26.04.2022 yildagi 2067-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 26.04.2022 yildagi 2067-IV-son
Kuchga kirish sanasi
26.04.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon matnda Davlat dasturi deb yuritiladi) 2022-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) taʼkidlaydiki, hukumat tomonidan Davlat dasturini tizimli tarzda va sifatli bajarish borasida bir qator tashkiliy va amaliy choralar koʻrilishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining 7 ta ustuvor yoʻnalishida belgilangan tadbirlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli ishchi guruhlar tuzilgan, nazorat rejalari tasdiqlangan, davlat dasturining ijrosini har oyda tahlil etib, tanqidiy jihatdan muhokama qilib borish tartibi joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini huquqiy jihatdan taʼminlash maqsadida jami 59 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12 ta farmoni va qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7 ta qarori hamda 40 ta boshqa normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Davlat dasturining ustuvor yoʻnalishlari doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda qayd etilgan muhim statistik koʻrsatkichlar iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi islohotlarning amalga oshirilishini taʼminlash, respublika hududlarining kompleks rivojlanish darajasini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishilganligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Davlat dasturida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish borasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar doirasida qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash sohasida 695 ta mahalla kompleksi qurilgan, 71 ta mahalla binosi taʼmirlangan, shuningdek mahallalarning osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida 6 822 ta “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy hamda zarur shartiga aylantirish boʻyicha belgilangan maqsadlarga erishish uchun bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 26 ta davlat organi va tashkilotida, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting asosida baholash tizimi eksperiment tariqasida joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek ishni sudga qadar yuritishda yagona idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash maqsadida “Elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlari doirasida joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 105,8 foizni tashkil etib, savdo aylanmasi hajmi 110,8 foizga oʻsgan. Jami qiymati 2 mlrd. 448 mln. dollar boʻlgan xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari hajmini koʻpaytirish va aholining doimiy bandligini taʼminlash maqsadida joriy yilda ilk marotaba aholiga yer maydonlarini ijaraga berish tizimi amalga tatbiq etilgan. Xususan, paxta va gʻalladan qisqartirilgan past hosilli 55 973 gektar yer maydoni ochiq elektron tanlovlar orqali 256 ming nafar gʻolibga ajratib berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar bajarilgan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqatlantirish tashkil etilgan. Shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun 41 turdagi xizmatlar (yordamlar) koʻrsatish tizimi joriy qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikadagi 9 348 ta mahallada “Yoshlar balansi” shakllantirilgan va uning asosida 42 363 nafar yoshning kontrakt toʻlovlari, safarbarlik chaqiruvi rezervi uchun badal pullarini toʻlash hamda kasb-hunarga oʻqitish, subsidiya ajratish orqali mehnat qurollari bilan taʼminlash uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan 65,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar doirasida hududiy tahlil laboratoriyalari tomonidan 385 ta korxonaning 1 160 ta ifloslanish manbasida atmosfera havosi, oqova va yer usti suvlari boʻyicha atrof-muhit monitoringi tadbirlari amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek ekologik barqarorlikni taʼminlash, oʻrmonlarning maydonlarini kengaytirish, “yashil qoplamalar” barpo etish ishlari tizimli ravishda olib borilgan. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlarida jami 55 ming gektar maydonda himoya oʻrmonzorlari barpo etilgan, oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 1 mln. 633 ming gektar maydonda dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalari tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish sohasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar doirasida 24 — 26-mart kunlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazilib, unda 55 dan ortiq xorijiy davlatdan ikki ming nafardan ziyod ishbilarmonlar va yirik investorlar ishtirok etib, jami qiymati 7,8 mlrd. dollarga teng savdo shartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu oʻrinda, oʻtgan davrda Davlat dasturida belgilangan maqsad-vazifalarning bajarilishini taʼminlash, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan parlament hamda hukumat oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganligini alohida taʼkidlash oʻrinlidir. Bunda Qonunchilik palatasi tomonidan yuborilgan parlament va deputat soʻrovlari, shuningdek qator nazorat-tahlil tadbirlari doirasida koʻtarilgan masalalarni birgalikda hal etish choralarini amalga oshirishga katta eʼtibor qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish joizki, Davlat dasturidagi joriy yil birinchi choragida ijro etilishi belgilangan jami 87 ta banddan 6 tasining ijro muddati uzaytirilgan va 17 tasining ijrosini taʼminlashga doir ishlar yakunlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash dasturini tasdiqlash boʻyicha ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini qabul qilish bilan bogʻliq ishlar oxiriga yetkazilmagan (95.1-band).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy, tijorat va maʼmuriy-maishiy bino va inshoatlarning energiya samaradorligini oshirish” milliy dasturini tasdiqlash boʻyicha (97.1-band) normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan 14 ta hududiy dasturni ishlab chiqishga (150-band) doir ishlar tugallanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlar Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti boʻyicha muhokamalar jarayonida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, taʼlim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirish, ichki turizmni jadal rivojlantirish, hududlararo transport aloqalarini yanada kengaytirish, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijiy oliy oʻquv yurtlariga yuborilayotgan yoshlar sonini oshirish, “Ochiq budjet” jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlash, aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish va nazoratni kuchaytirish kabi masalalarga hukumatning eʼtiborini qaratdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022-yil birinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 6 ta bandda va bajarilishi yakunlanmagan 17 ta bandda nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilangan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan yaqin hamkorlikni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan hisobotni muhokama qilish jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan koʻtarilgan masalalarni hal qilish yuzasidan qoʻshimcha choralarni koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shu jumladan aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarning samarali tashkil etilishi hamda ushbu tadbirlar uchun ajratilayotgan budjet mablagʻlarining maqsadli oʻzlashtirilishi ustidan taʼsirchan parlament va deputat nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2067-IV-son