24.03.2022 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat muassasasini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 09/26/400/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston yagona energetika tizimini rivojlantirish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi saqlanishini hamda Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “McKinsey & Company” xalqaro konsalting kompaniyasining:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy dispetcherlik markazi) tashkil etish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 09/26/400/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markaziga “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning milliy, regional va hududiy dispetcherlik funksiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Milliy dispetcherlik markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona elektr energetika tizimini real vaqt rejimlarida operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning isteʼmol qilinishiga taʼsir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda, uni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona elektr energetika tizimining texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona elektr energetika tizimining qoʻshni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markazi xodimlarining xorijda doimiy ravishda malaka oshirishini taʼminlash hamda malakali xorijiy mutaxassislarni Milliy dispetcherlik markaziga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya rejimi bartaraf etilgandan keyin tizimning ishonchliligini tiklash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat muassasasi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 289 ta shtat birligi etib belgilansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 09/26/400/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markazining asosiy boshqaruv pulti Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqbol koʻchasi 21-uy manzildagi binoda hamda zaxira boshqaruv pulti Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi 42-uyda manzildagi binoda joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markazining amaldagi boshqaruv pulti sobiq “Oʻzbekenergo” AJ binosidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ binosiga uch oy muddatda koʻchiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markazining asosiy boshqaruv pulti toʻliq ishga tushgandan soʻng asosiy hamda zaxira boshqaruv pultlari uch oy muddat parallel ishlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markazi faoliyati toʻliq tashkil etilgandan soʻng “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda tegishlicha rele himoya va avtomatika qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, energiya oqimi rejimlarini ishlab chiqish, elektr qurilmalarini taʼmirga chiqarishni tashkil qilish funksiyalari situatsion-tahlil boshqarmalari koʻrinishida saqlab qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Milliy dispetcherlik markazining hududiy filiallari toʻliq faoliyat koʻrsatishi uchun zarur inventarlar, aloqa vositalari va boshqa barcha uskunalar bilan jihozlangan xonalarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika obyektlarining barcha dispetcherlik boʻgʻinlarida mavjud elektr qurilmalarning tezkor boshqaruv boʻysunuvi qayta koʻrib chiqilgunga qadar joriy tezkor boshqaruv boʻysunuvi amalda saqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat — xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan elektr stansiyalari va elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari hamda yirik isteʼmolchilarga dispetcherlik xizmatlarini koʻrsatgani uchun shartnomalar Milliy dispetcherlik markazi va “Oʻzenergosotish” AJ oʻrtasida tuziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi 400-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 09/26/400/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻzenergosotish” AJ hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida dispetcherlik xizmatini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 09/26/400/0767-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Milliy dispetcherlik markazining “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJga shartnoma asosida dispetcherlik xizmatini koʻrsatishdan oladigan daromadi (mablagʻlar) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz isteʼmolchilaridan va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibida Milliy dispetcherlik markazi uchun alohida proporsiyasi koʻzda tutilsin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-iyuldagi 275-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Milliy dispetcherlik markazining daromad va xarajatlari smetasini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Energetika vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Milliy dispetcherlik markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini tashkil etish, uning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va yirik isteʼmolchilar hamda loyihalar asosida yagona energetika tizimiga ulanayotgan yangi quvvatlar Milliy dispetcherlik markazi tomonidan faoliyati doirasida berilgan topshiriqlarning soʻzsiz bajarilishi majburiyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa davlatlarning elektr energetika tizimi bilan parallel ravishda ishlash qoidalarining aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energetika tizimi obyektlaridagi asosiy elektr qurilmalarini taʼmirlash yoki sinov-sozlash uchun chiqarish va qayta ishga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dispetcherlik markazi toʻgʻridan-toʻgʻri dispetcherlik departamenti, rele himoya va avtomatika boʻlimi, respublika yagona energetika tizimini va ularning quyi boʻlinmalari orqali tezkor-texnik boshqaruvni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Milliy dispetcherlik markazining ustavini, uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda, Milliy dispetcherlik markazi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Energetika vazirligining tashkiliy tuzilmasini va markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni va tuzilmasini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi tashkilotlarni ushbu jamiyatlarning hududiy filiallari etib qayta tashkil etish takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Energetika vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqib, Kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi 400-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2026-y., 09/26/400/0767-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2022-y., 09/22/126/0231-son; 22.07.2026-y., 09/26/400/0767-son)