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi post” kabi nominatsiyalar boʻyicha ijodiy ishlar tanlovlarini oʻtkazish, bunda gʻoliblarni aniqlash uchun materiallarni jamoatchilik ovoz berishiga qoʻyish nazarda tutiladi. |
Ijodiy ishlar tanlovlari |
2023-yil 1-mart |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
65. |
Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalarining roli, jurnalistlarning axborot tarqatishdagi huquq va majburiyatlariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. |
Konferensiya |
2023-yil 1-may |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
|
66. |
Aholining siyosiy-huquqiy yangiliklardan xabardorligini oshirish maqsadida “Huquqiy daqiqa”, “Huquqingizni bilasizmi?” radio loyihalarini tashkil etish va amalga oshirish. |
Radio eshittirishlar |
2022-yildan boshlab har oyda kamida 2-marta |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
67. |
Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlarning huquqiy bilimlarini mustaqil oshirish imkonini beruvchi qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilish. |
Oʻquv kurslari |
2022-yil 20-oktabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
|
68. |
Qonunchilik hujjatlarining ijrosi, aholining huquq va erkinliklarini taʼminlash holatini jamoatchilik nazorati shaklida yoritib beruvchi turkum koʻrsatuvlarni tasvirga olish va efirga uzatish. |
Turkum koʻrsatuvlar |
2022-yil sentyabrdan har oyda kamida 1-marta |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) |
|
69. |
Fuqarolarning kundalik hayotida kerak boʻladigan maʼlumotlarni qamrab olgan “Huquqiy test” teleloyihasini amalga oshirish. Bunda huquqiy testlar praym daqiqa vaqtida efirga uzatiladi. |
Teleloyiha |
2022-yil avgustdan har haftada kamida 3-marta |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
70. |
Aholi oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini yoritish maqsadida “Qilmish-qidirmish” nomi ostida real voqealarga asoslangan koʻrsatuvlarni tasvirga olish va efirga uzatish. |
Koʻrsatuvlar |
2022-yil 20-noyabr |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (Sh. Qudratxoʻja) Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
|
IV. Yuridik taʼlimni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish | ||||
|
71. |
Yuridik oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar bilan ishlash” mavzusini kiritish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik natijasida vujudga keladigan nizolarning sabablarini oʻrganish va oldini olish maqsadida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotini oʻrganish; ushbu mavzu boʻyicha oʻquv materiallarini tayyorlash; mavzuni yuridik oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga kiritish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil 20-avgust |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
72. |
Yuridik texnikum oʻquvchilarining intellektual salohiyatini oshirish maqsadida oʻquvchilar oʻrtasida “Idrok” intellektual oʻyinini oʻtkazish. |
Idoraviy hujjat |
2022-yil noyabr-dekabr, 2023-yil noyabr-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
73. |
Toshkent davlat yuridik universitetidagi mutaxassislik kafedralari huzurida ilmiy-tadqiqot markazlarini (“aql markazlari”ni) tashkil etish. |
Tashkiliy-texnik tadbirlar |
2022-yil 20-noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
74. |
Etuk mutaxassislarni jalb etgan holda yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini tayyorlash hamda mavjud adabiyotlarni amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olgan holda qayta tayyorlash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil 20-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
75. |
Yuridik sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirib kelayotgan tadqiqotchilar uchun onlayn xizmatlarni koʻrsatish imkonini beruvchi elektron platforma yaratish. |
Tashkiliy-texnik tadbirlar |
2022-yil 20-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
76. |
Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari va professor-oʻqituvchilarni malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlarga yuborish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-yil 30-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
V. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish | ||||
|
77. |
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni onlayn monitoring qilgan holda baholash va natijasi boʻyicha Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2022-2023-yillarda har 6 oyda |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
78. |
Jamiyatda aholining huquqiy savodxonligini oshirib borishni aniq koʻrsatkichlar asosida oʻrganib borish va baholash. |
Monitoring tadbirlari |
2022-2023-yillarda (yil yakunlari boʻyicha) |
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova) |
|
79. |
Inson huquqlari sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarining samaradorligini oshirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2022-2023-yillarda doimiy ravishda |
Oliy attestatsiya k�missiyasi (A. Yusupov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov) |
|
80. |
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda, “Huquqiy axborot” kanalida huquqiy axborotni yetkazish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazish va soʻrovnoma natijasiga koʻra axborot tarqatishni yoʻlga qoʻyish. |
Soʻrovnoma oʻtkazish |
2022-2023-yillarda har chorakda |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
81. |
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi amaliy ishlar samaradorligini oʻrganish maqsadida aniq hayotiy masalalar yuzasidan aholining huquqiy bilimini aniqlash boʻyicha soʻrovnomalar, shu jumladan elektron tarzda oʻtkazish, mazkur jarayonga bloger va ommaviy axborot vositalarini jalb qilish, “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasidagi dolz�rb vazifalar” mavzusidagi ijtimoiy tadqiqot va soʻrovlar oʻtkazish. |
Soʻrovlar, tadqiqot va tahlillar |
2022-yil 30-dekabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), vazirlik va idoralar |