29.04.2022 yildagi 228-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, Toshkent viloyati hududlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “o‘sish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri (J. Qo‘chqorov)ning Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlarini 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda qarorning 7-ilovasiga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yil loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin.