29.04.2022 yildagi SQ-531-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Hisob palatasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, Hisob palatasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan davlat moliyaviy nazoratining sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha xalqaro standartlarga muvofiq 26 ta ichki meʼyoriy hujjat tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tadbirlari va uning natijalarini qamrab oladigan “Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida 2021-yilda 60 ta nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari sarflanishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 338 mlrd soʻmlik noqonuniy xarajatlar, kamomad va oʻzlashtirish holatlari aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, 2021-yilga rejalashtirilgan budjet xarajatlari 2,1 trln soʻmga, 2022-yil budjet loyihasida koʻzda tutilgan xarajatlar 641 mlrd soʻmga maqbullashtirilib, boshqa ustuvor yoʻnalishlarga qayta taqsimlanishi yuzasidan takliflar kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xaridlari jarayonida 763 ta holatda 971,1 mlrd soʻmlik manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilganligi va boshqa qonun buzilishi holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga 30 dan ortiq koʻrsatmalar berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratilgan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilganligi, bajarilgan qurilish-taʼmirlash ishlarining sifati boʻyicha davlat xaridlarining qonuniyligi yuzasidan jami 677,6 mlrd soʻmlik xato va kamchiliklar hamda tender savdolarida 3,5 trln soʻmlik qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlarini loyihalashtirish va ishlarni bajarishda 5 trln soʻmlik 783 ta muammoli obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirilmagani aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish uchun jami 16,8 ming gektar yer maydonida loyihalar joylashtirilmaganligi natijasida 5,3 ming gektar (31 foiz) yer maydoni boʻsh turgan, bosh rejalarga asosan hududda loyihalarni joylashtirish rejasi 47 foizga bajarilgan, shu jumladan 67 ta zona hududida birorta loyiha joylashtirilmagan, 30 ta zonaning bosh rejalari haligacha ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashqi qarzi hisobidan 1 mlrd 308 mln dollarlik 29 ta loyihaning maqsadliligi va samaradorligi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 26,8 mln dollarlik xato va kamchiliklar aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida axborotlar 61 ta vazirlik va idoralardan 25 tasida (41 foiz) rasmiy veb-saytlarga qisman joylashtirilgan, 17 tasida (28 foiz) esa maʼlumotlar umuman mavjud emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi tomonidan qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2923 ta hujjatdagi 63676 ta topshiriq ijrosi nazoratga olinib, ijrosini taʼminlash boʻyicha 42 ta koʻrsatma va taqdimnomalar kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Hisob palatasi faoliyatiga doir 60 ga yaqin materiallar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilib, rasmiy veb-saytda 29 ta material joylashtirilgan hamda milliy televideniyeda 23 ta videomateriallar efirga uzatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga qaramasdan, Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, ularni noqonuniy oʻzlashtirish holatlari yuqoriligicha qolayotganligi Hisob palatasidan bu borada profilaktik ishlarni yanada kuchaytirishni talab etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, Moliya, Xalq taʼlimi, Qurilish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Sogʻliqni saqlash vazirliklari masʼul xodimlari bilan tizimli ishlarni olib borish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, vazirlik va idoralar, hokimliklar tomonidan yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha belgilangan topshiriqlarni oʻz muddatida va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalar, xususiylashtirish jarayonlari boʻyicha alohida nazorat tizimini yaratish choralarini koʻrish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar xomashyo birjalari orqali davlat xaridlari jarayonlarini tashqi auditdan oʻtkazilishiga yetarli eʼtibor qaratilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi tomonidan 2021-yildagi nazorat ishlari dasturiga kiritilgan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun ajratilayotgan Davlat budjeti va Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish holati oʻrganilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Hisob palatasi faoliyatiga oid hisobotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib borish masalalari yuzasidan ishlar toʻliq tashkil etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda budjet mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni maqsadli va samarali oʻzlashtirish hamda loyihalar (obyektlar) natijadorligini taʼminlashga qaratilgan korrupsiyaga qarshi nazorat tizimi boʻyicha Oliy Majlis Senatiga har chorakda xulosalar kiritilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, “Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 15-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2021-yilgi hisoboti toʻgʻrisida”gi 1961-IV-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga undiriladigan tushumlarni axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda samarali nazoratni tashkil etish, qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar tahlili asosida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti ijrosini samarali taʼminlash maqsadida yil davomida kiritilayotgan oʻzgartirishlarning asosli va natijadorligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini taʼminlash, jumladan yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha belgilangan topshiriqlar bajarilishi ustidan nazorat-tahlil tadbirlarini samarali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda davlat va hududiy dasturlar uchun ajratilayotgan mablagʻlarning sarflanishida Budjet kodeksiga muvofiqligi va budjet jarayoni ochiqligi talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlar daromadlarini koʻpaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlarini maqsadsiz va samarasiz sarflash, noqonuniy oʻzlashtirish holatlarini kamaytirish uchun bu borada profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, arzon uy-joylar bilan taʼminlash uchun ipoteka kreditlari berilishida davlat budjeti mablagʻlarining taqsimlanishi, qurilayotgan uy-joylarning sifati va dastlabki tannarxi shakllanishi jarayoni ustidan doimiy nazorat oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2022-yilning 1-oktabriga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Rayosat majlisida Xalq taʼlimi, Qurilish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan budjet mablagʻlari noqonuniy sarflanishi holatlarini tanqidiy muhokama qilish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari javobgarligini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarda budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi indikatorlarining joriy qilinganligi, shuningdek, ularda ichki audit xizmatlari tashkil etilganligini tahlil qilgan holda tegishli takliflar ishlab chiqish va Prezident Administratsiyasiga kiritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu band ijrosi yuzasidan 2022-yil 1-avgustga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Hisob palatasi tomonidan Xalq taʼlimi, Qurilish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Sogʻliqni saqlash vazirliklarida aniqlangan kamchilik va qonun buzilishlarni bartaraf etilganlik holatini oʻrganib, Qoʻmita majlisida joriy yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab muhokama qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlar daromadlarining qoʻshimcha bajarilgan qismi hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning maqsadli va ortiqcha sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimliklar tomonidan yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha belgilangan topshiriqlar oʻz muddatida bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarga maʼlumotlar joylashtirish, shaffoflikni taʼminlash masalasini sessiyalarda doimiy ravishda muhokama qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-531-IV-son