31.03.2022 yildagi PQ-185-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarimizga boʻlgan eʼtibor va ehtirom yanada ortib bormoqda. Jonajon diyorimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizdagi fayz va qut-barakani xalqimiz, avvalo, Yaratganning cheksiz marhamati sifatida shukronalik va minnatdorlik bilan qabul qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, ahillik, oʻzaro birdamlik va maʼnaviy poklik fazilatlari ulugʻlanadigan qutlugʻ Ramazon oyini el-yurtimiz doimo katta xursandchilik va koʻtarinki kayfiyatda kutib olmoqda. Ushbu muborak kunlarda inson qadrini ulugʻlashga, oila hamda mahallaga mehr va eʼtiborda boʻlish, ijtimoiy koʻmakka muhtoj, ehtiyojmand kishilarga yordam va saxovat koʻrsatishga qaratilgan savobli amallar yanada yorqin namoyon boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqimiz uchun ezgulik va muruvvat, mehr-oqibat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada oʻtkazish, muqaddas islom dinining insonparvarlik tamoyillarini hamda madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulugʻlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 2-aprel kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini milliy anʼana va qadriyatlarga mos va munosib tarzda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tadbirlarni oʻtkazishda ushbu muborak oyning mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, shukronalik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni eʼzozlash, mamlakatdagi tinch va farovon hayotni qadrlash, oilalar hamda mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladigan maʼrifiy tadbirlar va targʻibot ishlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-185-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 07/22/185/0252-son)