Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.05.1999 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V.P. CHKALOV NOMIDAGI TOSHKENT AVIATSIYA ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI” DAVLAT-AKSIYADORLIK JAMIYATINING USTAV SARMOYASINI AKTIVLARNING BOZOR QIYMATI BILAN MUVOFIQLASHTIRISH VA AKSIYALARI PAKETLARINI TARKIBIY JIHATDAN OʻZGARTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qarorini bajarish hamda “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati ustav sarmoyasini aktivlarning bozor qiymati bilan muvofiqlashtirish, jamiyatning aksiyadorlik sarmoyasini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining va “V.P. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAJ boshqa aksiyadorlarining jamiyat ustav sarmoyasini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan 21005,6 mln soʻmgacha (qayta baholash sanasida 246,4 mln AQSh dollariga teng) koʻpaytirish hamda shu munosabat bilan aksiyalar paketlarini quyidagicha ulushlarda qayta taqsimlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi — 51 foiz;
mehnat jamoasi ulushi — 10,6 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari ulushi — 6,7 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ulushi ‎

— 6,7 foiz;

xorijiy sarmoyadorlar oʻrtasida joylashtiriladigan ulush — 25 foiz
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAJ ustav sarmoyasi 1996-yilda jamiyatga davlat tomonidan budjet hisobidan berilgan aylanma mablagʻlar hamda asosiy vositalar qiymatini toʻliq baholab chiqish hisobiga koʻpaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-apreldagi 156-son qarorining 2-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi masalalari” toʻgʻrisida 1993-yil 25-maydagi 250-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 31-avgustdagi 442-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 7-martdagi 85-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257-son