04.03.2022 yildagi KQ-311/1-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 04.03.2022 yildagi KQ-311/1-IV-son
Kuchga kirish sanasi
04.03.2022
Hujjat 04.03.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasida gender tenglikka erishish, oilani mustahkamlash, onalik, otalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligiga erishish, davlatning rahbarlik lavozimlariga ilgari surish chogʻida jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsipini taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gender tenglikni, xotin-qizlar huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan tizimli nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gender tenglikni, xotin-qizlar huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi ishlarning amaldagi holatini oʻrganish, mavjud muammolarni tanqidiy tahlil qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining, jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish boʻyicha umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish, oilaning jamiyatdagi oʻrnini yanada oshirish va mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy ajrimlar holatini tahlil qilish va ularning oldini olish ishlarida ishtirok etish, bu borada tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaning tibbiy madaniyati darajasini oshirish, sogʻlom turmush tarzini joriy qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari sohasidagi xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi 2022-yil 15-aprelga qadar oʻzining tashkiliy majlisini oʻtkazib, unda Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 4-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-311/1-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 4-martdagi KQ-311/1-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Narbayeva Tanzila Kamalovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Komissiya raisi

2.

Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Rafikov Qudratilla Mirsagatovich

—

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Komissiya raisining oʻrinbosari

4.

Mirziyoyeva Saida Shavkatovna

—

Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari

Komissiya aʼzolari:

5.

Kadirxanova Malika Akbarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi

6.

Borisova Yelena Mixaylovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligini saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

7.

Xasanov Otabek Abdurashidovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

8.

Davletov Ruslanbek Kuroltayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

9.

Xusanov Nozim Baxtiyorovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

10.

Shin Agrippina Vasilyevna

—

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

11.

Saidov Baxtiyor Odilovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

12.

Toshkulov Abdukodir Hamidovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

13.

Nazarbekov Ozodbek Axmadovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

14.

Xodjayev Jamshid Abduxakimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri

15.

Xolxoʻjayev Saidqahhor Muhammadkarim oʻgʻli

—

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri birinchi oʻrinbosari

16.

Abidov Badriddin Nurutdinovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari

17.

Maxmudova Robaxon Anvarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari

18.

Artikova Svetlana Baymirzayevna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari

19.

Raximova Gulnora Xashimovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

20.

Basitxanova Elmira Irkinovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

21.

Turdikulova Shaxloxon Utkurovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari

22.

Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

23.

Xodjayev Asadjon Azatbekovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

24.

Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori

25.

Gʻulomova Dilbar Muhammedxonovna

—

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari

26.

Rashidova Gulzoda Ataxanovna

—

AT “Xalq banki” boshqaruvi raisining oʻrinbosari

27.

lavozimiga koʻra

—

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti direktori

28.

Xusanov Otabek Nishonovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatlarining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori

29.

Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna

—

“Sabr” respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori

30.

Bekmurodov Bobur Mansurovich

—

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

31.

Rahimova Nigina Xayrullayevna

—

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

32.

Karimova Nodira Erkinovna

—

“Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

33.

lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.