18.03.2022 yildagi PQ-169-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida keng jalb qilish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek, aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) koʻmagida “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish va sinovdan oʻtkazish, unga egalik qilish, texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish (sotish), shuningdek, shamol elektr stansiyasini yagona elektr energetika tizimiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr inshootlarini barpo etish boʻyicha xalqaro tender natijalariga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “ACWA POWER-Saudi Listed Joint Stock Company” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tender gʻolibi (keyingi oʻrinlarda — tender gʻolibi) deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tender gʻolibi tomonidan Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik sifatida Oʻzbekiston Respublikasida “ACWA Power Wind Karatau” MCHJ XK (keyingi oʻrinlarda — loyiha kompaniyasi) taʼsis etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Moliya vazirligi, tender gʻolibi va loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 17-dekabrda Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tuzilganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender gʻolibi ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirishning butun davri mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini loyiha kompaniyasi loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni zimmasiga olgan holda, oʻz mablagʻlari hisobidan 40,1 mln AQSH dollari va xalqaro moliya institutlaridan olinadigan qarz hisobidan 67,7 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (keyingi oʻrinlarda — davlat sherigi) va loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 17-dekabrda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida tuzilgan bitimga muvofiq loyiha kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 20 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat sherigiga kafolatlangan tarzda sotishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida shamol elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari, oshiruvchi podstansiya va oʻchirib-yoqish punktini qurish hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni davlat sherigiga topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligi, tender gʻolibi va loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2021-yil 17-dekabrda imzolangan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin va bitim ushbu qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq, Loyihaning amal qilish muddati davomida elektr energiyasi AQSH dollarida denominatsiya qilingan va milliy valyutada toʻlanadigan qatʼiy tarif (1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 2,5695 AQSH senti) boʻyicha sotib olinishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasining hamda shamol elektr stansiyasi faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari va elektr infratuzilmasi qurilmalari uchun zarur boʻlgan yer maydonlari egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib, ularning Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining Loyihani amalga oshirish muddatiga teng davrga loyiha kompaniyasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining davlat sherigiga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerni ijaraga olish huquqi uchun haq toʻlash yerga nisbatan amal qiluvchi va loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, loyiha kompaniyasi Loyihani amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat sherigiga loyihani amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartibga muvofiq xalqaro mustaqil injiniring kompaniyalarini jalb qilishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, loyiha kompaniyasiga barcha soliqlarni toʻlagan taqdirda, Loyihani amalga oshirish uchun quyidagilarga ruxsat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlash, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, xorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida nufuzli xorijiy banklarda belgilangan tartibda bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan kreditlarni qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi hisobvaraqlaridan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yuritiladigan hisobvaraqlariga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir holatda xalqaro moliya institutlarining talablariga muvofiq va oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi xorijiy pudratchi, yetkazib beruvchi va kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri loyiha kompaniyasining xorijdagi bank hisobvaragʻidan amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchuvchisiz uchish apparatlarini (dron) xarid qilish va belgilangan tartibda ular orqali qurilish ishlarining monitoringini olib borish.
(6-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi PQ-215-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashqi ishlar vazirligi loyiha kompaniyasi viza talabnomalariga binoan Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan chet ellik mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga kirish vizalari belgilangan tartibda, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan YETTB bilan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlarga asosan majburiyatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan, Loyiha yuzasidan YETTBning kafolatlangan akkreditiviga muvofiq shakli va mazmuni boʻyicha tegishli ravishda tomonlarni qoniqtiradigan suveren kompensatsiya kafolati shartnomasini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, davlat sherigi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga loyiha kompaniyasi va Loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan kreditorlar bilan Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar loyiha kompaniyasi tomonidan bajarilmagan taqdirda loyiha kompaniyasi huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov va moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-169-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/169/0229-son; 07.07.2023-y., 07/23/215/0459-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)