19.03.2022 yildagi SQ-504-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi 2021-yil yakuni boʻyicha axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ichki ishlar vazirining 2021-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotini eshitib va muhokama qilib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oliy Majlis Senati tomonidan 2021-yil 30-iyulda ichki ishlar vazirining 2021-yilning 6 oyida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axboroti yuzasidan qabul qilgan Qarori bajarilishi taʼminlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari doirasida 4 ta qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2 ta farmoni va 6 ta qarori hamda 21 ta Hukumat qarori qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarda “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tizimi asosida ish tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jami 9 314 ta mahallada kriminogen vaziyat tahlil qilinib, mahallalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan choralar natijasida 2021-yilda 2 639 ta mahallada (28,3 foiz) jinoyatlar sodir etilmagan, 3 628 tasida (39 foiz) ularning sodir etilishi holatlari kamaygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2021-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 89 foizi (98 776 tasi) fosh etilgan, qidiruvdagi 4 615 nafar shaxs ushlangan, bedarak yoʻqolgan 507 nafar shaxs topilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar 2021-yilda qayd etilgan jami jinoyatlarning 30 foizini (32 889 ta) tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklari poymol etilishining oldini olish maqsadida 407 ta alohida maxsus soʻrovxona tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 39 343 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida koʻrilgan choralar natijasida koʻp sodir etilayotgan yoʻl-transport hodisalarining 110 ta “oʻchogʻi” bartaraf etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining huquqbuzarliklar oʻchogʻi boʻlgan “Qovchin” MFI chorrahasida 360 gradusni kuzata oladigan kamera qoʻyilishi natijasida huquqbuzarliklarga chek qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatida haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan avtomaktablarning aksariyati Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan integratsiya qilingan. Natijada avtomaktablardagi oʻquv jarayoni belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan nazorat qilinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2021-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 84 100 tani tashkil etib, har 100 ming aholiga oʻrtacha 321,4 tadan toʻgʻri kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldi olinishi mumkin boʻlgan 426 ta qotillik, 10 937 ta tan jarohati yetkazish, 341 ta bosqinchilik, 3 024 ta bezorilik, 19 732 ta oʻgʻrilik, 24 554 ta firibgarlik jinoyati sodir etilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Firibgarlik jinoyatining soni Toshkent shahri (8 301 ta) va Fargʻona viloyatida (5 320 ta) ortib, har 100 ming aholiga oʻrtacha poytaxtda 310 tani, Fargʻona viloyatida 139 tani tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻgʻrilik jinoyatining ham soni koʻpaygan. Xususan, har 100 ming aholiga oʻrtacha Toshkent shahrida 244 tadan, Fargʻona viloyatida 132 tadan toʻgʻri kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, 14 mingdan ortiq (14 094 nafar) ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilganligi joylarda aholini ish bilan taʼminlash masalalari samarali hal etilmayotganini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, Toshkent shahar, Fargʻona, Toshkent va Qashqadaryo
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlarida ushbu salbiy koʻrsatkich salmogʻi yuqoriligicha qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarda “Jamoatchilik nazorati maskanlari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholini ogohlikka chaqirish yoʻnalishidagi ishlar muntazam ravishda olib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning oqibatida oʻgʻrilik jinoyatining har oʻninchisi doimiy ish joyiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oila-turmush zamiridagi ogʻir jinoyatlar soni ham yuqoriligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, 2021-yilda qotillik jinoyatlarining har uchinchisi 158 tasi (37,1 foizi), ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyatining 190 tasi (14,4 foizi) oilaviy munosabatlar tufayli sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy nizolarga oʻz vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 14 935 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. Ularning qariyb 60 foizi (8 589 tasi) Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Fargʻona viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash muassasalari hisobida turgan shaxslarni yarmidan koʻpi yoki 52,6 foizi, giyohvandlarning 71,9 foizi, spirtli ichimlikka ruju qoʻyganlarning yarmidan koʻpi yoki 57,7 foizi majburiy davolanishga yuborilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uz joniga qasd qilish holatlarining har oltinchisi (3 401 tadan 582 tasi yoki 17,1 foizi) aynan vaqtida hal etilmagan oilaviy kelishmovchiliklar tufayli sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Profilaktik hisobga olish faoliyati ayrim hududlarda qoniqarsiz tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqibatida 1 476 nafar shaxs maʼmuriy huquqbuzarlikda nazarda tutilgan harakatni takroran sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari toʻliq hal etilmaganligi oqibatida 2021-yilda 9 759 nafar xotin-qiz tomonidan 9 053 ta jinoyat, yaʼni 50 ta qotillik, 87 ta ogʻir tan jarohati yetkazish, 1 361 ta oʻgʻrilik, 2 284 ta firibgarlik, 201 ta bezorilik jinoyati sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh etish boʻyicha tadbirlar yetarli darajada tashkil etilmagan. 2021-yilda sodir etilgan jinoyatlarning 10 501 tasi yoki 10 foizi fosh etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, oʻgʻrilik jinoyatining 7 231 tasi, firibgarlik jinoyatining 1 750 tasi, qotillik jinoyatining 7 tasi, nomusga tegish bilan bogʻliq jinoyatlarning 7 tasi fosh etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomusga tegish bilan bogʻliq jinoyatlarning aksariyati Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarida sodir boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika boʻyicha nomusga tegish bilan bogʻliq jinoyatlarning 7 tasi fosh etilmagan boʻlsa, aynan 4 tasi Toshkent viloyatiga toʻgʻri kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fosh etilmagan 7 231 ta oʻgʻrilik jinoyatining 2 532 tasi Toshkent shahri va 2 347 tasi Fargʻona viloyatiga toʻgʻri kelishi mazkur hududlardagi ichki ishlar organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatida jiddiy kamchiliklar mavjudligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan yilda qayd etilgan jinoyatlarning 21 885 tasi (19,7 %) yoshlar tomonidan sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyatga qoʻl urgan 27 931 nafar yoshlarning 2 544 nafarini xotin-qizlar, 1 023 nafarini oliy oʻquv yurti talabalari, 7 265 nafarini bandligi taʼminlanmagan, taʼlim bilan qamrab olinmagan yoshlar tashkil etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday jinoyatlarning 54,4 foizi Toshkent shahri (8,8 foiz), Toshkent (12,7 foiz), Fargʻona (24,6 foiz) va Namangan (8,4 foiz) viloyatlarida sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktablarda yoʻlga qoʻyilgan “davomat tadbirlari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, aholini ogohlikka chaqirish yoʻnalishidagi ishlar ham muntazam ravishda olib borilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning soni ayrim hududlarda yuqoriligicha qolmoqda. Jumladan, ushbu jinoyatlarning 65,2 foizi Fargʻona (37,9 foiz), Toshkent (11,4 foiz), Namangan (7,6 foiz) va Buxoro (6,3 foiz) viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi oʻrtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuning uchun, jamoat joylarida sodir etilgan bezorilik jinoyatlarining salmogʻi hali ham Toshkent shahri (24 foiz), Namangan (15 foiz), Toshkent (13 foiz) va Surxondaryo (12,5 foiz) viloyatlarida yuqoriligicha qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat qilinadigan shaxslarning 9,8 foizi qayta jinoyat sodir etgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi lozim boʻlgan muqaddam sudlanganlarning 35,3 foiziga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatilmagan, shundan 33,7 foizi oʻta xavfli retsidivistlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oqibatda, maʼmuriy nazoratga olinmagan oʻta xavfli retsidivistlar tomonidan 1 ta qotillik, 11 ta oʻgʻirlik va 3 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda sodir etilgan 10 004 ta yoʻl-transport hodisasi oqibatida 9 230 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 436 nafar fuqaro halok boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlillarga koʻra, aksariyat qoidabuzarlik va yoʻl-transport hodisalari avtomaktablarni endigina tugatgan yosh va tajribasiz haydovchilar tomonidan sodir etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksariyat hududlarda yoʻl harakati xavfsizligini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan umuman foydalanilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, bu boradagi ishlar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida deyarli oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Katta mablagʻ evaziga barpo etilgan zamonaviy, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash uchun moʻljallangan situatsion markaz orqali yoʻllardagi qoidabuzarliklar umuman aniqlanmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, mahalliy Kengashlarda ichki ishlar organlari hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishda hamon rasmiyatchilik va yuzakilikka yoʻl qoʻyilmoqda. Ayrim xollarda esa hisobotlar va axborotlar umuman eshitilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Andijon viloyatida tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etishlari belgilangan boʻlsada, 2021-yilda 2 ta tumanda bor yoʻgʻi bir marotabadan hisobotlar eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining 7 431 nafari xizmat intizomini buzgan boʻlsa, 126 nafari jinoyatga qoʻl urgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 321-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi 2021-yil yakuni boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda mazkur Qarorda qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishga oid masalalarni vazirlik hayʼatining kengaytirilgan majlisida muhokama qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan yaqin istiqbolga moʻljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hududiy ichki ishlar organlari, ayniqsa, Toshkent shahri va Fargʻona viloyatidagi ichki ishlar organlari rahbarlariga nisbatan taʼsirchan choralar qoʻllash masalasini koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fosh etilmagan jinoyatlar boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini jadallashtirib, ularni qisqa muddatda fosh etilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish uchun belgilangan cheklovlarga rioya qilmagan shaxslar ustidan taʼsirchan kunlik nazoratni oʻrnatish boʻyicha aniq choralarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda fuqarolarning hayoti va sogʻligiga nisbatan, ayniqsa, oila-turmush munosabatlari bilan bogʻliq jinoyatlarning sabablarini oʻrganib, oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida sogʻliqni saqlash muassasalari hisobida turgan tajovuzkor ruhiy kasallar, spirtli ichimlikka ruju qoʻyganlar hamda giyohvandlarni majburiy davolanishga yuborish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, ijroga qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda muqaddam sudlangan, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan, shuningdek maʼmuriy nazorat oʻrnatilmagan shaxslar bilan ishlashning samarali tizimini yaratish va ushbu yoʻnalishda profilaktika inspektorlari masʼuliyatini oshirish boʻyicha aniq choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy oʻquv yurti talabalari va voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida yangidan faoliyat boshlagan inspektor-psixologlar faoliyati samaradorligini kuchaytirish va taʼlim muassasalari bilan hamkorligini mustahkamlash boʻyicha aniq choralar belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish yuzasidan olib borilayotgan manzilli chora-tadbirlarni yanada kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda respublikaning barcha hududlarida tashkil qilingan qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash uchun moʻljallangan situatsion markazlar faoliyatini tanqidiy oʻrgangan holda ularning ishini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻz xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishi ustidan nazoratni kuchaytirish, ular orasida korrupsiya va vakolatni suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlariga keltirilayotgan barcha shaxslar bilan suhbatlarning qatʼiy ravishda “soʻrovxona”larda oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda ichki ishlar organlari hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini mahalliy Kengashlarda eshitishda rasmiyatchilik va yuzakilikka yoʻl qoʻyilish holatlarini oldini olish yuzasidan aniq choralarni belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish hamda ularning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini zamon talabiga mos ravishda shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev) va Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) bilan birgalikda oilaviy kelishmovchiliklar tufayli sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasiga kelgan oilalarni yarashtirish yoʻnalishida tizimli ishlarni muntazam ravishda olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada profilaktika inspektorlarining fuqarolar yigʻinlari raislari bilan uzviy hamkorligini kuchaytirish choralarini koʻrish, ayniqsa, shaxsning hayoti va sogʻligʻiga qarshi qaratilgan, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarni barcha mahallalarda birdek tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) 2021-yilda mamlakatimizda 14 mingdan ortiq ishsiz shaxs tomonidan jinoyatlar sodir etilganligini inobatga olib, joylarda aholini, xususan, jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan ayollar va yoshlarni ish bilan taʼminlash borasidagi ishlarni jadallashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kriminogen, vaziyati ogʻir mahallalarda jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash borasida sektor rahbarlari, huquq-tartibot organi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari masʼuliyatini yanada kuchaytirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam ravishda “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar bilan manzilli ishlash orqali muammolarini hal etish, uyushmagan yoshlarni sportga keng jalb qilish, ular hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va madaniyatini yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (N. Yoʻldoshev)ga ichki ishlar tizimida qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan prokuror nazoratini yanada kuchaytirish, uning taʼsirchanligi va samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har oyda tuman (shahar) hokimlari mahalla huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika katta inspektori bilan shaxsan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish choralarini koʻrishi ustidan alohida nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi (Z. Maxkamova) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Qaror ijro etilishining borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Qarorda koʻrsatilgan muddatlarda, yakuniy maʼlumotlarni esa joriy yilning 1-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi (K. Burxanov) zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 19-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-504-IV-son