28.04.2022 yildagi SQ-527-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamraisining oʻtgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamraisining oʻtgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan axboroti eshitildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Milliy komissiya) hamraisining faoliyati yuzasidan axborotini eshitib, muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya va hududiy komissiyalarning tegishincha ishchi organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) hokimliklarida bolalarni himoya qilish shuʼbalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari va Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani) tomonidan Milliy komissiyaning va hududiy komissiyalarning namunaviy nizomi tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari hamda tuman (shahar) bolalarni himoya qilish shuʼbalari mudirlari va mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida manzilli oʻquv-seminarlar tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirish maqsadida “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortish yoshi oʻn uch yoshdan oʻn turt yoshga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasi va “SOS” bolalar mahallalari uyushmasi qaramogʻidagi 1 392 nafar yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola oʻz oilasi va yaqin qarindoshlari tarbiyasiga oʻtkazilgani natijasida 10 ta “Mehribonlik” uyi, 4 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi faoliyati tugatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka olish jarayonida inson omilini kamaytirish va raqamlashtirish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan mu.maktab.uz platformasi yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil hamda 2022-yilning birinchi choragida 758 nafar yetim bola va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola uy-joy bilan taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning tegishli qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan hamda mazkur jamgʻarmaga 18 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ kelib tushgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda hal etilishi zarur boʻlgan muammolar ham mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining, shuningdek, hududiy komissiyalarning bolalar-huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi talab darajasida bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya hamda hududiy komissiyalarga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tahliliy-tanqidiy muhokamalar tashkil Qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya hamda hududiy komissiyalarning namunaviy nizomlari hududlarga yetib bormagan, hududiy komissiyalarning ishchi organi hisoblangan tuman (shahar) bolalarni himoya qilish shuʼbalari nizomlari tasdiqlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy komissiyalar har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga axborot taqdim etib bormagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksar hokimliklarda bolalarga oid hujjatlarni koʻchirish, arxiv uchun sharoitlar yaratish masalasi hal etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni himoya qilish shuʼbalari xodimlari uchun transport vositalari ajratish masalasi yakuniga yetkazilmagan, bu olis hududlarda yashovchi oilalar va bolalar bilan ishlarni samarali tashkil qilish imkonini cheklamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bola huquqlari boʻyicha vakil faoliyatini huquqiy tartibga solish boʻyicha “Bolalar ombudsmani toʻgʻrisida”gi, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, yetim va boshqa ogʻir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish yuzasidan huquqiy asoslarni yaratish boʻyicha “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi, shuningdek, “Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini belgilangan muddatlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirish maqsadida bolalarni qabul qilgan oilalarga hamda tutingan ota-onalarga beriladigan toʻlovlar, imtiyozlar, kompensatsiyalar tizimini kengaytirish, shuningdek, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining faoliyatini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarni zudlik bilan aniqlash, ularning aniq hisobini yuritish, yetim va qarovsiz qolgan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimi joriy qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farzandlikka olish jarayonida inson omilini qisqartish maqsadida farzandlikka olishni istovchi nomzodlarning elektron navbati yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni vasiylikka va homiylikka olgan oilalar uchun minimal standartlar tasdiqlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalari asosida ixtisoslashtirilgan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil qilish va bolalarni ularga joylashtirish ishlari olib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bolalarning taʼlim olish huquqi taʼminlanishi yuzasidan muntazam monitoring olib borilmagani oqibatida birgina Toshkent viloyatida minglab maktab oʻquvchilari xorijga chiqib ketgan va ularning kelgusi taqdiri nomaʼlum boʻlib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatida voyaga yetmaganlar tomonidan 2021-yilda 74 ta holatda oʻz joniga qasd hamda suiqasd qilish (35 nafari qiz, 39 nafari oʻgʻil bola) holatlari sodir etilgani mazkur muammoni tizimli oʻrganish va oldini olish choralarini koʻrish zarurligini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda uzoq vaqt davolanishi zarur boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʼlim berish jarayonida dars mashgʻulotlari muntazamligi va davomiyligi taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksariyat maktablar direktorlari va oʻqituvchilari yakka tartibda daryo utish boʻyicha meʼyoriy hujjatlardan xabardor emas, baholash (oʻzlashtirish) tabeli yoʻq va oʻquvchilarning yigʻma jildi shakllantirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu toifadagi oʻquvchilarning ijtimoiylashuviga koʻmaklashish choralari koʻrilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovlarini tayinlashda mahallalarda korrupsiogen omillar (mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga tamagirlik) va firibgarlik (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan aniqlanib, tayinlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordam toʻlovlari uchun bir oylik nafaqa pulini talab qilish) kabi holatlar mavjudligi aholi eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida hamda Perinatal markazlar, tugʻuruq komplekslarida onalar va bolalar oʻlimi koʻpaygani yuzasidan tahliliy oʻrganishlar olib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senata qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya hamraisi A. Yunusovaning Milliy komissiya tomonidan oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan faoliyat toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlari, hududiy komissiyalarning bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish borasida Milliy komissiya hamda hududiy komissiyalarga yuklatilgan vazifalar ijrosini tahliliy-tanqidiy muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Milliy komissiya hamda hududiy komissiyalarning namunaviy nizomlarini hududlarga yetkazish, tuman (shahar) bolalarni himoya qilish shuʼbalari nizomlari tasdiqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Oliy va urta maxsus taʼlim vazirliklari hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda umumtaʼlim hamda professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining majburiy taʼlimga jalb etilganlik holatini (davomati)ni oʻrganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi vazirliklari hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar oʻrtasida oʻz joniga qasd hamda suiqasd qilish sabablarini chuqur oʻrgangan xolda ularning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan birgalikda hududlarda uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olish jarayonini muntazam monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mahalla va nuroniylarni kullab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar toʻgʻri tayinlanganligini nazorat tartibida oʻrganish xamda natijalari yuzasidan tegishli choralar koʻrish, shuningdek, MFY raislari ishtirokida muhokamalar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bolalikdan nogironlikni kamaytirish, bolalar tugʻilishidagi jarohatlar, patologiyalar profilaktikasi, ona va bola sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni taxlil qilish yuzasidan bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va perinatal markazlari hamda tugʻuruq komplekslari faoliyatini oʻrganish va natijalari yuzasidan Senatga axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy komissiyalarning x,ar chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga axborot taqdim etib borishini nazorat qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida yilning 1-avgustiga qadar Senatga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bolalar ombudsmani toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi hamda “Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar loyihalarini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishni tezlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va boshqa muassasalardagi bolalarni psixiatriya tekshiruvidan oʻtkazishni faqat Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) bilan amalga oshirishni nazarda tutishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirish maqsadida bolalarni qabul qilgan oilalarga hamda tutingan ota-onalarga beriladigan toʻlovlar, imtiyozlar, kompensatsiyalar tizimini kengaytirish, shuningdek, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining faoliyatini qayta koʻrib chiqish va uni takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarni zudlik bilan aniqlash, ularning aniq hisobini yuritish, yetim va qarovsiz qolgan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan “Bola himoyasi” yagona elektron axborot tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda tuman (shahar) bolalarni himoya qilish shuʼbalari mutaxassislarining “Mehr daftari” platformasidan foydalanish boʻyicha malaka va koʻnikmalarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farzandlikka olish jarayonida inson omilini kamaytirish maqsadida farzandlikka olishni istovchi nomzodlarning elektron navbatini yoʻlga kuyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni vasiylikka va homiylikka olgan oilalar uchun minimal standartlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalari asosida ixtisoslashtirilgan kasbiy salohiyatli tutingan (foster) oilalarni tashkil qilish va bolalarni ularga joylashtirish ishlarini yoʻlga kuyish choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda bolalarni himoya qilish shuʼbalari uchun barcha imkoniyatlarga ega xizmat xonalari ajratilishini yakunlash, bolalarga oid hujjatlarni koʻchirish, arxiv uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olis hududlarda yashovchi oilalar va bolalar bilan ishlashni samarali tashkil qilish maqsadida bolalarni himoya qilish shuʼbalari xodimlari uchun transport vositalari ajratilishi masalasini oʻrganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan bolalar uchun munosib sharoit yaratish (doska, stol-stul va boshqa oʻquv anjomlari bilan jihozlash) choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kullab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari maqsadli sarflanishi yuzasidan taʼsirchan deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xar chorakda bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalarining faoliyatlari yuzasidan axborotlarini eshitish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (B. Sayfullayev) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-527-IV-son