15.02.2022 yildagi 1834-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 15.02.2022 yildagi 1834-IV-son
Kuchga kirish sanasi
15.02.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) 2021-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, hisobot davrida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga koʻmaklashish borasida Komissiya tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Komissiya aʼzolari tomonidan yoshlarning bandligini taʼminlashga, ishbilarmonlik koʻnikmalarini rivojlantirishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga koʻmaklashish, shuningdek “Yoshlar dasturlari”ning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish maqsadida bir qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda hududlarda oʻrganishlar olib borilgan. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida ular bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari tomonidan yanvar — iyun oylarida tumanlarda (shaharlarda) sektor rahbarlari hamda yoshlar ishtirokida 127 ta uchrashuv oʻtkazilgan. 4,5 mingdan ortiq yoshlar qamrab olingan ushbu uchrashuvlarda koʻtarilgan 836 ta murojaatning ijro etilishi holati sektorlar kesimida tahlil qilinib, nazoratga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, intellektual, maʼnaviy-axloqiy dunyoqarashini kengaytirishga koʻmaklashish, yoshlarning jamiyat va davlat hayotidagi oʻrnini yanada mustahkamlashga qaratilgan jami 16 ta tadbir, shu jumladan 7 ta forum va konferensiya, 6 ta davra suhbati hamda 3 ta uchrashuv tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qarorlari qanday ijro etilayotganligi haqidagi axborotini eshitish borasida ham qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Komissiyaning 22-yanvar kuni oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi mutasaddilarining yoshlarga oid davlat siyosati yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijro etilish holati yuzasidan axboroti eshitilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30 dan ziyod qonun loyihasiga yoshlarning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihalari shular jumlasidandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, hisobot yilida Komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili uning faoliyatida ayrim jihatlarga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozimligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, yoshlarga oid davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarga Komissiya tomonidan yaqindan koʻmaklashish hamda mamlakat yoshlari hayotida kechayotgan muhim jarayonlar va tadbirlarda faol tashabbuslar koʻrsatilishi maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotgan tegishli qonun loyihalari yuzasidan yoshlarning huquq va manfaatlaridan kelib chiqib, oʻz nuqtai nazarini bildirishi va zarur takliflarni kiritib borishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynab kelayotgan tizimli masalalarni hal etish maqsadida hududlarda parlament nazorati tadbirlarini koʻpaytirishi hamda ularning samaradorligini oshirish choralarini koʻrishi zarur. Bunda, ayniqsa, yoshlarning bilim olishi va ilmiy faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni, oliy taʼlim muassasalari talabalarining turar-joy bilan taʼminlanish darajasini oʻrganish, shuningdek yoshlar oʻrtasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir qonunchilikni keng targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlarning hududlarda muhim masalalar yuzasidan olib borayotgan oʻrganishlari yakunlari hamda yoshlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotlari davomida qoʻyilayotgan dolzarb masalalarga parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalangan holda yechim topishga, xususan, davlat boshqaruvi organlariga parlament soʻrovlari yuborish yuzasidan Komissiya tomonidan takliflar ishlab chiqilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini taʼminlash, mamlakat hayotidagi ishtirokini yanada kengaytirish borasidagi tashabbuskorlikni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalari yuzasidan yoshlarning huquq va manfaatlaridan kelib chiqib, takliflar kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni qiynab kelayotgan tizimli masalalarni hal etishga, shu jumladan yoshlarning bilim olishi va ilmiy faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni, oliy oʻquv yurti talabalarining turar-joy bilan taʼminlanish darajasini, yoshlar oʻrtasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir qonunchilikni keng targʻib qilish borasida olib borilayotgan ishlarni hududlarga chiqqan holda oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlarning hududlardagi oʻrganishlari yakunlari hamda yoshlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotlari davomida qoʻyilayotgan dolzarb masalalarga parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalangan holda yechim topishga, jumladan davlat boshqaruvi organlariga parlament soʻrovlarini yuborish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga eʼtiborni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar masalalari boʻyicha mavjud muammolarni mahalla — tuman — viloyat — respublika tizimi asosida hal etishga ustuvor ahamiyat qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek Komissiya tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1834-IV-son