O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“AERO INTERNEYSHNL (REJIONAL)” SAS — AI(R) KOMPANIYASI TOMONIDAN ISHLAB ChiQARILGAN RG-85 SAMoLYOTLARINI XARID QILISHNI MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH SXEMASI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi havo kemalari parkini yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan:
“Aero Interneyshnl (Rejional)” SAS - AI(R) kompaniyasi bilan uchta RJ-85 samolyotini va ehtiyot qismlarni xarid qilishga, narxlarning o‘sishi hisobga olingan holda, umumiy summasi 77,89 mln. AQSh dollari miqdorida kontrakt tuzilganligi;
ko‘rsatib o‘tilgan kontrakt doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobiga, 38,28 mln. AQSh dollari summasida bo‘nak to‘langanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Aero Interneyshnl (Rejional)” SAS — AI(R) kompaniyasi bilan tuzilgan kontraktni ulushli mablag‘ bilan ta’minlash Eksport Kreditlar Kafolati Departamenti (YESGD) sug‘urtasi ostida “Barklayz bank PLS” krediti hisobiga moliyaviy lizing sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi;
uchta zaxira dvigatel, ehtiyot qismlar sotib olishga va foydalanish davrida texnik xizmat ko‘rsatishga “Ellayd Signal Ink.” (Kanada) va “Kross Eyr Limited” (Shveysariya) kompaniyalari bilan tuzilgan kontraktlarni mablag‘ bilan ta’minlash “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Uchta samolyotni xarid qilishga kontrakt bo‘yicha ulushli mablag‘ bilan ta’minlash:
birinchi samolyotning 24,92 mln. AQSh dollari miqdoridagi 100 foiz qiymati, ikki samolyotning 11,69 mln. AQSh dollari miqdoridagi 22,5 foiz qiymati, “Aero Interneyshnl (Rejional)” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha 1,0 mln. AQSh dollari miqdorida ehtiyot qismlarga haq to‘lash va umumiy summasi 0,67 mln. AQSh dollari bo‘lgan kreditni rasmiylashtirish xarajatlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ilgari to‘langan bo‘nak hisobiga;
40,28 mln. AQSh dollari miqdoridagi ikki samolyot qiymatining 77,5 foizi - Eksport Kreditlar Kafolati Departamenti (YESGD) sug‘urtasi ostida Barklayz bank PLS krediti hisobiga amalga oshirilishiga rozilik berilsin.
4. Moliyaviy lizingning quyidagi tuzilmasiga rozilik berilsin:
samolyotlarni sotib olishga qarz “Barklayz bank PLS” tomonidan YESGD sug‘urtasi ostida Kayman orollarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Samarqand Lizing (Kayman orollari) Limited (“Samarqand Lizing”) maxsus lizing kompaniyasiga beriladi.
“Samarqand Lizing” samolyotlarning egasi hisoblanadi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ijaraga beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki samolyotlarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga subijaraga beradi;
“Samarqand Lizing” ikkita RJ-85 samolyotiga garovni “Barklayz bank PLS” foydasiga ro‘yxatdan o‘tkazadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
samolyotlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ijara, subijara, garov bitimlarini va boshqa bitimlarni tuzsinlar va ularning bajarilishini ta’minlasinlar;
samolyotlarni ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda tuzilgan shartnomalar shartlariga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ularga “Barklayz bank PLS” foydasiga garov shartnomalarini rasmiylashtirsinlar;
subijara, vositachilik haqi, foizlarni to‘lash, muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarni qoplash, shuningdek, kreditga va moliya lizingiga xizmat ko‘rsatishda paydo bo‘luvchi boshqa xarajatlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan kafolat bitimi tuzsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S.Hamidov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan ijara va subijara shartlari bajarilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan majburiyat xatini YESGD, “Barklayz bank PLS” va “Samarqand Lizing” lizing kompaniyasi uchun maqbul shakl va mazmunda hamda ijara va subijara to‘g‘risidagi bitimlar munosabati bilan barcha hujjatlarni imzolash va topshirish yuzasidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi mansabdor shaxslari tayinlanganligini va ularning vakolatlarini tasdiqlovchi Vazirlar Mahkamasining Sertifikatini berishga vakil qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.B.Sayfutdinov:
ijara va subijara to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilishini kafolatlovchi kafolatlarni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Barklayz bank PLS”, YESGD va “Samarqand Lizing” kompaniyasi foydasiga berishga;
subijara to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi majburiyatlari yuzasidan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki foydasiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolatni imzolashga vakil qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi notijorat maqsadidagi samolyot bo‘yicha subijara to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash uchun 1998-yildan boshlab “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga respublika budjetidan mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
10. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va samolyotlarni mablag‘ bilan ta’minlashning boshqa qatnashchilari soliqlar, to‘lovlar, poshlinalar, vositachilik haqining barcha turlaridan, ushbu mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshirish bilan bog‘liq hujjatlar notarial rasmiylashtirilganligi, kontraktlar va bitimlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun yig‘imlardan, shuningdek garov to‘g‘risidagi shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilishiga tegishli sug‘urta bo‘yicha majburiy to‘lovlardan ozod qilinsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
“Barklayz bank PLS” va YESGD uchun maqbul shakl va mazmunda RJ-85 samolyotlarini mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha yuridik xulosa bersin;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Ijara va subijara to‘g‘risidagi bitimlar shartlariga muvofiq ikkita RJ-85 samolyoti bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “Samarqand Lizing” lizing kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan garov to‘g‘risidagi shartnomalarni belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazsin va o‘z vaqtida qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur bitishuvni amalga oshirish munosabati bilan tuzilgan kontraktlar va bitimlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari K.R.Rahimov va B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-noyabr,
513-son