08.04.2022 yildagi PQ-199-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va taʼlim kreditlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Markaziy bankning Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va taʼlim kreditlari uchun ajratiladigan resurs mablagʻlari boʻyicha foiz stavkalarini 2022-yil yakuniga qadar, istisno tariqasida, amaldagi foiz stavkalarida, yaʼni ipoteka krediti boʻyicha 13 foiz, taʼlim krediti boʻyicha 10 foiz miqdorida saqlab qolish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 10 foiz stavkada ajratilgan resurslar hisobidan taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga 14 foizdan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan resurs mablagʻlari hamda tijorat banklarining ipoteka va taʼlim kreditlari boʻyicha foiz stavkalarini mutanosib ravishda kamaytirish mexanizmi Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foizdan pasayganda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar ipoteka va taʼlim kreditlari uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha 2023-yil uchun foiz stavkalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-199-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 07/22/199/0286-son)