Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralarini oʻzgartirish va Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69 va 78-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining chegaralari oʻzgartirilsin;
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Ayritom”, “Baxt”, “Beglamish”, “Koʻkdala”, “Qanotli”, “Naymansaroy”, “Oltin boshoq”, “Oltin dala”, “Paxtalisoy”, “Soyboʻyi”, “Taloqtepa”, “Toshli”, “Umakay”, “Oʻtamayli”, “Xarduri”, “Xoʻjaobod”, “Xushali”, “Chorvador”, “Shoʻrbozor”, “Shoʻrquduq”, “Eski anhor”, “Torjilgʻa”, “Guliston”, “Annaruz”, “Zum”, “Gʻallakor”, “Qumdaryo”, “Suvliq”, “Toʻqmor”, “Uymovut”, “Chiyal” va “Chuvulloq” mahalla fuqarolar yigʻinlarining hududlari hisobidan Qashqadaryo viloyati tarkibida umumiy yer maydoni 171 ming gektardan iborat boʻlgan Koʻkdala tumani tashkil etilsin;
Ettitom shaharchasi Koʻkdala tumanining maʼmuriy markazi etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan:
Qashqadaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan Koʻkdala tumani chegaralari chizigʻining tavsifi hamda chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani chegaralari chizigʻining tavsifi hamda chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, chegarasi oʻzgartirilayotgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi saylov okruglaridan (17-Torjilgʻa, 18-Shoʻrquduq, 19-Chiyal, 20-Toʻqmor, 21-Qumdaryo, 22-Oqtoʻnli, 25-Koʻkdala, 26-Soyboʻyi, 27-Shoʻrbozor, 28-Yangihayot, 29-F. Xoʻjayev, 30-Gujumli) saylangan xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashi deputatlari xalq deputatlari Koʻkdala tumani Kengashi deputatlari hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 2-mart,
1901-IV-son