19.04.2022 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyatining Xatirchi va Qiziltepa tumanlari hududidagi yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4, 9 va 36-moddalari hamda “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, shuningdek, Navoiy viloyatining Xatirchi va Qiziltepa tumanlaridagi davlat oʻrmon fondi toifasiga kiritilgan sugʻorilmaydigan yaylov yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Navoiy viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati Xatirchi tumanining Oltinsoy massivi hududidagi Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligining 1 389-konturdagi 15,0 gektar, Qiziltepa tumanidagi “Toʻdakoʻl” suv ombori atrofida joylashgan Navoiy davlat oʻrmon xoʻjaligining 25, 139, 141, 156, 157, 159, 161, 162, 163, 170, 241, 247, 248, 251, 252, 256, 257, 258-konturlardagi 90,0 gektar — jami 105,0 gektar oʻrmon fondi toifasiga kiritilgan sugʻorilmaydigan yaylov yer maydonlarini (keyingi oʻrinlarda — yer maydoni) tuman zaxirasiga qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini oʻrmon fondi yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Navoiy viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlariga boʻlgan doimiy foydalanish huquqini tugatish, ushbu yer maydonlarini tuman zaxira yerlari hisobiga qaytarish va uni davlat roʻyxatiga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini oʻrmon yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Navoiy viloyatining yer fondiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Navoiy viloyati hokimligi mazkur qarorga asosan yer fondi toifasi oʻzgartirilayotgan yerlardan samarali foydalanishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, yer maydonlari oʻrmon fondi yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi N.T. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/198/0325-son)