11.04.2022 yildagi O‘RQ-762-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.04.2022 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 15-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 17-martda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 232-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) quyidagi mazmundagi 2321-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2321-modda. Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, yaʼni ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilishni yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazishni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsha qilmishlar mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 391-modda birinchi qismining 10-bandidagi “sud qarorini bajarmaslikka” degan soʻzlar “sud hujjatini ijro etmaslikka, sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 345-moddaning ikkinchi qismidagi “233 — 236” raqamlari “2321 — 236” raqamlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-mo�dalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 16-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni, yoʻl harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 1982-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qonunchilikda nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlarini, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlarini va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi tekshiruvini amalga oshirmaganlik, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini taʼminlamaganlik, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, yaʼni ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 245-moddaning birinchi qismidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101-moddasining birinchi (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida) va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar “101” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“198” raqami “198-moddalarida, 1982-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 2453-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ushbu Kodeksning 1981-moddasida va 1982-moddasining birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 248-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari ushbu Kodeksning 101-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “uch kunlik muddat ichida” degan soʻzlar “keyingi ish kunidan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 7-modda birinchi qismining 11-bandidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi 81, 82 va 83-moddalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“81-modda. Ijro hujjatlarining Majburiy ijro byurosi organlariga taalluqliligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlatning rezidenti boʻlgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoxud ularning oʻrinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlaridan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi boʻlgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, xalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ularning diplomatik immunitetga ega boʻlgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoxud uning oʻrinbosari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qoʻyishga va uni oʻz ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa organiga oʻtkazishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-modda. Ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ular Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini taʼminlash uchun topshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsdan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari — qarzdor yuridik shaxsga hisobvaraqlar boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit tashkilotiga (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash toʻgʻrisidagi yoki ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi ijro hujjatlari — tegishli mulkiy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qogʻozlarning miqdori va turi boʻyicha aniqlanadigan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni belgilash toʻgʻrisidagi yoxud qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini hisobga olishga doir majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini ijro hujjatida koʻrsatilgan shaxs nomiga hisobga qoʻyish maqsadida vakolatli organga (tashkilotga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari — ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishi shart boʻlgan tegishli ish beruvchiga (tashkilotga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxslari toʻgʻrisidagi yoxud ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qarzdor davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida oʻz zimmasiga majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari — ish haqini yoki boshqa daromadni, pensiyani yoki stipendiyani toʻlashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning ish joyi nomaʼlum boʻlgan hollar mustasno). Ushbu tartib sudning maʼmuriy jarima solish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari oʻziga ushbu hujjatlar taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, banklarga taqdim etilgan yuridik shaxsdan pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari esa keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga ijroni taʼminlash uchun undiruvchi tomonidan ijro hujjati taqdim etilgan kundan keyin darhol ijro etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaxslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-modda. Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilayotganda ijro hujjatlariga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ushbu Qonunning 82-moddasida koʻrsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) isteʼmol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor yuridik shaxs (bundan qonunchilikka binoan tarmoqlardan uzilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan isteʼmolchilar mustasno) energiya resurslari tarmoqlaridan va suv taʼminotidan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) undiruvni garov bilan taʼminlangan mol-mulkka qaratish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha garov toʻgʻrisidagi shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) soliq qarzini undirishga doir ijro hujjatlari boʻyicha inkasso topshiriqnomalarining (toʻlov hujjatlarining) sanasi, raqami va summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ushbu mol-mulk xatlangan taqdirda, mol-mulkni xatlash haqidagi qaror va bayonnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 23-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat ijrochisi ijro hujjatini suddan yoki uni bergan boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati oʻtmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishi shart (bundan ushbu Qonunning 31-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno). Agar qonunchilikda ijro hujjatlarining ayrim turlariga doir majburiy ilovalar nazarda tutilgan boʻlsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 30-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan eʼtiboran koʻpi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini koʻzlab kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“321-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi birinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat ijrochisi jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarish bilan bir vaqtda hukm qilingan shaxsning yoki qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qaror qabul qilishi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi ikkinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismining 6-bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4) undiruvchi iltimos qilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 40-moddaning birinchi qismi “undiruv” degan soʻzdan keyin “(talab)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtomototransport vositasini qidirish boʻyicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga koʻra, qarzdor jismoniy shaxsni, olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlar esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 421-moddaning birinchi qismi “bundan jarima tariqasidagi jinoiy jazo boʻyicha ijro ishini yuritish hollari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31-BOB. IJRO HUJJATLARINI IJRO IShINI YURITIShNING SODDALAShTIRILGAN TARTIBIDA IJRO ETIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
431-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablagʻlari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 432-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan maʼmuriy jarimalarni, soliq qarzini va davlat bojini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish boʻyicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan masofadan turib amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ushbu Qonunning 8 va 83-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 221-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u xabarnomani olgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda xabarnomada koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining talablarini uzrli sabablarsiz ixtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 432-moddasida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qoʻllaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yigʻimi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan eʼtiboran uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qoʻllaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablagʻlari ushlab qolingan vaqt kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undiruv toʻliq amalga oshirilgan ijro hujjati boʻyicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) yoxud sud uning ijro etilganligi haqida ijro hujjati toʻliq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari natijasiz boʻlgan taqdirda ijro hujjati va ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yigʻimi qoʻshimcha undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
432-modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro etishda quyidagi majburiy ijro etish choralarini qoʻllaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdordagi summani undirish haqidagi ijro hujjatlari boʻyicha undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning ish haqiga, stipendiyasiga, pensiyasiga va boshqa turlardagi daromadlariga qaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi. Bunda undiruvni qarzdor jismoniy shaxsning banklardagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlariga qaratish tartibi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjati ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etilganda ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa majburiy ijro etish choralarini, shuningdek qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtincha cheklov choralarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek ijro hujjati talablarini bajarmaganligi uchun qarzdor jismoniy shaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilishi mumkin emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 44-modda “bundan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida ijro hujjatlarini ijro etish hollari mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan” degan soʻzlar “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda) 10-moddasining ikkinchi qismidagi “mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qoʻzgʻatilgan ijro ishi boʻyicha” degan soʻzlar “mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan davlat ijrochisining ish yurituvida boʻlgan ijro ishi boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 712-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 21-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini koʻzlab kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — yigirma birinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi OʻRQ-440-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 384-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 8-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha ijroni qarzdor tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini koʻzlab kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etish toʻgʻrisidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga murojaat qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 11-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-762-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)